Xiii mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi


 Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinining ekologik-iqtisodiy


Download 489.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi489.97 Kb.
#1193982
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi

13.3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinining ekologik-iqtisodiy 
samaradorligi 
 
Ishlab chiqarishni intensivlashtirish asosida rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi bilan 
tabiiy muhit o‘rtasida kuchayib borayotgan aloqalar va o‘zaro ta’sirlar, ekologik 
nojo‘ya oqibatlar qishloq xo‘jaligining samaradorligiga ekologik-iqtisodiy nuqtai 
nazardan yangicha qarashga majbur qilmoqdalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalari 
tomonidan tabiiy muhitni ifloslantirganlik va buzganlik uchun to‘lovlarning joriy 
etilishi tufayli qishloq xo‘jaligining ekologik-iqtisodiy samaradorligini baholash va 
asoslab berish alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Ekologik-iqtisodiy samaradorlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 
jarayonining jami iqtisodiy natijaviyligini qishloq xo‘jaligining tabiiy muhitga 
ekologik ta’sirini inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich ishlab chiqarish 
jarayonidagi moddiy va mehnat xarajatlari bilan bir qatorda tabiiy muhitning qishloq 
xo‘jaligi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ifloslanishi va buzilishini tugatish 
yoki oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, shuningdek, atrof muhit ekologik 
holatining yomonlashuvi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotining yo‘qotilishini ham 
aks ettiradi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ekologik-iqtisodiy mezonlari bo‘lib atrof 
muhitni saqlab qolish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha optimal (eng maqbul) ishlab 
chiqarish xarajatlari bilan olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga ijtimoiy talabni 
qondirish bo‘yicha vazifaning hal etilishini maksimallashtirish xizmat qiladi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinining ekologik-iqtisodiy samaradorligini 
aniqlash ekologik-iqtisodiy zarar (ziyon) va samara, umumiy (mutlaq) va qiyosiy 
ekologik-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash asosida amalga oshiriladi. 
Ekologik-iqtisodiy zarar-bu tabiiy muhit sifat holatining yomonlashuvi 
natijasida qishloq xo‘jaligiga yetkaziladigan amaldagi yoki mumkin bo‘lgan, qiymat 
shaklida ifodalangan zarar yoki ushbu zararning o‘rnini to‘ldirish uchun sarflangan 
qo‘shimcha xarajatlardir. 
Qishloq xo‘jaligida zarar avvalo havo havzasining ifloslanishi va sug‘orish 
uchun ifloslangan suvdan foydalanishda vujudga keladi, natijada qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini hosildorligi pasayadi, tuproqni sho‘rlanishiga qarshi kurashish xarajatlari 
ko‘payadi, ayrim hollarda qishloq xo‘jaligi ekinlari guruhi o‘zgaradi. Chorvachilikda 
zarar hayvonlarning mahsuldorligi pasayishida – qoramollar tirik vaznining, sog‘ib 
olinadigan sut miqdorining, tuxum qo‘yish miqdor o‘simining kamayishida namoyon 
bo‘ladi. Istisno holatlarda oqava suvlarning katta hajmda tashlanishi qoramol va 
parrandalarning to‘liq halok bo‘lishiga olib keladi. 
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida 
yerga keltiriladigan ekologik-iqtisodiy zarar yerning sifat holati yomonlashuvining 
qiymat shaklidagi bahosida namoyon bo‘ladi. U avvalo qishloq xo‘jaligi yerlarining 
mahsuldorligining pasayishi natijasida tuproq unumdorligi pasayishi va mahsulotning 
yo‘qotilishida ifodalanadi. 
Dehkonchilikda tuproq unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan ekologik-
iqtisodiy zarar (P
1
) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: 


187 
(13.15) 
bunda P
iH
- tuproq unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan solishtirma ekologik-
iqtisodiy zarar, so‘m/ga; 
S - unumdorligi pasaygan i –chi turdagi qishloq xo‘jalik yerlarining maydoni, 
ga. 
Tuproq unumdorligining pasayishi tufayli ko‘rilgan solishtirma ekologik-
iqtisodiy zarar, unumdorlikni tiklash uchun zarur xarajatlar bilan 1ga yerdan 
unumdorlikning pasayishi natijasida amalda olinmay qolgan mahsulot kiymatining 
yig‘indisi bilan aniqlanadi, so‘m/ga; 
P
iH 
= Z+P
(13.15) 
bunda Z - tuproq unumdorligini tiklash uchun zarur xarajatlar, so‘m/ga; 
P - tuproq unumdorligining pasayishi natijasida olinmay qolgan qishloq 
xo‘jalik mahsulotining qiymati, so‘m/ga. 
Tuproq unumdorligini tiklash uchun zarur xarajatlar qiymati bu gumus va 
ozuqaviy moddalar miqdoridan yo‘qotishlar natijasida ro‘y beradigan zararni bartaraf 
etish uchun zarur bo‘lgan sarflarni qiymat ko‘rinishida baholash asosida hisoblab 
chiqiladi:
Z=ΣZ
j
(13.15) 
bunda Z
j
– tuproqning j –chi ko‘rsatkichi (gumus, azot, fosfor, kaliy va 
boshqalarning miqdori)ni tiklash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, 1 ga yerga so‘m 
hisobida. 
Tuproq unumdorligini tiklash xarajatlari o‘g‘it va meliorantlar qiymati, ularni 
sotib olish, ortish, tashib keltirish, tushirish va tuproqqa kiritish xarajatlarini o‘z 
ichiga oladi: 
Z
j
= X
u
+X
o
+X
t
+X
r
+X
k
(13.15) 
bunda X
u
– o‘g‘it va meliorantlar qiymati, so‘m; 
X
o
,X
t
,X
r
,X
k
– mos holda o‘g‘it va meliorantlarni ortish, tashish, tushirish va 
kiritish xarajatlari, so‘m. 
Tuproq unumdorligining pasayishi natijasida olinmay qolgan o‘simlikchilik 
mahsulotini qiymati (U
k
) quyidagi formula bo‘yicha 1 ga yerga so‘m hisobida 
aniqlanadi: 
U
k
=U·N 
(13.16) 
bunda U – qishloq xo‘jaligi ekinini hosildorligidan yo‘qotishlar, 1 ts/ga 
hisobida; 
N –i-chi qishloq xo‘jaligi ekinining yo‘qotilgan birligi narxi, so‘m. 
Yerlarning unumdorligi pasayishi natijasida olinmay qolgan hosilni baholash 
olinmay qolgan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotning hajmi bo‘yicha 
o‘tkazilishi lozim. Olinmay qolgan mahsulotning umumiy miqdori har bir qishloq 
xo‘jaligi ekini bo‘yicha olinmay qolgan hosilning yig‘indisi sifatida aniqlanadi. 
Olinmay qolgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti miqdori tuproq nazorat tahlilidan 
oldingi va keyingi o‘rtacha ko‘p yillik hosildorlik o‘rtasidagi farq (tafovut) bo‘yicha 
hisoblab chiqiladi: 
U=U
1
-U
2
(13.17) 


188 
bunda U – tuproq unumdorligining pasayishi oqibatida olinmay qolgan mahsulot 
miqdori, ts/ga; 
U
1
- i-chi turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining unumdorlik pasayishiga qadar 
bo‘lgan davrdagi o‘rtacha ko‘p yillik hosildorligi, ts/ga; 
U
2
– i-chi turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotining unumdorlik pasayib borgan 
davrdagi o‘rtacha ko‘p yillik hosildorligi, ts/ga. 
Chorvachilikda ko‘rilgan zarar Z
ch
quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Z
ch
=P·N 
(13.18) 
bunda P – i-chi turdagi mahsulotning mahsuldorlik pasaygani hisobidan 
yo‘qotilish miqdori; 
N – mahsulotning yo‘qotilgan i-chi birligining narxi, so‘m; 

Download 489.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling