Xitoy filologiyasi kafedrasi “Xitoy tilini o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy iyeroglifik yozuvi: O'qitishdagi muammolar va yechimlar
Download 0.65 Mb.
|
Хасан тўғирлаш керак
shài tài yang
Quyosh toblamoqda 春 风 到, 太 阳 暖, chūn fēng dào tài yáng nuǎn Bahor shamoli esmoqda, quyosh ilityapti, 太 阳 晒 晒 苗 儿 长, tài yáng shài shài miáo ér zhǎng Quyosh mayda maysalarni qizdiryapti, 太 阳 晒 晒 果 儿 香, tài yáng shài shài guǒ ér xiāng Quyosh toblayapti – mevalar mazali bo‘lmoqda, 太 阳 晒 晒 我 健 康。 tài yáng shài shài wǒ jiàn kāng Quyosh toblayapti- men chiniqyapman.11 Bu she‘r orqali biz bolalarga grammatik jixatdan so‘zlarni ketma-ketligi qanday bo‘lishini ko‘rsatishimiz mumkun. Masalan ega kesimdan oldin kelishini quyidagi birikmalar orqali bilib oldik: 春风 ega + 到 kesim - bahor shamoli esmoqda. 太阳 ega + 晒 kesim – quyosh toblamoqda. Yoki bahorda qanday hodisalar bo‘lishini, so‘zlarga qarab qaysi fasl ekanligini shu she‘r orqali bolalarga tanishtirishimiz mumkun. She‘r bilan tanishtirib chiqqandan so‘ng bolalarga uning grammatik hususiyatlarini o‘rgatamiz. So‘ng mashqlar asosida mustahkamlaymiz. Masalan: she‘rda egani toping; sifatni ko‘rsating; bahorga tegishli so‘z birikmalarni aytib bering kabilar.She‘rlarda va ashulalarda yod olingan grammatik materialni bolalarga kichik dialoglarni tuzish va gapirtirish orqali mustahkamlash mumkin. Xitoy tilidagi so‘z turkumlarini, xususan, fe‘llarni o‘rgatishda hattiharakatlar orqali amalga oshirilsa, bolalar uchun qiziqarli va muhimi esda qolarli bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalar mavhum so‘z yoki tushunchalarni tushunmaydilar. Shuning uchun aniq otlar kabi mavhum ma‘noda bo‘lmagan fe‘llar harakatlar orqali o‘rgatilishi mumkin. Masalan, 给, 演, 拿, 看, 听, 说, 跳舞, 唱歌,跳, 跑, 玩儿, 吃, 喝, 开, 锁, 睡觉, va hokazolarni amalda ko‘rsatib esda qolarli qilib o‘rgatish mumkin. Bolalarga o‘rgatiladigan fe‘llar nafaqat mavhum ma‘nodan holi, balki aytishga oson, talaffuzi yengil bo‘lishi lozim. Ko‘rinib turganidek, yuqoridagi so‘zlar boshlang‘ich bosqichdagi o‘rganuvchilar tomonidan oson o‘zlashtiriladi. Maktablarda keng qo‘llaniladigan ashulada fe‘llar hatti-harakatlar orqali o‘rgatiladi. Ularni qanday qo‘llashni so‘z birikmalari bilan ko‘rsatib beriladi. Bunda bolalarning so‘z boyligi ham oshadi.Yoki kishilik olmoshlarini ham birdaniga tushuntirib o‘tish mumkun . Masalan: 我吃 - men ovqatlanyapman; 你跳舞 – sen raqsga tushyapsan;他喝茶 – u choy ichyapti ;他们看书 – ular kitob o‘qishyapti; 我们说汉语 – biz xitoy tilida so‘zlashyapmiz ;你们听歌曲 – siz qo‘shiq tinglayapsiz 。 Shunga o‘xshash bir qancha soddaroq misollar orqali maktab yoshidagi bolalarga olmoshlarni qanday qo‘llanishini, fe‘llarni qayerda ishlatish mumkunligi bilan ham o‘rgatib chiqamiz. Umumiy dasturlarda yozilganidek, xitoy tilini egallash uning grammatikasini o‘rganmay turib amalga oshirilishi mumkun emas. Chunki o‘rganilayotgan tilda nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish uchun grammatikani o‘rganishimiz kerak. Grammatikani tilning grammatik qurilishi haqidagi fan sifatida oladigan bo‘lsak, u maktablarda o‘qitish predmeti hisoblanadi. Umumiy qilib oladigan bo‘lsak xitoy tili grammatikasini bolalarga o‘qitishdan maqsad nutq faoliyati har xil turlarining to‘g‘ri shakllanishini ta‘minlaydigan nutq grammatik malakalarini hosil qilishdan iboratdir. Yuqorida qayd qilinganlar bizni ikkinchi xulosaga olib keladi: buning uchun nafaqat darslik yaratish, balki o’quv-uslubiy majmua bo’lishi, unda avval qayd qilinganlardan tashqari o’qish uchun xrestomatiya va o’qituvchi uchun kitob bo’lishi lozim. Xitoy tilida so’zlashuvchi xorijliklarning nutqiy mahorati rivojlanishi darajasini baholovchi xitoyliklardan ko’pincha quyidagilarni eshitish mumkin: ―Shunday aytish mumkin, bu tushunarli va umuman, to’g‗ri, biroq xitoycha emas‖ ushbu xitoy nutqining ―xitoycha o’ziga xosligi‖ nimadan iborat? Boshqacha qilib aytganda, xitoy tilida gapiruvchi chet elliklarning nutqi xitoy tili tashuvchilari nutqidan nimasi bilan farq qiladi? Xitoy tilida chet elliklar (g‗arb mamlakatlari vakillari) nutqining asosiy kamchiliklari uning originali(haqiqiysi)dan farq qilishi quyidagilar bilan bog‗liq: Predikativlikning yuqori darajasi kamchiligi. Ortiqcha mufassallik. 3.Yetarli darajada bo’lmagan yuqori temp. 4.Grammatik tuzilmani o’xshamagan holda tanlanishi. Leksik birliklar, ayniqsa old qo’shimchalarning o’xshamagan holda tanlanishi. Nutqning yetarli darajada bo’lmagan idiomatligi, undovlarning butkul yo’qligi. Kengaytirilgan ifodalarda bog‗lovchi elementlarning yo’qligi. Bir bo’g‗inli va ikki bo’g‗inli so’zlar darajasida ohang shaklining buzuq ko’rinishi. Noto’g‗ri ijro va mantiqiy ifoda, bu ayniqsa jumladan ortiq darajalarda ko’rinadi. Avvalo, o’quvchini originalga juda bo’lmaganda qisman yaqinlashtirish uchun nima qilish kerak? Javoblardan birini bizga A.M.Yefremov 12taklif qiladi: ―Ushbu savolga javob o’ta oddiy va aniq-ravshan: tilni his qilishga erishish zarur‖. Keyinroq: ―‖Tilni his qilish‖ tushunchasi keng va aniqlik kiritish murakkabroq. Bu yerda turli tarkibiy qismlarning yirik miqdori haqida gapirish va baxslashish mumkin. Biroq , shubxasiz: tilni his qilishga erishish – bu, avvalo, uning ichki mantig‗i, uning umumiy qonuniyati va qonun-qoidalarini anglashdir. Shubhasiz, kim tilning xususiy asoslari ortida uning ichki mantig‗iga yo’naltiruvchi kuchni ko’ra olsa, u chet tilini tez o’rganishga erishadi. Aynan shu yerda, xususiy va umumiy birlikda ko’rib chiqilayotgan fenomenning oqilona bosh omil – tilni his qilish yotadi. Mana shu oqilona bosh omil ona tili va o’rganilayotgan til orasidagi muhim farqlarni aks ettiruvchi hamda yangi til qurilishiga fikrlashni moslashtirish imkonini beruvchi ayrim nazariy ma‘lumotlar majmuidir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling