Xi-xv asrlarda Xitoy Reja


lyan.xitoyning pul va og‘irlik birligi


Download 67.67 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi67.67 Kb.
#1564672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xitoy

lyan.xitoyning pul va og‘irlik birligi) lar bilan о‘lchanadigan kumush quymalari bilan bir qatorda mis tangalar ham muomalaga kiritilgan.
Shaharlar soni qishloqlarga qaraganda kam bо‘lgan. Shaharliklarning asosiy mashg‘uloti hunarmandchilik va savdo bо‘lgan. Gazlamalar ishlab chiqarishda dastgohlar, suv yordamida aylantiruvchi qurilmalar bо‘lgan. Binolar qurilishida kо‘tarish kranlariga о‘xshaydigan qurilmalardan foydalanilgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Xitoy Yevropa mamlakatlari mustamlakachilik intilishlarining nishoniga aylandi. 1516 yilda portugallar bu yerga о‘z kemalarini yuborgan edilar. 1531 yili Xitoy va Portugaliya kemalari о‘rtasida dengiz jangi bо‘li о‘tadi va unda portugaliyaliklar mag‘lubiyatga uchradi. Shundan keyin Xitoy о‘z portlarini chet el kemalari uchun yopib qо‘ydi. Shunga qaramasdan, Portugaliya Xitoy hududida о‘z mustamlakasi Makao (Aomin) ga asos soldi, katolik ruhoniylariga esa Xitoyda targ‘ibot bilan shug‘ullanishiga ruxsat berildi.
XVI asr о‘rtalarida Xitoyga Yaponiya qо‘shinlari bostirib kirdi. Uzoq davom etgan janglardan sо‘ng, 1597 yili yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi.
Mamlakatda imperator saroyida katta- katta chiqimlar va Yaponiya bilan bо‘layotgan urush yangidan- yangi soliqlar talab qilardi.
Birgina XVII asrning ikkinchi о‘n yilligida barcha davlat soliqlarining hajmi 50% ga kо‘paydi. Davlat soliqlari bilan bir qatorda feodallar, sudxо‘rlar va amaldorlar foydasiga olinadigan har xir og‘ir tо‘lovlar tufayli dehqonlar va shahar hunarmandlarining ahvoli ancha og‘irlashgan edi.
Bundan tashqari xalq ommasi tabiiy ofatdan, suv toshqinidan, takrorlanib turadigan qahatchilikdan, ocharchilik va epedimiyadan azob chekar edi.
XVI asr boshlarida hozirgi Xitoyning shimoli-sharqiy hududida XII asr boshlaridayoq Szin imperiyasida о‘z davlatlarini qurgan chjurchjenlar avlodi hisoblanuvchi manchjur qabilalari yashardi.
XVII asr boshlarida Xitoyning xalqaro ahvoli ham ancha yomonlashdi. Shimolda Sungari daryosi havzasida yashovchi manchjur qabilalari 1606 yilda birlashadi.
Download 67.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling