Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi
Koloniyasi xilma-xil shaklda bo`lgan hayvonlardir. Gavdasining oldingi uchida yupqa protoplazmatik yoqacha bo`lib, u xivchinning tubini o`rab turadi. Xivchin harakatlanganda suvdagi bakteriya va ozik zarrachalari yoqacha ichiga tushadi. Ovqat hazm qilishi vakuollari ichida oziq hazm qilinadi. Vakil Codosiga botrytis (2.1-rasm)
2.1-rasm. Codosiga botrytis
Ildiz xivchinlililar (Rhizomastigina) turkumi
Bu turkum vakillari sarkodalilar hamda xivchinlilarning tuzilish xususiyatlarini o`zida mujassamlashtiradi. Tanasida 1-3 ta xivchin bilan birga yaxshi rivojlangan psevdopodiylari bo`ladi. Vakil Mastigamoeba aspera bo`lib uning kattaligi 100 mkm ga yaqin, botqoqliklarda uchraydi.
2.2-rasm Mastigamoeba aspera
Do'stlaringiz bilan baham: |