Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif
Hayvonsimon xivchinlilarning tabiat va odamlar hayotidagi ahamiyati
Download 1.46 Mb.
|
2 5375585160777435407
2.2. Hayvonsimon xivchinlilarning tabiat va odamlar hayotidagi ahamiyati
Teri leyshmaniyozi qo`zg`atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmanoizi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho`ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o`tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniyozi Markaziy Osiyo xalqlari o`rtasida yomon yara, sharq kuydirgisi yoki pashshaxo`rda nomi bilan ma’lum Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida tashuvchilarining tanasida – xivchinsiz hamda sun’iy usulda o`stirilganda xivchinli ko`rinishda yashaydi. Leyshmaniyalar haytining xivchinli davri leptomanad davri deb ataladi. Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma’lum bir vaqtda, oralab isitma chiqarish bilan davom etadigan og`ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Visseral leyshmaniozning qo`zg`atuvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko`mik endoteliy hujayralarisitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va ko`payadi. Leyshmaniyalar ko`payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 taga yetadi. Hujayra yemirilgandan keyin limfa bilan qonga o`tib, yangi hujayralarga kirib oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo`ladi. Visseral leyshmaniyoz qo`zg`atuvchisi leishmania donovanini Hindistonda 1900-1903-yilllarda ingliz olimlari Leyshman va Donovanlar shu kasallikdan o`lgan odamlarning talog`idan ajratib olib aniqlaganlar, shunga ko`ra kasallik ularning nomalari bilan yuritiladi. Ichki leyshmanioz qo`zg`atuvchilariga shuningdek, L. infantum, L. Mexicana, L. amazoninnsi va boshqa turlar ham kiradi. Leyshmanioz transmissiv kasallik bo`lib, uni qonso`rar mayda hasharotlar – phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. U yerda parazitlarning oldingi uchidan uzun xivchin o`sib chiqadi, ya’nisoda xivchinli ko`rinishga o`tadi. O`ziga leyshmaniozning qo`g`atuvchisini yuqtirib olgan hasharot sog`lom odam qonini so`rganida parazitni yuqtiradi. Visseral leyshmaniyozning asosan ikkita shakli mavjud: Hind kalaazari O`rta Yer dengizi visseral leyshmaniozi. Hind kala-azarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo`ladi. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susyaishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po`st qismidagi makrofaglarida ham mavjud. O`rta yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsimon bo`lib qoladi. Bemorning jigar va talog`i kattalashib, kamqonlik hamda leykopeniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskaptoparlar yuqtiradi. Jigar va talog`i shishib bemor halok bo`lishi mumkin. Professor N.I.Xodukin visseral leyshmaniozning endemic zanjiri it-fleobotomus-odam ekanligini aniqlagan. Har ikkala kasallikni aniqlash uchun to`sh suyagi ko`migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniyaar bor yoki yo`qligi aniqlanadi. Ko`p xivchinlilar turkumi vakili lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov Universitetining professori Lyambe aniqlagan. Lyambliya hayot siklida vegetative hamda sista ko`rinishda uchraydi. Vegetative shakli noksimon bo`lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha bo`ladi. Tanasining oldingi tomonida disk bo`lib, ichak epiteliysiga yopishish uchun xizmat qiladi. Tanasining o`rtasida ikkita tayanch ipi – aksostillar o`tadi aksostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetiyali qismlarga bo`lingan bo`lib, har qaysisida bittadan yadro bo`ladi. Aksostillarning oldingi qismida bir qancha bleforplastlar bo`lib, ular 3 juft xivchinlarni energiya bilan ta’minlaydi. To`rtinchi juft xivchinlar aksostillarning orqa qismida yotadi. Parazitning hazm organoidlari bo`lmaydi. Shuning uchun osmotic yo`l bilan oziqlanadi. Lyambliyalarning taraqqiyot yo`li oddiy bo`lib hayot davri parazitning vegetative va sistaga o`raglan shakllarning almashinib turishidan iborat. Vegetativshakllar odamlarning o`n ikki barmoqli ichagida yashaydi va ko`payadi. Tajriba yo`li bilan zararlangan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan. Ularning ba’zilari sistaga o`ralib tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz kasalligini yuqtiradigan manba bo`lib qoladi. XULOSA Bu kurs ishini tayyorlashdan maqsad havonsimon xivchinlilarning tabiatdagi va hayonlar hayotidagi ahamiyati, ularning faoliyati natijalarini tahlil qilishdan iborat bo`lib, bu orqali odamlarda va hayvonlarda parazitlik qilib uchraydigan hayvonsimon xivchinlilarning tarqalashi, ularning hayot sikli, ekologiyasi va keltiradigan zararini aniqlab, ularni tarqalishini oldini olish, ularni yuqtimaslik yo`llarini tpishdan iboratdir. Xivchinlilar tabiatda keng tarqalgan sodda hayvonlar bo`lib, ularning o`zlariga xos tuzilish xususiyatlari-tanalarida xivchini bo`lishi bilan xarakterlanadilar. Ularning hayot faoliyatlarini to`liq tadqiq etish orqali xivchinlilarning odamlar hayotidagi amaliy ahamiyatini yaxshilash mumikin. Bundan tashqari hayvonsimon xivchinlilar amaliy ahamiyatini aniqlash orqali ularning keltirayotgan zararlari ko`lamini aniqlashga imkon beradi. Misol uchun:O`rta yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsimon bo`lib qoladi. Bemorning jigar va talog`i kattalashib, kamqonlik hamda leykopeniya kuzatiladi. Bu bemor organizmining sog`lom hayot kechirishiga to`sqinliklar tug`diradi. Leyshmanioz transmissiv kasallik bo`lib, uni qonso`rar mayda hasharotlar – phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. U yerda parazitlarning oldingi uchidan uzun xivchin o`sib chiqadi, ya’ni soda xivchinli ko`rinishga o`tadi. Visseral leyshmaniozning qo`zg`atuvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko`mik endoteliy hujayralarisitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va ko`payadi. Hind kala-azarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo`ladi. Ayrim olimlarning fikriga ko`ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susyaishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po`st qismidagi makrofaglarida ham mavjud. Bundan tashqari lyambliyaning vegetativ shakllar odamlarning o`n ikki barmoqli ichagida yashaydi va ko`payadi. Tajriba yo`li bilan zararlangan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan. Ularning ba’zilari sistaga o`ralib tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz kasalligini yuqtiradigan manba bo`lib qoladi. Tripanasoma qon plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o`tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og`ir xastalikka chalinadi. Kasal kishi ko`p uxlaydi va juda ozib ketadi, davolash choralari ko`rilmasa bemorni halok qilishi mumkin. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling