Xinolin hamda izoxinolin gruppasi alkaloidlari Xinin Eyxinin olinishi
Download 13.77 Kb.
|
Xinolin hamda izoxinolin gruppasi alkaloidlari Xinin Eyxinin oli-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xinin digidroxlorid
Xinin gidroxlorid
(Chinini hydrochioridum. Chininum hydrochiorium) CH2 N N CH OH
CH
2
2
2
(C20H24N2O2) H2SO4 + BaCI2 C20H24N2O2*HCI +BaCI2 Xinin gidroxlorid oq va ipak kabi tomanadigan ninasimon mayda kristall poroshok bо‘lib, ta’mi juda achchiq. Suvda eriydi, qaynoq; suvda va spirtda esa oson eriydi, ochiq havoda asta-sekin uchib keta1 boshlaydi. Yorug‘lik ta’sirida sarg‘ayadi. Preparat chinligini aniqlash uchun talleyoxinin reaksiyasidan foydalaniladi. Xlor ionini esa kumush nitrat yordamida aniqlanadi. Xinin gidroxloridning suvdagi eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota qо‘shilsa, yashil fluoressensiya xosil bо‘ladi. Preparat m i q d o r i n i xinin sulfatdagi kabi nemtrallash', usuli bilan aniqlanadi. Xinin gidroxlorid bezgakka qarshi poroshok va tabletka xolida jelatina kapsulada ichiriladi. Bundan tashqari, preparatning 10%li; eritmasini natriy xloridning izotonik eritmasida tayyorlanadi va sterillab inyeksiya qilinadi. Xinin gidroxloridning bunday eritmalarini 100° da 30 minut davomida sterillanadi. Og’zi mahkam yopiladigan bankalarda qorong‘i joyda s a q l a n a d i. Xinin digidroxlorid Xnnin digidroxlorid xinin tuzlari orasida suvda eng yaxshi eruvchani bо‘lib, uni xinin gidroxloridga ma’lum mikdorda xlorid kislota ta’sir ettirib olinadi. , Xinin digidroxlorid rangsiz, hidsiz, ta’mi achchiq poroshok bо‘lib, spirtda, suvda juda oson, xloroformda qiyin eriydi, efirda esa1 erimaydi. Preparat c h i n l i g i n i xinin gidroxloriddagi kabi aniqlanadi. Preparat suvda yaxshi erishi, metil qizil indikatoriga nisbatan kuchli kislotali xossaga ega bо’lishi bilan xinin gidroxloriddan farq qiladi. Xinin digidroxlorid m i q d o r i n i neytrallash usuli bilan aniqlanadi. Poroshok va tabletka xolida jelatina kapsulada bezgakka qarshi ichiriladi. Preparatning 25—50%li suvdagi sterillangan eritmalari organizmga inyeksiya qilinadi. Og’zi mahkam yopiladigan bankalarda qorong‘i joyda sa q l a n a d i Download 13.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling