Fitomonadlar (Phytomonadina) turkumi. Bu turkumga mansub jonivorlarning bitta yirik yashil xromotofori va bir juft xivchini bo`ladi. Bizning ifloslangan ba’zi suv havzalarimizda bu turkumning vakili bo`lgan xlamidomanadalar urug`i vakillari uchraydi. Bular ayniqsa oqmaydigan ko`lmak suvlarda tеz ko`payib suvni yashil rangga kirib qolishiga sabab bo`lishadi. Xlamidomanada hujayrasida bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuoli, tanasining oldingi qismida qizg`ish rangli stigmasi bo`ladi. (1.6-rasm e,f)
Fitomonadlar avtotrof va gеtеrotrof xolda oziqlanishadi. Bular ichida yakka, kollona bo`lib yashaydiganlari ham bor. Koloniya bo`lib yashovchilarga volvokslar, evdorina, pandorina kabilarni ko`rsatish mumkin. Yakka yashovchilariga xlomidomanas stеni misol bo`ladi. Volvoks kollonasi ba’zi xollarda 50 000 hujayralarni birikishidan hosil bo`ladi. Bu hujayralarning ko`pchiligi somatik, ba'zilaridan jinsiy gamеtalar shakllanadi. Xlamidomanadalar ham jinsiy va jinssiz yo`l bilan ko`payadi.
1.6-rasm. O`simliksimon xivchinlilar
A-tun yog`dusi(nocticula miliaris); B-chuchuk suv seratsiumi(ceratium hiydinella);
C-Euglena viridis; D-Euglena oxyuris; E-xlamidomonada;
F-volvoks(volvox glabator)
Do'stlaringiz bilan baham: |