Xii jadval qonunlari


Download 66.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.01.2024
Hajmi66.18 Kb.
#1829261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XII jadval qonunlari (5)

VIII jadval 
(jinoyat va jazo haqida) 
1. a) Kimki ahmoqona qo‘shiq kuylasa. b) (Sitseron. Davlat to‘g‘risida, IV. 
10. 12: XII jadval jinoiy ishlarning bir nechtasiga o‘lim jazosini o‘rnatdi, 
shu jumladan, kimdir boshqa odamni sharmanda va tuhmat qiluvchi
qo‘shiq yaratsa (aytib yursa) unga nisbatan ham ushbu jazoni qo‘llash zarur 
hisoblangan).
2. Agar zarar keltirsa va jabrlanuvchi bilan yarashib olmasa, o‘ziga ham
xuddi shunday zarar yetkazilsin.
3. Agar qo‘l yoki tayoq bilan ozod odamning suyagini sindirsa 300 ass,
qul bo‘lsa 150 ass jarima to‘lasin.
4. Agar ozor yetkazsa jarima 25 ass.
5. Sindirsa, o‘rnini tiklasin.
6. (Ulpian. I. pr. D. IX. 1: Agar kimdir uy hayvoniga zarar keltirgani haqida 
arz qilsa, unda XII jadval qonuni jabrlanuvchiga bu hayvonni berishni yoki
zararni qoplashni buyuradi). 


7. (Ulpian. I. 14. 3. D. XIX. 5: Agar yong‘oqlar sening daraxtingdan 
mening uchastkamga tushsa, va men mollarimni ular bilan boqsam, unda 
XII jadval qonunlari bo‘yicha sen na hosilni yeb qo‘ydi deb, na hayvon 
keltirgan zarar haqida, na noqonuniy harakatlar keltirgan zararlar haqida
da’vo qila olasan, chunki mol sening uchastkangda boqilmadi).
8. a) Kimki ekilgan ekinlarni buzsa unga nisbatan jazo qo‘llansin. b) 
O‘zganing xosilini o‘zining uchastkasiga o‘tkazib olmasin.
9. (Pliniy. Tabiiy tarix, 18.3.12: XII jadval bo‘yicha omoch bilan ishlov 
berilgan maydonda kechki payt hosilni yig‘ib olish yoki uni yem qilish 
qabih gunoh hisoblangan. XII jadval Serfe xudosiga yo‘liqqanlarga o‘lim
jazosini tayinlagan. Bunday jinoyatda aybdor voyaga yetmagan bo‘lsa,
pretorning qarori bilan kaltaklanar yoki keltirilgan zararni ikki barobar 
qoplashga buyurilar edi).
10. (Gay. I. 9. D. XLVIIG‘ 9: XII jadval qonunlari imoratlarni yoki uy 
yaqiniga joylashtirilgan non skirdalarini yondirib yuborganni, agar u buni 
qasddan qilgan bo‘lsa kishanlashni, kaltaklaganidan so‘ng o‘limga 
mahkum etishni buyurar edi. Agar yong‘in bexosdan, ya’ni ehtiyotsizlikdan 
sodir bo‘lgan bo‘lsa, u holda qonun aybdor zararni qoplashi, agar bunga 
qodir bo‘lmasa yengilroq jazo tayin-lashga buyurgan).
11. (Pliniy. Tabiiy tarix, 17. 1. 7: XII jadval qonunlarida begonaning 
qasddan kesilgan har bir daraxti uchun 25 assdan to‘lashi ko‘rsatilgan).
12. Agar kimki o‘g‘rilik qilgan joyida o‘ldirilsa, u holda uning o‘limi 
qonuniy deb hisoblanadi.
13. Agar kunduzi qo‘lida quroli bilan qarshilik ko‘rsatsa, xalqni chaqir.
14. (Avl Geliy. Antik kechalar, XI. 18.8: Detsemvirlar o‘g‘rilikda ashyoviy 
dalillar bilan ushlangan ozod insonlarga tan jarohati berishni va 
jabrlanuvchiga boshi bilan javob berilishini, qul bo‘lsa qamchi bilan 
jazolashni va qoyadan tashlab yuborishni. Lekin voyaga yetmaganlarga 
nisbatan quyidagilar o‘rnatilgan: pretorning irodasi bilan tan jazosi berish 
yoki zarar undirish).


15. a) (Gay. Institutsiyalar, III. 191: XII jadval qonunini bo‘yicha agar 
yo‘qolgan narsa kimningdir uyidan fortal tintuv paytida topilsa, shu narsa 
qiymatining uch barobarida jarima tayinlangan). 
b) (Gay. Institutsiyalar, III. 192: XII jadval qonuni tintuv olib boruvchi 
tintuv paytida sochiqli bog‘ichdan boshqa hech qanday kiyimda 
bo‘lmasligini va qo‘lida tova ushlab turishni belgilagan.
16. Agar o‘g‘rilik haqida da’vo keltirilsa, va bunda o‘g‘ri joyida dalillar 
bilan ushlangan bo‘lmasa, sud tortishuvini narsaning ikki hissa narxini
belgilash bilan hal qilsin.
17. (Gay. Institutsiyalar, II. 45: XII jadval qonuni o‘g‘irlangan narsaning
qadimiyligini hisobga olib sotib olishni taqiqlaydi).
18. a) (Tatsit. Annalar, VI. 16: XII jadval qonuni bilan birinchi marotaba
qaror qilindi: bungacha boylar xohishi bo‘yicha olingan bo‘lsa-da, endi
hech kim oyiga 1 foizdan ortiq olishi mumkin emas). b) (Katon. 
Dehqonchilik haqida, kirish 1: Ajdodlarimizning xususiyatlaridan biri
o‘g‘rilarni o‘g‘irlagan narsasini ikki barobar qoplashga, sudxo‘rni esa 
olgan foizlarning to‘rt barobari miqdorida undirishni qonunlarga 
kiritishdi).
19. (Pavel. Libri V Sentiarum, II. 12. 11: XII jadval qonuni bo‘yicha 
saqlash uchun topshirilgan narsa uchun uning qiymatining ikki hissasi 
miqdorida da’vo beriladi). 20. (Tribonian. I. 1. 55. D. XXVI. 7: Homiylar 
tomonidan homiyligi ostidagining mulki talon-taroj qilinganda, bu 
homiylarning har biri uchun XII jadvallarda homiylarga qarshi o‘rnatilgan 
ikki karra hajmdan da’voni ilgari sursa bo‘ladimi, aniqlash kerak).
21. O‘z mijoziga zarar keltirgan patron yer osti xudolariga topshirilsin 
(ya’ni, badnom qilinsin).
22. Agarda kimdir guvoh yoki tarozibon sifatida bitimda ishtirok etsa va 
keyinchalik guvohlik berishdan bosh tortsa, u lafzsiz deb tan olinadi va 
guvoh bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ladi.
23. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 1. 53: XII jadval qonuni bo‘yicha 
yolg‘on guvohlikda ushlangan Parpey qoyasidan tashlangan).


24. a) Agarda qo‘l bilan otilgan nayza belgilangan joydan uzoqqa borib 
tushsa (qo‘yni) qurbonlik qilish lozim. b) (Pliniy. Tabiiy tarix, XVIII. 3. 12. 
8—9: XII jadval qonuni bo‘yicha hosilni yashirin nobud qilganlik uchun 
odam o‘ldirgandan ko‘ra og‘irroq o‘lim jazosi tayinlanar edi).
25. (Gay. 1. 236 pr. D. L. 16: Agarda kimdir zahar to‘g‘risida gapirayotgan 
bo‘lsa, insonning sog‘lig‘i uchun uning foydali va zararli xususiyatlarini 
ochib bersin. Axir dori ham zahar hisoblanadi). 
26. (Porsiy. Lampo. Decl. 1m Catil., 19: XII jadval qonunida hech kim 
shaharda kechki yig‘ilishlarni o‘tkazmasligi ko‘rsatilgan).
27. (Gay. I. 4. D. XLVII, 22: XII jadval qonuni jamoalar, hamjamiyatlar 
a’zolariga o‘zaro istalgan kelishuvlar tuzish huquqini berar edi. Bunda ular 
jamoat tartibiga tegishli biror bir qaror buzishmasa, bu qonun ko‘rinishi 
Salon qonunchiligidan o‘zlashtirilgan). 

Download 66.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling