Xidirova nilufarning “matematika oʻqitish metodikasi”


Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish


Download 281.91 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi281.91 Kb.
#1597841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Harakatga doir masalalarni yechishga o\'rgatishda........

1.2 Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini ta’minlash, ular faoliyatiga ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o‘quvchilarning dastlabki bilim egallash poydevori mustahkam bo‘lishi, barcha fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelmoqda.
Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv mashgʻulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonini to‘gʻri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol berishi ya’ni, an’anaviy ta’limdan qochib, noan’anaviy ta’lim berishga intilishi lozim. Ma’lumki, ta’lim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo‘lib, dars orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilganligi hech kimga sir emas. Jumladan, U.Sh.Begimkulov ta’lim jarayonida hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitini yaratish hamda ta’lim jarayonida multimedia, o‘qitishda immitatsiya, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z navbatida, boshlangʻich sinf o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Boshlangʻich sinf darslari o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini o‘zgartirib, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi dastlab:
- darsning maqsadi;
- maqsadga erishish yo‘llari;
- o‘quv materiallarini taqdim etish usullari;
- o‘qitish metodlari;
- o‘quv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari;
- o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab olishi lozim bo‘ladi.
Boshlangʻich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan. Boshlangʻich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari:
1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi;
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak;
4) ta’limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi;
6) o‘qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bogʻlab o‘qitishni ko‘rsatadi. Boshlangʻich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan "o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish" kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlangʻich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘gʻrisida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning ogʻzaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo‘ladi; matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘gʻri shakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.
d) o‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o‘rgatish. Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlangʻich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash. Boshlangʻich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlangʻich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish;
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, ogʻzaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.
O‘qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan ogʻzaki so‘rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. Bogʻliq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. Boshlangʻich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlangʻich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. Boshlangʻich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning gʻoyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur gʻoyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining intuitsiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni aqlan va ruhan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz mohiyati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda ularda buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy me’roslarini o‘rganishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari orqali pedagog xodimlar hamda o‘quvchilar juda ko‘p miqdorda ma’lumotlarni olish, izlash qayta ishlash va o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Albatta, ta’lim muassasalarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish. O‘quv mashgʻulotlarini yangi interfaol usullar, zamonaviy vositalar ya’ni axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish, jumladan, dars mashgʻulotlarida multimediani qo‘llash, internet tarmogʻidan foydalanish shubhasiz o‘z samarasini beradi.
O‘qituvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirishi mumkin:
- boshlangʻich sinflarda multimedia texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda fanga qiziqishi rivojlanadi;
- ta’limning bunday usuli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o‘quv materialini o‘zlashtirilishining samaradorligi yanada oshadi;
- namoyish qilinishi qiyin yoki murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini beradi;
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki o‘quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratiladi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratiladi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Boshlangʻich ta’limga zamonaviy axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashgʻulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir o‘qituvchi ijodkor bo‘lishi kerak, u har bir o‘quv soatiga puxta tayyorlanib yangilik bilan kirishi kerak, chunki har darsda takrorlanadigan bir xillik o‘quvchini darsga va fanga qiziqishini susaytiradi, natijada dars samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Axborot texnologiyalarining o‘qituvchi va o‘quvchi uchun ahamiyatli jihatlari quyidagilar:
✓ oʻquvchining diqqatini jamlash;
✓ ma’lumot to‘gʻrisidagi tasavvurni kengaytirish;
✓ izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil faoliyatga kirishish;
✓ o‘z-o‘zini baholash.
O‘qituvchi faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalangan holdagi darslarning o‘rni quyidagilarda aks etadi:
✓ vaqtni to‘gʻri taqsimlash;
✓ o‘quv materiali mazmun-mohiyatining yorqin va ishonarli bo‘lishini ta’minlash;
✓ berilayotgan axborot ko‘lamini oshirish;
✓ o‘quv topshirigʻining turlarini kengaytirish;
✓ sogʻlom raqobat, ijodiy muhitni yuzaga keltirish;
✓ kasbiy malakani muntazam oshirib borish.
Kompyuter dasturi orqali oddiy didaktik materiallar tayyorlashda va ularni kompyuter sinflarida o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarga mustaqil ishlash uchun taqdim etish mumkin. Bunday didaktik material izohli matn sifatida, rasmlar bilan bezalgan holda, nazorat savollari bilan o‘quvchilarga beriladi va o‘quvchilar tomonidan bajarilishi nazorat qilinadi.
O‘qituvchi faoliyatida eng muhim jihatlardan biri bu o‘quvchilarning bilimini baholab borishdir. Barcha umumta’lim fanlarining turli bo‘limlariga oid nazorat testlarini kompyuter yordamida tuzish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham ta’lim jarayonida didaktik vosita sifatida foydalaniladigan dasturlarning maxsus bozori shakllanmoqda. Hozirda umumta’lim darslarida foydalanishi mumkin bo‘lgan internetga joylashtirilgan ko‘plab dasturlar mavjud. Bular sirasiga birinchi navbatda elektron darsliklarni kiritish mumkin. Kompyuter texnologiyalari turli xil interaktiv xarakterdagi topshiriqlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, o‘quvchilar voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtirish, fanga oid atamalar va tushunchalarni to‘gʻri izohlash yoki o‘ng va chap qatordagi atamalar va ularning ma’nosini mos ravishda strelka bilan ko‘rsatish yoki berilayotgan mavzudagi tayanch so‘zlarni to‘ldirish, test topshiriqlarini bajarish, krossvordlarni yechish kabi topshiriqlarni qanday bajarganliklarini katta ekranda multimedia yordamida tushirilgan javoblar bilan taqqoslab, bilib borishlari mumkin bo‘ladi. O‘qituvchi dars jarayonida kompyuter yordamida mavjud materiallarni turli xil shaklda: slaydlar, video va audio parchalar diagrammalar, jadvallar, musiqiy ko‘rinishlarda taqdim etiladi. Kompyuter yordamida dars jarayonini tashkil etilishi o‘quvchilar tasavvuri va xotirasiga kuchli ta’sir qilib, eslab qolish jarayonini osonlashtiradi, darsni qiziqarli jarayonga aylantirib, o‘quvchilarni u yoki bu tarixiy davrga olib kirish va voqealar ichida go‘yoki ishtirok etish imkonini beradi. Bugungi kun ta’limi o‘qituvchidan ilgʻor pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. O’qituvchi va o’quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g’oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o’zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini o’zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan bo’lsa, hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o’qituvchi-darslik-o’quvchi paradigmasi o’quvchi-darslik-o’qituvchi paradigmasi bilan o’rin almashmoqda. O’qituvchi endilikda yangi statusga ega bo’ladi, endi uning vazifasi o’quvchilarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo’llashga o’rgatishdan iborat. O’qituvchi bunday maqsadlarda o’qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o’quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini yaratish kerak. Bunday o’qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin.
Bilimlarni o’zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansa-da, bilimlarni har qanday o’zlashtirish yoki egallash o’quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bilimlarni oddiy qaytarish o’quvchi va o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli bo’lmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo’llash jarayoni yangi bilimlarni shakllanishiga, o’quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi.
Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo’ya bilish va uning yechimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va bu bilimlarni yangi masalalarni yechishda qo’llash uchun yo’naltirilgan. Endilikda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo’lmoqda.
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish – bu o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o’qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan o’qitishda o’qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi – o’quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib taklif etilayotgan hollardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o’z aksini topishi zarur. O’qituvchining har xil sathli o’qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning yechimi bo’la oladi.
O’quv mashg’ulotlarining o’quvchilarni kundalik fanlar majmuasi va ular bo’yicha berilgan topshiriqlar majmuasi bilan hisoblashishga to’g’ri keladigan qilib tashkil etilishi ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o’quvchilar biron bir fanga o’zlarining diqqat e’tiborini to’liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o’qitish eng yaxshi yechim hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy insonning o’qish jarayoni faqat bog’cha, maktab, litsey yoki kollej, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo’lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojni yanada shakllantiradi.
XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
– o’qitish va o’qish jarayonining;
– ta’lim muassasasi boshqarilishining;
– ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
– ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlash lozim:
– ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
– dars jadvallarini tuzish;
– muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini
yaratish va undan foydalanish;
– o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
-o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferensiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
- ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron pochta orqali bog’lanish sharoitini yaratish;
– boshqa o’quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy bog’lanishni tashkil etish;
– internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
– axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
– barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
– kompyuter testlari yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
– kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxonalardagi kitoblarga internet orqali buyurtma berish;
– o’qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv qo’llanmalarini nashrga tayyorlash;
– internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
– o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
– maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarish mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funktsiyalarni bajaradi:
– multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
– bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o’quv materialini o’zlashtirilishining samaradorligi oshadi;
– real holatlarda, namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim hisoblanadi;
– o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ragina emas, balki o’quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi;
– masofadan turib ta’lim olishni faqat sirtdan o’qiyotgan o’quvchilar yoxud internet ta’lim uchungina emas, balki sababli dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
– o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
– o’quvchilarlarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-quvvatlovchi axboroti»ni ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko’rinishlarini qabul qiladi.
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo’yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o’xshashlari sifatida turli entsiklopediyalar, lug’atlar xizmat qiladi.
O’quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo’shimcha kiritilgan bo’lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo’yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko’ra, ba’zan o’quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo’yicha boshqa bir hollarda esa, o’qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan istalgan fan sohasida maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kiradi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan sanaladi.
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o’qitish bo’yicha yoxud alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatda («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o’qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo’llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi.
Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o’quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning ma’lum fan bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda namoyon bo’ladi. Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, o’zaro muloqot kabi funktsiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat.
Kompyuterning o’qituvchilik vazifasini bajarishi quyidagi jarayonlarda namoyon bo’ladi:

  • o’quv axborotining manbai (o’qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan to’la o’rnini bosuvchi sifatida);

  • ko’rsatmali qo’llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bo’lgan yangi sifat darajasida);

  • individual axborot fazosining yaratilganligi;

  • mashq qildirgich;

  • o’quvchi bilimi, ko’nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti.

Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti;

  • matnlar muharriri;

  • grafiklar quruvchi va ularning muharriri;

  • keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko’rinishda ifoda etuvchi);

  • modellashtirish vositasi.

Kompyuterning ta’lim obyekti sifatidagi vositachilik vazifasi:

  • dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo’yicha kompyuter yordamida o’qitish);

  • dasturiy mahsulotlarni yaratish;

  • turli axborot muhitidan foydalanish.



Download 281.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling