Xitoy va Hind kalendari
Download 70.5 Kb.
|
Qadimgi xitoy kalendari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizning era yillari.
- HIND KALENDARI.
- Grigoriy kalendari 1757 yildan keng yoyildi va Hindistonda qo‘llana boshlandi 2
- 360 kunlik bo`lib, har besh yilda qo`shimcha kunlar qo`sqilgan.Oy 29,30,31,34,32 kunlardan iborat bo`lib, Yangi yil turli kunlarga to`g`ri kelgan
Eramizdan avvalgi yillar.
2357 – 2255 – Yaolar afsonaviy sulolasi. 2255 – 2205 – Shun afsonaviy sulolasi. 2205 – 1766 – Syalar afsonaviy sulolasi. 1766 – 1122 – Shan – Inlar afsonaviy sulolasi. 1122 – 247 – Chjoular sulolasi an’anaviy davri. 246 – 207 – Sinlar sulolasi an’anaviy davri. Eramizning 206 – 220 – Xanlar sulolasi an’anaviy davr. Bizning era yillari. 420 – 479 – Sun sulolasi. 479 – 501 – Si sulolasi. 502 – 556 – Lyan sulolasi. 557 – 588 – Chen sulolasi. 589 – 618 – Suy sulolasi. 618 – 907 – Tan sulolasi. 907 – 959 – Besh sulola davri. 960 – 1279 – Sun sulolasi. 1280 – 1368 – Yuan sulolasi (mo‘gullar). 1368 – 1644 – Min sulolasi. 1644 – 1911 – Sin sulolasi (manjuriya). 1912 – 1949 – Xitoy Respublikasi. 1949 yil 30 sentabr – Xitoy Xalq Respublikasi. 1 oqtabr – Xitoyda milliy mustaqillik kuni sifatida keng nishonlanadi. HIND KALENDARI.Turli xil kalendar tizimi. Hindiston xududida qadim zamonlardan ko‘plab qabila va Xalqlar yashagan. Hindiston ko‘p millatli davlat bo‘lib, aholisi 200 ga yaqin tilda gaplashadi. Hind knyazlarining uzoq vaqt bir-birlaridan ajralganligi ularning har birida maxalliy kalendar bo‘lishiga olib keldi. Yaqin vaqtgacha mamlakatda bir qancha fuqarolik va 30 ga yaqin maxalliy, diniy bayramlarni va diniy urf-odatlarni ifodalovchi kalendarlarga amal qilingan. Ular orasida shamsiy, qamariy, qamariy shamsiy kalendarlari bor edi. Hindistonda Qamariy Shamsiy kalendar tarqalgan bo‘lib, u quyosh harakati bilan bog’liq edi. U tropik yildan 20,4 kun uzun bo‘lgan. Hindistonda uzoq vaqt boshqa eralar ham ko‘llanilgan. Masalan, Kaliyug erasi eramizdan avvalgi 3102 yil 18 fevraldan, Nirvan erasi eramizdan avvalgi 543 yilgacha amal qilgan. Hindistonda keyingi tarixiy eralardan biri Fazl erasi podshox Akbarshox tomonidan joriy etilgan (1542-1606), lekin u faqat idora xujjatlarida ko‘llanilgan. Bu era 1550 yil 10 sentabrdan boshlangan. Grigoriy kalendari 1757 yildan keng yoyildi va Hindistonda qo‘llana boshlandi2. Hozirgacha kitob, gazeta va jurnallar grigoriy kalendari, axyon-axyonda maxalliy kalendarlar bilan birgalikda chiqariladi. Qadimgi, o`rta asrlar va Yangi davrda Hindistonda Oy-Quyosh kalendari qo`llanilgan Bo`lsada, ayrim viloyatlarda quyosh kalendari qo`llanilgan. Bu haqda Vedalarda eslatilgan. Quyosh kalendari 360 kunlik bo`lib, har besh yilda qo`shimcha kunlar qo`sqilgan.Oy 29,30,31,34,32 kunlardan iborat bo`lib, Yangi yil turli kunlarga to`g`ri kelgan. Hindiston yil hisobini o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bir vaqtning o`zida diniy xarakterdagi 20 dan ortiq Eralar mavjud bo`lgan. Qadimgi Kaliy Erasi Mil. avvalgi 3102 yil 18-fevraldan, Budda Erasi Mil. avvalgi 950 va 543 yillardan, Vikrom Erasi Mil. avvalgi 57-yildan, Foeli (Akbar) Erasi 1550 yil 10 sentyabrdan Shaka Erasi 78 yil 3 martdan boshlangan.3 1957 yil Hindistonda yagona fuqaro kalendari e`lon qilindi. Kalendar bo`yicha yil 22 martdan, chaytara oyining birinchi kunidan boshlangan. Yil hisobi Shaka Erasi bo`yicha olib boriladi. Kalendarlar nomutanosibligi Hind xukumatining islohot o‘tkazib, yagona milliy kalendar joriy etishga majbur etdi. Shu maqsadda 1952 yil noyabrda yirik olim, astronom, fizik, professor Magxnad Saxa raisligida kalendarni islox etuvchi maxsus kengash tuzildi.Yangi kalendar 1957 yil 22 martda qabul qilindi. Adabiyotlar ro`yxati: 1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 2008. 2.“Ta`lim to`g`risida”gi Qonun. T., 1997. II. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 1. Kаrimоv I.А.Yukcak ma`naviyat-engilmas kuch.T.,2008. 2. Kаrimоv I.А.O`zbеkistоnning o`z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo`li. T., 1992. 3. Kаrimоv I.А.Tаrixiy xоtirаsiz kеlаjаk yo`q. T., 1998. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling