Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati


Download 20.19 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi20.19 Kb.
#1567046
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hakimova

Eftaliylar haqidagi ma’lumotlar Rim, Vizantiya, Suriya, Arman, Xitoy va Fors manbalarida hamda Firdavsiyning “SHohnoma” asarida uchraydi. Eftaliylarning kelib chiqishi haqida yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar eftaliylarni O‘rta Osiyo-ning janubiy viloyatlarida yashovchi qadimgi mahalliy elatlardan, boshqalari esa ularni Orol oldi va Xorazmdan kelib chiqqanligini qayd qiladilar. Manbalardan birida (Lazer Parbskiy, V asr) efta-liylar etti xonadondan iborat massagetlarning etakchi urug‘laridan biri sifatida bayon qilinadi.

  • Eftaliylar haqidagi ma’lumotlar Rim, Vizantiya, Suriya, Arman, Xitoy va Fors manbalarida hamda Firdavsiyning “SHohnoma” asarida uchraydi. Eftaliylarning kelib chiqishi haqida yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar eftaliylarni O‘rta Osiyo-ning janubiy viloyatlarida yashovchi qadimgi mahalliy elatlardan, boshqalari esa ularni Orol oldi va Xorazmdan kelib chiqqanligini qayd qiladilar. Manbalardan birida (Lazer Parbskiy, V asr) efta-liylar etti xonadondan iborat massagetlarning etakchi urug‘laridan biri sifatida bayon qilinadi.
  • Xitoy manbalarida eftaliylar yuechjilarning boshqa bir sho-xobchasi, ya’ni gaogyuy qabilasining tarmog‘i, yoxud Qang‘yuy avlodlari sifatida talqin qilinadi. O‘zlarini alxonlar deb atagan eftaliylar Baqtriya-Toxariston erlarida yashagan azaliy boxtar qavmidan chiqqan etnik guruh ekanligini qayd qiluvchi fikrlar ham mavjud. Zamonaviy tadqiqotlar eftaliylarning haqiqiy vatani Baqtriya-Toxaristonga muvofiq kelishini ko‘rsatmoqda.

Eftaliylar davlati ulkan hududni qamrab olgan bo‘lib, O‘rta Osiyoning asosiy qismi, SHarqiy Turkiston hamda SHimoliy Hin-distonning yarmi Gandxara bilan birgalikda mazkur davlat tarkibi-ga kirgan. Asli eftaliylarda ikkita davlat mavjud bo‘lib, ulardan biri Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismi, Pokiston va SHimoliy Hindiston hududlarini qamrab olgan. Milodiy V va VI asrning birinchi yarmida, Toroman va Mihrqul ismli podsholar davrida ushbu davlat gullab yashnagan. Ikkinchi davlat O‘rta Osiyoning janubi va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida tashkil topgan. Bu erdan eftaliylar SHarqiy Turkiston erlarini zabt etganlar.

  • Eftaliylar davlati ulkan hududni qamrab olgan bo‘lib, O‘rta Osiyoning asosiy qismi, SHarqiy Turkiston hamda SHimoliy Hin-distonning yarmi Gandxara bilan birgalikda mazkur davlat tarkibi-ga kirgan. Asli eftaliylarda ikkita davlat mavjud bo‘lib, ulardan biri Afg‘onistonning janubi-sharqiy qismi, Pokiston va SHimoliy Hindiston hududlarini qamrab olgan. Milodiy V va VI asrning birinchi yarmida, Toroman va Mihrqul ismli podsholar davrida ushbu davlat gullab yashnagan. Ikkinchi davlat O‘rta Osiyoning janubi va SHimoliy Afg‘oniston hududlarida tashkil topgan. Bu erdan eftaliylar SHarqiy Turkiston erlarini zabt etganlar.

Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling