Xi-xv asrlarda Xitoy


-yildan boshlab yangi sulola Sun sulolasining boshqaruvi boshlandi. Sulola Xitoyni 960-1279-yillar


Download 100.5 Kb.
bet2/7
Sana09.01.2022
Hajmi100.5 Kb.
#255423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16.Xitoy

960-yildan boshlab yangi sulola Sun sulolasining boshqaruvi boshlandi. Sulola Xitoyni 960-1279-yillarda boshqardi. Sun sulolasining poytaxti 1127-yilgacha Kayfin, keyinchalik Xanchjou shahri bo’ldi.

Sun imperiyasining davlat tizimi va siyosiy ko’rinishi ilgarigi holatidan merosiy bo’lib o’tgan. Omillarni qamrab olgan edi. Despotik boshqaruv, byurokratik apparat saqlanib qolgan. Mamlakatda agror tizim o’zgardi, shaharlar rivojlandi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yangilandi. Ammo Xitoy imperiya strukturasida bu o’zgarishlar ba’zida ta’sir kuchiga ega bo’lmagan. Davlat siyosat butun Xitoy markazlashgan hokimiyatga mustahkamlash va seperatistik tendensiyani amalga oshirishga yo’naltirilgan.

Sun sulolasining birinchi hukmdorlari markazlashtirishni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko’rdi. Kichik ma’muriy birliklarni tugatib bekor qildi. Ularni noiblar ilgari butun hokimiyat boshlig’i sifatida boshqarishgan. Yangi ma’muriy soliq tizimini amalgam kiritishdi: Barcha rayon, shaharlar ham yuqori ma’muriy birliklarga qo’shiladi. Provinsiyalar viloyatga bo’lishni-bu okrug-chjou, uyezdlar-syan-lar tashkil qilindi. Bundan tashqari harbiy okruglar (Szyun) ham mavjud bo’lib, mahalliy harbiy hokimiyatga boshchilik qilgan. Inspeksiya-organ vazifasini ham ijro etgan. Mahalliy amaldorlarning muxtor vakolatini yo’qqa chiqarish uchun ko’p sonli parallel tashkilotlar ta’sis etildi. Majburiyat va huquqlar qayta o’zgartirilmagan. Poytaxtdan bevosita okrug va uyezd boshliqlari tayinlangan. Ularga markaz ta’siri asosida hokimiyat vakolatlari berilgan. Poytaxt amaldorlari provinsiyalarga vaqtinchalik boshqaruv nazorat uchun ham yuborilgan. Joylardagi hokimiyat faoliyatini poytaxt xizmatchi-amaldorlari nazorat qilgan. Fuqaro va harbiy ishlar masalasida ular mahalliy amaldorlar bilan teng huquqqa ega bo’lishgan. Har uch yilda provinsiya amaldorlari almashtirilgan. 991-yil Markazning prokuror nazorati joriy qilindi. Muhim fuqaro ishlari va amaldorlarni lavozimdan chetlatishdagi mustaqil qaror qabul qilishi huquqi bekor qilindi. Mahalliy organlarga mana shunday cheklash o’rnatildi. Ichki markaziy organlarning huquq va majburiyatlari ham qayta taqsimlandi. Imperatorga yaqin maslahatchi hisoblangan. Szian Suyan-lar muxtor vakil hisoblanib, ular yagona hokimiyatni kuchaytirish uchun xizmat qilgan. Ba’zi organlar vakolari kamaytirilishi hisobiga shunday xolatlar yuzaga kelgan. Barcha bo’ysunuvchi unvondor kishilarni nazorat qilishning eng yaxshi yo’li sifatida yana bir qadam qo’yildi. Bu nazorat organ –inspeksiya palatasi Szyan yuan edi. Yuy shtay ham nazorat organi hisoblangan. Bu nazorat organlari doimiy ravishda amaldorlarning faoliyatini nazoratiga olib turgan. Ba’zi harakatlari uchun jazoga tortish ishlarini tashkillashtirgan. Har qanday amaldorga qarshi jinoyat ishi qo’zg’ashi, nazorat jarayonini o’rnatishi mumkin hisoblangan. Ammo imperator o’rnida ma’ruza murojaat qilish huquqiga ega bo’lishmagan. Monarx hokimiyati kuchaygach uning hokimiyati ta’lim tizimini qo’llab – quvvatladi. G’oyalarning shakllanishiga rasman sanksiya beradi. Tan davridagi qadimiy konfudsiy to’plamlari o’rganila boshladi.

Huquqlar berish, amaldorlarni attestasiyadan o’tkazish markaziy hokimiyat uchun istisno qilingan. Davlat imtixonlaridan muvaffaqiyatli o’tganlar lavozimlarga tayinlanar edi. 1001-yil Sun imperatori saroyida byurakratik apparat bir qadar qisqartirildi. 195.000 ga yaqin amaldorlar o’z lavozim, amaldorligi, ishlaridan bo’shatib yuborildi. Ammo. XI asr 50-yillariga kelib, ularning soni yana ikki baravar oshib ketgan.

Sun hukumati passiv tashqi siyosat yuritgan. Qiyinchilik bilan chegara mudofaasini ta’minlab bergan. Birinchi Sun imperatori Chjao Kuan-in asosiy maqsadni xavfli raqib hisoblangan kidanlar bilan tinchlik munosabatlarini o’rnatishga qaratgan. Uning davomchilari ham bu siyosat tarafdori bo’lishgan. Osmon o’g’li saroyi sulhni imzolash uchun barcha vositalarni ishga soldi. Buyuk Lyao hukumdori bilan muzokara olib borish uchun doimiy elchilarini yuborgan. 1004-yilgi tinchlik sulhiga ko’ra, Sun imperiyasi yiliga ipak mato va kumush bilan katta to’lov berishga rozi bo’lgan. XI asrning birinchi yarmida kidanlar Xebeyning yuqori provinsiyasini egalladi. Xitoyning 16 ta okrugi Lyao hukmronligi ostiga tushdi. 1042-yil yangi kelishuv imzolandi. Sun imperiyasi o’z hududlari yo’qotilganligini va to’lov berishini tan oldi. Manbalarda ko’rsatilishicha, yillik to’lovi – 300 ming dona (pi) ipak mato bilan 200 ming lyan kumush bo’lgan. Ushbu vaqtda Xitoyning shimoli-g’arbida yana bir xavf paydo bo’ldi. Bu – Si Sya Tangut davlati (G’arbiy Sydo) edi. Ushbu davlat ibtidoiy jamoa tuzimi yemirilgach, dansyan qabilasi tomidan Markaziy Osiyoda vujudga kelgan. Xitoy feodallari ularni imperiyaga vassal deb bilardi. Bu davrda tangutlar Gansu va Shensi provinsiyasining shimoliy qismini bosib olib, Xitoy imperiyasi uchun katta xavfga aylandi.

Si Syao davlatining yozuvi ieroglif edi. Ammo bu ierogliflar Xitoy yozuviga yondoshilmagan. Original yo’l asosida ularning davlatida bilimlar rivojlanib bordi. XI asrning 20-yillariga kelib, Si Syao davlati katta hududlarni egallashni boshladi. Kuchli imperiyaga aylandi. Uning hukmdori Yuan Xao (1003-1048) 1030-yil imperator unvonini qabul qildi. Yosh davlatning harbiy qo’shinida asosiy kuch-otliq qo’shin edi. Bu kuchdan foydalanib, tangutlar bir-necha bor imperiyaning o’rta qismiga yurish qildi. Og’ir kechgan Xitoy tangut urushi 1040-1044, 1065-1072, 1096-1099-yillarda bo’ldi. Tangutlar bilan chegaradi ziddiyatlar kuchaydi. Bular Xitoy qishloq-xo’jaligiga katta zarar yetkazdi. Tovarlarning narxi oshdi. Feodallar harbiy urushlarda ishtirok etish va ushbu maqsadda mablag’ sarflashni umuman xoxlamasdi. Tangut davlatining kuchayishi Sun imperiyasining g’arb bilan aloqasini susaytirdi. Xitoydan Hindiston va O’rta Osiyoga boradigan yo’l kuchsizlandi. Xitoyliklarning Shimoli-sharqiy Tibet va Manshan orqali karvon yo’lini ochishga urinishi muvoffaqiyatsiz yakun topdi. Tashqi savdo izdan chiqdi. Imperiyaning katta qismi yo’qotildi. 1043-yilgi kelishuvga ko’ra 100.000 dona ipak mato, 30.000 szin choy berish belgilangan. Imperiyada moliyaviy qiyinchilik yuzaga keldi.

Feadallarning tazyiqi kuchayib, to’lov katta xarajatlar yollanma armiya xarajati bilan birgalikda dehqonlar xo’jaligini butunlay xonavayron qildi. Feadallarning passiv qarshiligi (ko’chmanchilarga qarshi) bilan bir qatorda dehqonlar ham renta to’lashdan voz kechib, o’z xo’jaligidan qochib ketar va mulkiy zarar yetkazar edi. Dehqonlar asta-sekin ochiqcha qarshilik harakatlarini sodir etishdi. 993-997-yillarida Sichuanning alohida provinsiyalarida ommoviy qo’zg’olon sodir bo’ldi. Bu yerda barcha yer mulklar boylarning qo’liga o’tgan edi. Qo’zg’olonchilar Van Syao-bo, Li Shun va Chjan Yuy boshchiligida harakat qildi. Sichnomdagi qo’zg’olonchilar “kamroq va boyroq teng” degan shoirni ko’tarib chiqdilar. Yerlarni teng bo’lish emas balki mulkiy tenglik ta’minlanishi talab qildilar. Qo’zg’olonchilar Chenduni egalladi. O’zlarining Buyuk Shu - davlatini e’lon qildilar. 994-yil yoziga kelib esa, ularning hokimiyati Sichuanning katta qismiga yoyildi. Ammo 995-yil oxirida hukumat kuchlari tomonidan qo’zg’olonning asosiy o’chog’i bostirildi. Ularning alohida otryadlari 997-yilga qadar harakat qilgan.

XI asrning birinchi yarmiga kelib, feodallarga qarshi qo’zg’olonning asosiy markazi shimolga ko’chdi. 1043-yil Shandun provinsiyasida (Sinchjou shahri) dehqonlar qo’zg’oloni sodir bo’ldi. Ularga ayrim askarlar shahar aholisining ayrim qismi (mayda shahar aholisi) qo’shildilar. Ushbu harakatni askar Van Lun boshqardi. Qo’zg’olonchilar ikki oy davomida bir-necha uyezdlarni egalladilar. Mahalliy hokimiyat ularga qarshilik ko’rsata olmadi. Shaharliklar darvozani ochib berishgan. Ko’plab provinsiya amaldorlari esa, uyezd qo’shinlari bilan birga qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketishdi. Katta kuch bilan hukumat buni bostirdi. Yirik qo’zg’olonlardan biri 1047-yil Xesey provensiyasida bo’lib o’tgan. Qo’zg’olonchilar askar Van Sze boshchiligida harakat qilishgan. Uning kelib chiqishi kambag’al dehqonlardan edi. 1048-yilga isyon bostirildi.



XII asrning 20-30-yillarida qo’zg’olonchilar harakati janubiy va markaziy provinsiyalarga yoyildi. 1120-1122-yillarda Chjeszyan provinsiyasida xalq norozilik chiqishlari yuzaga keldi. “Minszyao” manfiy tashkilotlari orqali targ’ibot ishlari olib bordi. Unda manixerm, daosizm va buddizm elementlari o’rin egallagan. Dehqonlar, hunarmandlar, qishloqdagi xo’jaliklarning qaram ishchilari harakatda ishtirok etdi. Chjeszyan , Anxuy, Szyansu, Szyansi provinsiyalaridagi 14 ta okrug shahar va qishloqlari qo’zg’olonchilarni qo’llab-quvvatlashdi. 1121-yil ular Xanchjou shahrini egallashdi. Sun hukumati katta qo’shinni jangovorlashtirdi va uzoq kurashdan so’ng, qo’zg’olonni bostirdi. Hukumat yana repressiv jazolarni qo’llay boshladi. Qo’zg’olonchilarning boshi uchun mukofatlar va’da qilar. Fan ha qo’zg’oloni bilan bir vatqda Xesey, Xenan, Shandun provinsiyalarida Szyomsu va Anxuy provinsiyasining shimolida qo’zg’olonchilar armiyasi Sun Szyan boshchiligida kurash olib bordilar. Uning 36 ta yordamchilari ham faoliyat olib borishgan. Qo’zg’olonchilar orasida dehqonlar, soliqchilar kichik mulk egalari, qashshoqlar, mayda amaldorlar, monaxlar, savdogarlar va hatto ba’zi pomesbiklar ham bor edi. Qo’zg’olon ayniqsa Sun hukumati uchun haqli edi. Paytaxt provinsiyasi – Xenonga ham yoyildi. 1130-1135-yillar Xunan va Xubey provinsiyalarida yangi qo’zg’olonlar sodir etildi. Dehqonlar ekspluatatsiyadan aziyat chekkan. Szin qo’shinlari ya’ni chjurchjaklar qo’shini yurish qilgach, Janubiy Sun imperiyasi hukumati qo’shimcha soliqlarni ham joriy qilgan. Sun armiyasidan qochgan-dezirter ofitser va askarlarning otryadi – “kambag’al banditlar” dehqonlarning yerlariga hujum qilib, talonchilik qilishgan. Ushbu qo’zg’olon 20 yilga yaqin Daosizm sektori tomonidan Chjun Syan boshchiligida tayyorlangan. Uning ta’limotlarida “yangi qonun” deb nomlangan omil mashxur edi. Unda notenglik muhokama qilingan. Dastlab qo’zg’olonchilar asosiy maqsadlarini – “kambag’al banditlar” va chjurchjenlar talonchiligidan himoya qilish deb e’lon qilsalarda, keyinchalik oshkora sinfiy maqsadlarga yo’nalish olib borishgan. Qo’zg’olon 21 ta uyezdni qamrab olgan. Ularning armiyasi 400 mingdan oshiqroq bo’lgan. Yo’lboshchilaridan biri Fan Syan Sun qonunlarini tanqid qildi. Tenglikka asoslangan qonunlar qabul qilinishi tarafdori edi. Qo’zg’olon davomida Chu padsholigi e’lon qilindi. Dehqonlarning tenglik g’oyasini amalda qo’llashga urinib ko’rildi. Dehqonlar chjurchjonlardan vatanni himoya qilishda ishtirok etdi.


Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling