Xiv-asrning ikkinchi yarmi va xvi-asrda movaraunnahrda tarbiya va maktab
II. Sohibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarash-lari va uning
Download 182.75 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza Uzluksizdan
II. Sohibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarash-lari va uning
pedagogika fanida tutgan o‘rni. Muhammad Taragay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zexn va aklu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, xarbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, xadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tikodli, xalol-pok inson bo‘lib yetishdi». I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur xayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning kariyib yarmiga jaxongir ersa- da, u kuch-kudrat zo‘rlik, zo‘ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo‘lsa kerakki, o‘tmishda jaxon ilm axli, mashxur muarrixlar o‘z asarlarida Amir Temur ismiga Ko‘ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo‘shib, uni e’zozlab, ulug‘lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar. «Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo‘lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan. U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini xar sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashxur qildi. Amir Temur davlati qurilishi, xarbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr-muruvati ayniksa ibratlidir. Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnaxr va buyuk Turkiston o‘lkalarida ilm-fan xomiysi sifatida xam qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafakat o‘z mamlakatini, balki o‘zga o‘lkalarni xam obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning «Alq A’lom» komusining «Temur» bandida Amir Temurning o‘zi olim bo‘lgani, ulamolarning raxnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag‘batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o‘z poytaxti Samarkandni katta g‘ayrat bilan obod kilib, u yerda kator madrasa, kugubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, «Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o‘z tarjimai xolini xam adabiy, chig‘atoy tilida yozgani xamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o‘tadi. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo‘lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan edi. Amir Temurning xarbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko‘p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xarbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va xozirgi kunga qadar o‘rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi xam Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi. Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, sohibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri bo‘lganligi edi. Jaxongirlik qoidasi esa xaqiqat - sixat-salomatlik, xaqiqat-tartib, xaqiqat - adolat deb tushunilgan. Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi», degan hikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va hayotda o‘zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob - axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya soxasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasixatlarni, shuningdek Soxibqiron xaqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya. Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Axmad Soxibqiron Amir Temurning o‘zi amal qilgan sifatlarni yuksak baxolaydi. Bular quyidagilar: -... Hammaga xam bir xil: jiddiy va odil qaradim... Boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim; -... Islomga qat’iy rioya qildim. ... -Men kambagallarga ko‘p xayr-ex,son kildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal qilishga butun jahdimni sarf kildim; -Xaloyikka rahm kildim, barchaga naf’ yetkurdim. -... Birovga nohak ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘krashdan itarmadim...; -Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim...; -Barcha so‘zlarimdan doim haqiqatgo‘ylikka amal kildim... -Men har kimga va’da bersam, unga vafo kildim...; -Aoimo o‘zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim...; -Men har doim insof bayroshni baland ko‘tardim va iymon tarkatishni o‘z buyukligimning kudratli zamini deb bildim...; -Men doim saidlarga ehtirom bilan karadim, ulamo va shayxlarni e’zozladim... Shunday qilib soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand-nasixatlari va purma’no o‘gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantikning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz hazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Bu o‘gitlar Sozsibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh muvaffaqiyatli, toh muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o‘gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirishda sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona - pedagogikadir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Soxibqiron Amir Temur o‘gitlarini uning moxiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruxlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir: -Islom dini va shariat konunlari xaqidagi o‘git-nasihatlar; -Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish; -Podsho va vazirlar hakida o‘git-nasihatlar; -Axloq va odobga oid o‘git-nasihatlar; Yuqorida qayd etilgan pand-nasixatlar Soxibqironning o‘z tajribasida sinalgan, xayotga tatbiq etilgan juda katta ma’rifiy-tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida katta axamiyatga molik bo‘ldi. Muxammad Tarag‘ay – Ulug‘bek 1394 yiliing 22 martida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shaxrida (bobosi Soxibqiron Amir Temurning xarbiy yurishi paytida) tavallud topdi. U Shoxrux Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay deb ism berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan Ulug‘bek deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug‘bek bo‘lib qoladi va u jahonga shu nom bilan shuhrat tarqatadi. Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlari davriga to‘g‘ri keladi. Ulug‘bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug‘ullanib, sevimli nabirasiga o‘qish-yozishni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va rivoyatlar so‘zlab bergani uning hayotida o‘ziga xos maktab bo‘ldi. 1405-1411 yillarda, o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo‘lib tayinlangan. Otabegi Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o‘rgatgan. O‘rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblardan ma’lum bo‘lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib — qoidalar bayon qilingan qo‘llanmalar asosida tayyorlangan. Shulardan biri Shahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo‘lgan «Suluk ul-mulk» (Podshoxlarga kullanma) kitobidir. Ulug‘bek ham an’anaga ko‘ra mazkur kitobni mukammal o‘rganadi va unda ko‘rsatilgan davlatni idora qilish san’ati, turli lavozimlar egallash, boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayri ehson, sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydi. Ulug‘bek yoshligidanoq ko‘p kitoblarni mutolaa qilgan bo‘lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga juda qiziqadi. U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin Tusiy bilan ko‘p vaqtini o‘tkazar, undan hisob va tavqimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarida yulduzlarning o‘rni va harakatini kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Ulug‘bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy yordamida al- Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Nasriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom kitoblari bilan hamda Oqsaroy va o‘trorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishadi. Fanga bo‘lgan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug‘bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo‘ldi. 1411 yilda 17 yoshli Ulug‘bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida Ulug‘bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug‘bek hokim bo‘lgach, bobosidan farqli o‘laroq Download 182.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling