Xidirov Husniddinlarning "Davlat va huquq nazariyasi"


Download 27.21 Kb.
Sana06.08.2020
Hajmi27.21 Kb.
#125606
Bog'liq
DHN. Xalqaro huquq


Yurisprudensiya 119-guruh kursantlari

Usmonov Sobitxon, Rahimberdiyev

Nurullo, No’monzoda Muhammadin,

Xidirov Husniddinlarning “Davlat va

huquq nazariyasi” fanidan tayyorlagan

tahliliy maqolasi

Xalqaro huquq haqida gapirishdan avval birinchi navbatda huquq haqidagi qarashardan o’z so’zimizni boshlasak.

Huquq butun jamiyat yoki, hech bo‘lmasa, uning katta qismining manfaatlarini aks ettiruvchi qoidalar nafaqat xalqaro-huquqiy hujjatlarda, balki ayrim davlatlar tomonidan qabul qilinuvchi hujjatlar, chunonchi: konstitutsiyalar, qonunlar, ba’zi qonun ostihujjatlarida ham ifodalanadi. Amalda har bir davlat konstitutsiyasida butun jamiyat manfaatlariga tegishli talablar va qoidalar aks etadi. Qadimgi Rim va qadimgi yunon yuristlari tomonidan ta’riflangan huquq va odillik, huquq va ezgulikning uzviy aloqasi haqidagi qoidalar hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. «Siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi norma» bo‘lgan huquq, qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel ta’biri bilan aytganda, «adolat mezoni» bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Shunday ekan huquq inson uchun uning hayoti uchun uzviy kerak b’lgan zaruratdir. Lekin huquq faqatgina bir jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi vosita emas. U hatto juda keng qamrovli global munosabatlarni ham tartibga soladi. Huquqning bu sohasi “xalqaro huquq” kategoriyasi bilan izohlanadi.

“Xalqaro huquq” tushunchasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi. Xalqaro ommaviy huquq-xalqaro munosabatlarda qatnashadigan va ishtirok etadigan davlatlar (sub`yektlar)ning yuridik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi hamda davlatlararo milliy munosabatlarni, davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar, xalqaro miqiyosda fuqarolarning asosiy huquqburch va erkinliklarinixalqaro huquq doirasida xalqaro nizo va kelishmovchiliklarni hal qilish bilan bogʻliq hamda boshqa munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.



Xalqaro huquq — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar (subʼyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq obʼyekta oʻz mazmun moxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrogʻi, davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq normalarini yaratish va bajarilishini taʼminlash bilan shugʻullanadigan qonun chiqaruvchi organlar yoʻq. Xalqaro huquqning asosiy subʼyektlari davlatlar hisoblanadi. Ularning oʻzaro kelishuvi bilan vujudga keladigan Xalqaro huquq normalari davlatlarning kelishilgan irodasini ifoda etadi. Xalqaro huquqning oʻziga xos xususiyati ana shundadir. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning hujjatlari Xalqaro huquqning normativ bazasi hisoblanadi.

Bir zamonlar xalqaro huquqning asosiy ikki sharti bo’lgan. Bular urush va tinchlik. Ya’ni xalqaro munosabatlar asosan mana shu ikki tamoyil bo’yicha tashkil etilgan va harakatda bo’lgan. Bir davlat ikkinchisiga bostirb kirishi yoki bir davlatga qarshi davlatlar ittifoqini tashkil etib uni zabt etish oddiy hol edi. Qadimgi dunyo xaritasining o’ta o’zgaruvchan bo’lganligining sabablari ham asosan shu bilan izhlanadi. Hozirda esa urushlar xalqaro ziddiyatlarn hal qilish quroli sifatidagi rolini butunlay yo’qotgan. Davlatlar o’rtasidagi munosabatlar ham avvalgilariga qaraganda ancha chigallashib,murakkablashib qolganini tan olishimiz zarur. Shunday ekan xalqaro huquqning yangi avvallari zarur bo’lmagan o’ziga xos asoslar, qoidalari va prinsiplari ishlab chiqildi.

Hozirgi zamon xalqaro huquqi xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquqqa boʻlinadi. Xalqaro ommaviy huquq xalqaro munosabatlarda qatnashadigan davlatlar va boshqa subʼyektlarning oʻzaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari oʻrtasidagi mulkiy va boshqa munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat milliy qonunchiligini qoʻllash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro ommaviy huquq xalqaro shartnomalar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, inson huquqlari boʻyicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi sohalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari bor. Ular xalqaro huquqni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi universal majburiy meʼyorlardir. Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining 2-moddasida bayon etilgan. Ular BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli Xalqaro huquq tamoyillari toʻgʻrisidagi 1970 y. Deklaratsiyasida hamda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YEXHK)ning Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan. Bular quyidagilardir: kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; xalqaro nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish; davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; davlatlarning xalqaro hamkorligi; davlatlarning suveren tengligi; xalqlar va millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi; davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishi; chegaralar daxlsizligi; davlatlarning hududiy yaxlitligi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishdir. Jahon hamjamiyati oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham, masalan atrof muhitni muhofaza qilish kabilar shakllanmoqda. Bu xalqaro huquqning qamrovi kengayishini taqazo etadi.

Bu o’rinda xalqaro huquq masalalari va unin nazariyasi bilan shug’ullanuvchi yurisprudensiyaning asosiy tarmog’i ham mavjud. Unda xalqaro huquqning asosiy tushunchalari va manbalari izohlab beriladi.

Xalqaro huquq milliy huquq singari subyektlar o‘rtasidagi har qanday munosabatlarni emas, balki faqat huquqiy tartibga solish talab qilinadigan qismini tartibga soladi. Bundan tashqari huquq — xalqaro va milliy huquqlar o‘zining ma’lum konservativligi tufayli odatda vujudga keladigan huquqiy tartibga solish talabidan orqada qoladi.

Xalqaro-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar xarakteriga ega bo‘ladi. Xalqaro huquq subyektlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishish bilan o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshiradilar.

Xalqaro huquqiy munosabatlar turli-tumanligi bilan xarakterlanadi va xalqaro huquqiy normalarning turli-tuman bo‘lishini belgilaydi. Bir turdagi xalqaro munosabatlarni muayyan guruhlarga ajratish mumkin, bu o‘z navbatida xalqaro huquq. institutlari va tarmoqlarini tashkil qiluvchi bir turdagi xalqaro huquqiy normalar guruhi va majmui (kompleksi) mavjudligini bildiradi.

Xalqaro-huquqiy institut — bir turdagi xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi, ushbu munosabatlarning umumiy obyekti bilan o‘zaro yaqin aloqador bo‘lgan huquqiy normalar guruhidir.

Huquqiy normalar va institutlar xalqaro huquq tarmog‘iga birlashadi. Barcha bir turdagi xalqaro munosabatlar majmui tarmoq obyekti hisoblanadi. Ularni tashkil qilishning yagona yo‘li xalqaro huquq subyektlarining kelishuvi hisoblanadi. Faqat xalqaro huquq. subyektlarigina o‘zining u yoki bu xatti-harakatlariga, xulq-atvor qoidalariga yuridik majburiy xarakter berishi mumkin.

Xalqaro huquqiy normalarni bajarish asosan ushbu huquq tizimi subyektlari tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

Shu o’rinda xalqaro huquqning manbalariga ham to’xtalsak. Xalqaro huquq fanida xalqaro huquqning manbalari ikki turga, ya’ni asosiy va qo‘shimcha manbalarga ajratiladi. Xalqaro huquq. manbalarining bunday bo‘linishi shartlidir.

Hozirgi xalqaro huquqning asosiy manbalariga xalqaro shartnoma, xalqaro odatlar, davlatlarning majburiyatlari bo‘yicha va xalqaro tashkilotlarning a’zo davlatlariga ko‘rsatma beruvchi bir tomonlama yuridik hujjatlari kiradi.

Birinchi asosiy manba xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan, xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi yozma bitim sifatida tushiniladigan xalqaro shartnomadir. Xalqaro shartnomalarning tuzilishini tartibga soluvchi normalar tizimi xalqaro shartnomalar huquqi deb yuritiladigan xalqaro huquqning alohida mustaqil sohasini tashkil qiladi.

Xalqaro huquqning ikkinchi muhim manbai xalqaro odatlardir. BMT Xalqaro sudi Statutining 38-moddasida xalqaro odatlar «huquqiy norma sifatida tan olingan umumjahon amaliyotining isboti» sifatida belgilanadi. Ushbu tushunchada, birinchidan, davlatlarning amaliyoti to‘g‘risida, ikkinchidan, ularning bir xil vaziyatlardagi tegishli xatti-harakatlar amaliyoti to‘g‘risida va uchinchidan, davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan shunday ko‘p takrorlanadigan xatti-harakatlarni yuridik majburiy deb tan olish, ya’ni davlatlarning so‘zsiz kelishuvi, mazkur xatti-harakatlarga xalqaro-huquqiy norma sifatini berishi to‘g‘risida ham gap boradi.

Xalqaro odatlardan xalqaro taomillarni farqlash lozim. Xalqaro taomillar davlatlarni va xalqaro huquqning boshqa subyektlarini yuridik majburiy bo‘lmagan xatti-harakat normalaridir. Bunga, masalan, comitas gentium normalari — xalqaro xushmuomalalik normalari, xususan, diplomatik etika va diplomatik protokol normalari kiradi.

Xalqaro huquqning manbalariga davlatlarning majburiyatlari — bir tomonlama yuridik hujjatlar kiradi. Bunga davlatlarning boshqa barcha davlatlarga yoki ularning ayrimlariga qaratilgan va mazkur davlatning boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlaridagi muayyan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan majburiyatlarini ifodalovchi rasmiy bayonoti kiradi. Bunday bayonotlar boshqa davlatlar tomonidan bayonot mazmuniga so‘zsiz rozilik berishlari (protest deb yuritiladigan e’tirozning yo‘qligi) bilan u kelishuv xarakterini kasb etadi.

Xalqaro huquqning manbai davlatlarga — xalqaro tashkilotlar yoki organlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki mazkur tashkilot yoki organlarning aniq amaliyoti natijasida qaror topgan majburiy xarakterga ega bo‘lgan a’zolariga ko‘rsatma beruvchi hujjatlar kiradi.

Xalqaro huquq manbai uning individual normalariga (qandaydir bir muayyan ishga) taalluqli bo‘lgan uning shakllanishi sharoiti bo‘yicha ishda ko‘rilayotgan taraflar uchun yuridik majburiy bo‘lgan xalqaro arbitraj yoki sud qarorlari hisoblanadi.

Zamonaviy xalqaro huquqning manbai xalqaro huquq bo‘yicha yuristlarning ilmiy asarlari, doktrinalaridir. Doktrinalar xalqaro huquq sohasida maxsus va chuqur bilimga ega bo‘lgan ayrim huquqshunos olimlarning shaxsiy fikrlari, mulohazalarini bildiradi. Doktrinalarning ahamiyati shundaki, xalqaro huquq bo‘yicha yuristlarning ilmiy asarlari amaldagi xalqaro huquq u yoki bu prinsiplari, normalari va institutlarining mazmunini tushunish uchun qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qiladi.

Xalqaro huquq. normalari ichida uning asosiy normalari — prinsiplari alohida ajralib turadi. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari — shunday umumiy xarakterdagi normalarki, barcha boshqa normalari unga muvofiq ravishda belgilanishi lozim. Ular xalqaro-huquqiy normalar tizimida boshlang‘ich hisoblanadi hamda davlatlar va boshqa xalqaro huquq subyektlarining asosiy huquq. va majburiyatlarini belgilash yo‘li bilan xalqaro munosabatlardagi xatti-harakatlarini umumlashtirilgan holda tartibga soladi.

Xalqaro huquq murakkab katta ko‘lamli tizimni bildiradi. Xalqaro huquq — davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar majmuidan iborat. Ushbu tizimning o‘zagini normalari barcha davlat uchun majburiy bo‘lgan xalqaro huquq tashkil qiladi. U umume’tirof etilgan prinsiplar va normalardan iborat. Mazkur prinsiplar va normalar odat shaklida mavjud bo‘ladi. Zero, istisnosiz barcha davlatlar ishtirokidagi shartnoma mavjud emas. Qatnashmaydigan davlat uchun esa shartnoma hech qanday kuchga ega emas. Oddiy normalar hamma davlatlar tomonidan emas, balki aksariyat ko‘pchilik davlatlar tomonidan tan olinishi natijasida xalqaro huquq normasiga aylanshpi mumkin. Ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni tartibga solishda shartnomalar bosh rolni o‘ynaydi. Shartnomaviy normalar soni jihatidan xalqaro huquq normalaridan ko‘proq lekin ular so‘nggi turdagi normalarga tayanadi, xususan ularning majburiyligi umumiy huquq prinsiplari — xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi bilan belgilanadi.

Hozirgi zamon xalqaro huquqi shunday tartibda tashkil qilingan. Endi esa yurtimizdagi holatga nazar tashlasak.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetini qoʻlga kiritgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subʼyekti sifatida faoliyat yurita boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Xalqaro huquqning yuqorida koʻrsatilgan tamoyillarining aksariyati belgilab qoʻyilib (17-modda), “xalqaro huquqning boshqa umum tan olingan tamoyil va meʼyorlari”ni hurmatlash aytib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning ana shu tamoyil va meʼyorlariga izchil rioya qilmoqda, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etmoqda, ularni bajarmoqda, xalqaro tashkilotlar faoliyatida, jamoa xavfsizlik tizimlarida qatnashib kelmoqda. Dunyo davlatlari bilan bir qatorda yalpi va adolatli tinchlikni taʼminlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etishda oʻz hissasini qoʻshmoqda. Zamonaviy xalqaro huquqning asosiy tamoyillari "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi (1996 y. 26 dek.) qonunda mustahkamlab qoʻyilgan va bu bilan O’zbekiston Respublikasi o’zining xalqaro munosabatlarni tashkil etishning qonuniy asosiga ega bo’ldi. Bunday asos O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda ham mustahkamlangan.



Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling