Anesteziyaga tayyorgarlik.
Bemor anestezilog ko’rikdan o’tkazilib, quyidagilar aniqlanishi shart:
bemor umumiy ahvolini baholash;
anesteziya o’tkazilishiga nojuya ta’sir qiluvchi omillarni bemor anamnezidan so’rab aniqlash;
klinik va laborator ma’lumotlarini baholash;
jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash;
anesteziya usulini tanlash;
premedikatsiya xarakterini aniqlash.
Premedikatsiya – narkozning kishi organizmiga operatsiya paytida va operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarini kamaytirish maqsadida dori preparatlarini kiritishdir.
Premedikatsiya vazifalari:
bemor hissiy qo’zg’alishlarini pasaytirish;
neyrovegetativ stabilizatsiya;
bemor organizmining tashqi ta’sirotlarga reaksiyasini kamaytirish;
anestetiklarning ta’siri uchun qulay sharoit yaratish;
narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini olish;
so’lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish.
Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo’li bo’yicha umumiy og’riqsizlantirish turlari:
1. Nafas yo’llari orqali (ingalyatsion) (anestetik moddalar bemorning nafas olish sistemasiga bug’ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali qonga tarqaladi):
a) maskali;
b) traxeya ichi.
2. Tomir orqali.
3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida anestetiklar tomir orqali tanaga kiritilsa, so’nggi bosqichlarida esa nafas yo’llari orqali kiritiladi).
Umumiy og’riqsizlantirishning asoratlari:
Laringit, traxeobronxit.
Nafas yo’llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki protezlarning nafas olish yo’llariga kirishi).
O’pka atelektazi.
Zotiljam
Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki yurak faoliyatining to’xtashi.
Intubatsiyadagi shikastlanishlar (halqum, hiqildoq va traxeya shikastlanishlari).
Oshqozon-ichak traktining motor faoliyatidagi buzilishlar: ko’ngil aynishi, qusish, regurgitatsiya, aspiratsiya, ichak parezi.
Siydikning tutilishi.
Gipotermiya.
Miya shishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |