Xitoy tilini o’qitish metodikasi” fanidan kurs ishi mavzu: xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklari bajaruvchi


Download 240.68 Kb.
bet3/8
Sana22.03.2023
Hajmi240.68 Kb.
#1287082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XITOY TILINI O’QITISHDA DIALOGLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Ishning maqsad va vazifalari. Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklari
Maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar qo’yildi:
1. Xitoy tilini o’qitish jarayonida og’zaki nutqni rivojlantirish
2. Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishni ko’rsatish
3. Xitoy tili darslarida dialoglar bilan ishlash uchun qo’llaniladigan mashqlar
Ishning obyekti va predmeti. Ma’lumki har bir fan va soha oʻzining yoʻnalishlariga ega. Xitoy tili ham bundan istisno emas. Ishning obyekti Xitoy tilini o’rgatishda diologlardan foydalanish tanlab olindi. Predmeti xitoy tilini o’rgatishda ishlatiladigan diologlarni o’rgatish
Ishning ilmiy yangiligi. Xitoy tilini o’qitishda dialoglardan foydalanishning afzalliklari, yangicha metod va pedagogic texnologiyalardan foydalanganligi. Bitiruvchi talabalar uchun muhim bo’lgan tavsiyalar mavjudligi.
Ishning amaliy ahamiyati va tavsiyalar. tanlangan mavzu xitoy tilini diologlar orqali murakkab jihatini tez va samarali o’zlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy texnikani o’quv jarayoniga joriy etish zarurati bilan bog‘liq.
Ushbu kurs ishi bakalavr bitiruvchilarining ilk o’qituvchilik ish faoliyat jarayonlarida xitoy tilidagi diologlardan foydalanishni oʼquvchilarga oʼrgatishda oson va samarali metodlarni izlab topishda yordam beradi.
Ishning tuzulishi: Ushbu kurs ishi 3 paragraf , umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Umumiy hajmi 25 bet

ASOSIY QISM
1 § XITOY TILINI O’QITISH JARAYONIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH
O’zbekiston Respublikasida ta'limning barcha bosqichida chet tilini o’qitishning asosiy maqsadi - o’rganuvchilarning ko’p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iborat. Chet tili kommunikativ kompetensiyasi - o’rganilayotgan til bo’yicha egallangan bilim, ko’nikma va malakani muloqot jarayonida qo’llash qobiliyatidir.Chet til o’qitishni tashkil etish uchun til va nutq tushunchalarining farqiga yetish muhimdir. Tildagi birliklar, ayniqsa leksika, hajman ko’p miqdorni tashkil etadi, kishi nutqida esa ikki-uch ming atrofida so’z qo’llanadi. Chet tilda o’quvchilar mingtacha so’zni aktiv egallaydilar. Til ijtimoiy, nutq esa xususiy hodisadir. Til, sodda qilib aytganda, birliklar va ularning aloqasi sistemasidir, nutq esa og‘zaki va yozma matndir. Tilni faqat nutq orqali o’rganish mumkin. Tilda harf/tovushdan tortib, to morfema, so’z, so’z birikmalari, gap va tekstgacha bo’lgan lingvistik belgilar, nutqda esa ushbu belgilarni qo’llash tufayli axborot yetkazish imkoniyati bor.
Nutq na’munasi chet til o’rgatishda asosiy birlik hisoblanadi. U tilning leksik, grammatik va talaffuz tomonlarini mujassamlashtiradi va qo’llash yoki idrok etish uchun tayyor hodisa hisoblanadi.
Chet til qiyinchiliklari nutqda qo’llanadigan til birliklarining funksional (tushuncha darajasida, qo’llanishda), formal (shakl, yasalishda, strukturada) va semantik (ma’no bildirish) tomonlarini egallashda sodir bo’ladi. Ushbu tomonlarning har biri qiyin yoki oson o’rganilishi mumkin.
Oson birliklar jumlasiga o’quvchilar til tajribasidagi til hodisalariga o’xshashlari kiritiladi. Masalan ona tili yoki ikkinchi tilda mavjud so’zlar bilan bir o’zakli (internasional) chet til leksikasini ko’rsatish mumkin: tennis—tennis, dollar—dollar, biznes—business kabilar; grammatikada: sifatning oddiy darajasi; talaffuz materiallari orasida ham-anchagina nisbiy o’xshashliklar mavjud. Ko’rsatib o’tilgan va boshqa til tajribasidagi umumiylik hosil qiladigan hodisalarni metodika tilida potensial til materiali atamasi bilan ifodalash mumkin.
Qiyinchilik bilan o’zlashtiriladigan til materialini o’qitish jarayonida duch keladigan xatolarning oldini olishda qiyinchiliklarni aniqlash tadbirlari qator bosqichlardan iborat. Dastlab o’quvchilar ongida leksika, grammatika, talaffuz hodisalari qiyosiy tahlil etiladi. Ona tili, ikkinchi va chet tili taqqoslanadi. Chet til hodisasi reproduksiyada o’rganilsa, metatil (asosiy til) qilib ona tili tanlanadi. Ona tilidan keyin ikkinchi til hodisalari, uchinchi o’rinda chet til birliklari qiyosiy tahlilga jalb etiladi. Sof tilshunoslik uchun metatilning farqi yo’q. Lingvodidaktikada esa buning tafovuti katta. Chunki o’quvchi gapirish va yozuvda funksiyadan semantikaga, so’ngra shaklga qarab fikran harakat qiladi. Reseptiv nutq (tinglash va o’qish)da esa tilning formal tarafiga tayanib, semantika va funksiya keltirib chiqariladi.
Dialog - bu ikki yoki undan ortiq suhbatdoshlar o’rtasidagi aloqa jarayoni, shuning uchun bitta nutq harakati doirasida ishti rokchilarning har biri navbatma-navbat tinglovchi va so’zlovchi bo’ladi. Dialogli nutqni rejalashti rish yok i «dasturl ash» mumkin emas, chunki bitta so’zl ovchilarning nutqiy xatti -harakati bir-birlarining nutqlariga bog'liq. O’zaro qatnashchilarining tashabbuslari nuqtai nazaridan muloqot ikki tomonlama yoki uning barcha ishtirokchilari teng ravishda qatnashsa ko’p tomonlama bo’lishi mumkin .
Xitoy tilida nutqqa oid mashqlarni bajarish davomida diologlardan foydalanamiz. Nutqiy mashqlarga quyidagi na’munalarni keltirish mumkin: dialogni tinglang, unga o’xshash dialogni sherigingiz bilan bajaring; dialogni boshlanishini eshiting, suhbatdoshlardan birining oxirgi jumlasi (replikasi)ni kengaytiring, to’ldiring; fonoyozuv (kinoparcha)ni eshitib, undagi voqealarni aytib bering; gramplastinka yozuvidagi dialogni tinglang va uni monolog shaklida so’zlab bering; magnitofondan qator savollarni tinglang, orasida ularga javob berib boring; suhbatdoshlar javoblarini sharhlab bering; dialogning boshlanishini eshitib, juft bo’lib uni davom eting; suhbatdoshlar fikrini tasdiqlang yoki rad eting; diktor nutqidagi dialogni eshiting, suhbatdoshlar qo’llagan so’z yoki jumlani ma’nodoshi bilan almashtiring va yangi dialogni ikki kishi bo’lib ayting; audiotekstni tinglang va savollarga javob qaytaring; tinglaganingizda o’rganib olgan fikrlarni aytib bering; tinglaganingizning boshi (oxiri, o’rtasi)ni qisman o’zgartirib ayting; tinglang va sharhlab bering; kinofilm (parcha)ni ko’rib, asosiy g‘oyasini aytib bering; audioaxborotdagi mazmunni bo’laklarga ajratib, ularni nomlang; tinglagan axborotingizga sarlavha o’ylab toping; audiotekstni tinglang, unga taqriz tuzing, quyidagi rejadan foydalaning: a) axborot mavzusi; b) ishtirok etganlar; v) mazmunining qisqacha bayoni; g) asosiy g‘oyasi; d) tinglangan mazmunga baho berish.


Download 240.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling