Xidirova nilufarning “matematika oʻqitish metodikasi”
II bob. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Download 281.91 Kb.
|
Harakatga doir masalalarni yechishga o\'rgatishda........
II bob. Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
2.1 Boshlangʻich sinf matematika darslarida harakatga doir masalalar tahlili. 3-sinf matematika darsligi. 1) 28-bet, 8-masala. Velosipedchi har soatda 16 km dan yurib, 96 km masofani bosib oʻtdi. U necha soat yoʻl yurgan? - oʻquvchilar masala shartiga tushundingizmi? - ha, tushundik. - masala nima haqida ekan? - velosipedchining bosib oʻtgan masofasi haqida. - u haqida nima deyilgan? - velosipedchi har soatda 16 km dan yurgani aytilgan. - velosipedchi qancha masofani bosib o’tgani ma’lummi? - ha, 96 km masofani bosib oʻtgan. Shu vaqt slayd orqali velosipedchi harakati koʻrsatiladi. - bizdan nimani topish talab qilinayapti? - velosipedchi necha soat yoʻl yurganini topish. - biz uni topa olamizmi? - ha. - qaysi amal bilan? - boʻlish amali bilan. Umumiy masofa 96 km ni boʻlamiz 1 soatlik 16 km masofaga. 96:16 = 6 (soat) Javob: velosipedchi 6 soat yoʻl yurgan. 39-bet, 8-masala. Samolyot 1 sekundda 210 m uchsa, 4 sekundda necha metr uchib o‘tadi? Masalani tahlil qilib chiqamiz. - oʻquvchilar masala shartiga tushundingizmi? - ha, tushundik. - masala nima haqida ekan? - samolyot haqida - u haqida nima deyilgan? - samolyot 1 soatda 210 metr uchgani aytilgan. - qancha vaqt uchgani ma’lummi? - ha, 4 sekund uchgan. Shu vaqt slayd orqali velosipedchi harakati koʻrsatiladi. - bizdan nimani topish talab qilinayapti? - 4 sekundda qancha masofani bosib oʻtganini. - biz uni topa olamizmi? - ha. - qaysi amal bilan? - koʻpaytirish amali bilan. 210*4= 840 (metr) Javob: samolyot 4 sekundda 840 metr masofani bosib oʻtadi. 47-bet, 3-masala. Tezyurar poyezd 1 soatda 124 km masofani bosib oʻtdi. Poyezd shu tezlikda yursa, 4 soatdan keyin jami qancha masofani bosib oʻtishini aniqlang. Masalani oʻquvchilar bilan birga ogʻzaki tahlil qilamiz. - oʻquvchilar masala shartiga tushundingizmi? - ha, tushundik. - masala nima haqida ekan? - tezyurar poyezd haqida. - siz uni qayerlarda uchratgansiz - kitob, jurnallardagi rasmlarda, vokzallarda uzoq joylarga borganimizda. - u haqida nima deyilgan? - tezyurar poyezd 1 soatda 124 km masofani bosib oʻtgani aytilgan. - nimani topish kerakligi soʻralgan? - 4 soatdan keyin jami qancha masofani bosib oʻtgani soʻralgan. - biz uni topa olamizmi? - ha. - qaysi amaldan foydalanamiz? - koʻpaytirish amalidan. 4*124= 496 (km) Javob: poyezd shu tezlikda yursa, 4 soatdan keyin jami 496 km masofani bosib oʻtadi. 4) 51-bet, 8-masala. Avtomobilning spidometri 540 km ni ko’rsatmoqda. 3 soat yurgandan soʻng spidometr 750 km ni koʻrsatsa, avtomobil 1 soatda necha km yurgan? Masalani ogʻzaki tahlil qilib chiqamiz. - oʻquvchilar masala shartiga tushundingizmi? - ha, tushundik. - masala nima haqida ekan? - avtomobil spidometri haqida. - u haqida nima deyilgan? - avtomobilning spidometri 540 km ni koʻrsatayotgani aytilgan. - avtomobil necha soat yurgani ma’lummi? - ha, 3 soat. - 3 soatda necha km masofani bosib oʻtgan? - 750 km ni bosib oʻtgan. - bizdan nimani topish soʻralgan? - avtomobil 1 soatda necha km masofani bosib oʻtganini topish soʻralgan. - biz uni topa olamizmi? - ha. - masalamiz nechi amal yordamida bajariladi? - 2 amal yordamida: ayirish va boʻlish yordamida. - birinchi boʻlib nimani topib olamiz? - avtomobil 3 soatda necha km bosib oʻtganini topib olamiz. 750-540= 210 (km) - ikkinchi amal orqali nimani topib olamiz? - avtomobil 1 soatda qancha masofa bosib oʻtgani topiladi. 210:3= 70 (km) Javob: avtomobil 1 soatda 70 km yurgan. 5)54-bet, 5-masala. Ikki avtomobil ikki shahardan bir-biri tomon bir vaqtda yoʻlga chiqdi. Ular bir soatda 80 km dan yoʻl yuradi. Agar shaharlar orasidagi masofa 320 km boʻlsa, qancha vaqtdan keyin avtomobillar bir-biri bilan uchrashadi? Masalani ogʻzaki tahlil qilib chiqamiz. - oʻquvchilar masala shartiga tushundingizmi? - ha, tushundik. - masala nima haqida ekan? - ikki avtomobilning ikki shahardan bir-biri tomon bir vaqtda yoʻlga chiqqani haqida. - ikki avtomobilning 1 soatda necha km masofani bosib oʻtgani ma’lummi? - ha, 80 km yoʻl yurgan. - ular orasidagi masofa ma’lummi? - ha, 320 km. - bizdan nimani topish soʻralgan? - bir-biri bilan qancha vaqtdan keyin uchrashishi soʻralgan. - biz uni topa olamizmi? - ha, albatta. - qaysi amaldan foydalanamiz? - boʻlish amalidan. 320:80= 4 (soat) Javob: ular 4 soatdan keyin uchrashadilar. Download 281.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling