Xitoy filologiyasi kafedrasi “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy iyeroglifik yozuvi: O'qitishdagi muammolar va yechimlar


Download 0.65 Mb.
bet1/9
Sana27.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1234495
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Хасан тўғирлаш керак

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” fanidan



KURS ISHI


MAVZU: XITOY IYEROGLIFIK YOZUVI: O'QITISHDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Bajaruvchi:_____________________________


Ilmiy rahbar: ____________________________

XITOY IYEROGLIFIK YOZUVI: O'QITISHDAGI MUAMMOLAR VA `YECHIMLAR


REJA:
KIRISH............................................
ASOSIY QISM
1 § Xitoy iyeroglifik yozuvini o’rgatihning o’ziga xos tomonlari.
1.1. Xitoy iyeroglifik yozuvini o’rgatish metodikasi………
1.2. Xitoy iyeroglifik yozuvini o’rgatishdagi muammolar......
1. 3. Xitoy iyeroglifik yozuvini o’rgatishdagi yechimlar.........бети
XULOSA......................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.............................
Bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning ulkan
intellektual va ma‘naviy salohiyatidir.
Sh.M.Mirziyoyev1.
KIRISH
Oʻzbekiston va Xitoy xalqlarini koʻp asrlar davomida doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan koʻp tomonlama aloqalar bir-biriga yaqinlashtirib kelgan. Xususan, bundan ikki ming yillar muqaddam Buyuk Ipak yoʻli davrida boshlangan oʻzaro madaniyatlar almashinuvi tarixining yorqin sahifalari hamon yodda saqlanib kelmoqda. Madaniyatlarimiz oʻrtasidagi qadimiy yaqin aloqalar ildizi ikkala xalqning yanada yaqinlashishiga sabab boʻlayotir va bugungi kunda Oʻzbekiston - Xitoy oʻrtasidagi uzoq muddatli, muhim va ishonchli hamkorlik uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Ikki tomonlama hamkorlik koʻlami barcha jabhalarni qamrab olgan. Bu munosabatlar zaminida mamlakat rahbarlari oʻrtasida oʻzaro ishonchli va doʻstona rishtalar yotadi. Tomonlar shuningdek SHHT doirasida ham doimiy ravishda oʻzaro oliy darajadagi uchrashuvlar va tashriflar amalga oshirib turishadi. 1
2017-yil 11-15 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR ga rasmiy tashrif buyurdi, hamda ―Bitta belbog‘ - bitta yo‘l‖ forumida ham ishtirok etdi. “Bitta belbog‘ – bitta yo‘l” forumi ham hozirgi zamonda dunyo mamlakatlari orasida iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, savdo va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, turizm, ta‘lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlik ham jadal sur’atda rivojlanib boryapti. Oʻzbekistonda yoshlar orasida xitoy tilini oʻrganishga va Xitoyda turli sohalar boʻyicha ta’lim olishga boʻlgan qiziqish yil sayin ortib bormoqda.


Mazkur ieroglif-harf, tovush, so’zni anglatuvchi belgi bo`lib, u xitoy yozuvi hisoblanadi. Dunyoning boshqa tillari yozuvidan farqli o`laroq, xitoy yozuvi belgilar shaklida o`z ifodasini topgan yozuvdan, ya`ni iyerogliflardan tarkib topgan.Tarixdan maʼlumki, Xitoy ierogliflari soni bo’yicha Qadimgi Misr ierogliflaridan ham ortiq chunki, qadim zamonlarda Xitoy da ierogliflarning keskin oshib borishining sababi alifboning yo'qligi va ular faqatgina narsa yoki buyumlarga qarab ongidan paydo qilishgan bular esa ideogrammalardir shuning natijasida Xitoy ierogliflari hozirgi kunda ham eng ko’p ieroglifli mamalakat sifatida qaraladi. Xitoy tili murakkab tillar qatoriga kiradi. Uning 5 ming yillik tarixini o’rganish, 56 mingdan ziyod iyerogliflarini zamon talablariga mos keltirish masalalari dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu muammoilar ustida bir qatore vazirtlik va komitetlar, institut va universitetlar ilmiy va amaliy faoliyat olib bormoqda. Mazkur ishlar Xitoy tili davlat Komiteti , Maorif, Madaniyat, Radio, Televideniya va Kinomotografiya vazirliklari tarafidan boshqariladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling