Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif
Xivchinlilar sinfi sistematikasi, o`simliksimon xivchinlilar kenja sinfiga umumiy tavsif
Download 1.46 Mb.
|
2 5375585160777435407
1.2. Xivchinlilar sinfi sistematikasi, o`simliksimon xivchinlilar kenja sinfiga umumiy tavsif
Oziqlanish usuliga ko`ra xivchinlilar sinfi vakillari ikkita kenja sinfga bo`lib o`rganiladi: 1. O`simliksimon xivchinlilar kenja sinfi (phytomastigina) 2. Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi (zoomastigina) O`simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) hujayrasida yashil rang beruvchi xromotoforalar bo`ladi. Hamma yashil xivchinlilar yashil o`simliklar singari yorug`lik ta’sirida karbonat angidrid, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar sintez qilish (fotosintez) xususiyatiga ega. O`simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko`ra bir hujayrali suv o`tlarini eslatadi. Ularning tanasi duksimon, sharsimon, silindrsimon va boshqa shakllarda bo`lishi mumkin. Tanasi tashqi tomondan klechatka yoki unga yaqin bo`lgan pellikula qobiq bilan qoplangan. O`simliksimon xivchinlilar tanasida xivchinlilar tanasida xivchlar soni 1-2 tadan bir necha yuztagacha, hatto mingtagacha bo`lishi mumkin. Odatda tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar soni juda ko`p bo`lganida ular tanasi yuzasida bir tekis joylashadi. Xivchinlarning uzunlkigi ham har xil bo`ladi, ba’zan uning uzunligi tana uzunligidan ham oshib ketadi. Xivchinlar suyuq muhitda o`xshab buralib kirishi natijasida oldingi tomoni bilan suzib ketadi. Ko`pchilik turlarida yorug`likni sezishga yordam beradigan qizil dog` ko`zchasi – stigma ham bo`ladi. Yashil xivchinlilar tanasidagi xlorofill saqlovchi xromatoforlarning tuzilishi o`simliklardagi xloroplastlarga o`xshash bo`ladi. Xromotoforlar plastinka yoki donga o`xshash bo`lib, ular har bir hujayrada 1-2 ta yoki juda ko`p bo`lishi mumkin. Yashil xivchinlilar ham o`simliklar singari nuhtidan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tuzlar, xususan, azot va fosforni o`zlashtirishi hisobiga organic moddalar sintez qiladi. Yorug`lik energiyasi hisobiga oziqlanishi avtotrof, ya’ni golofit deyiladi. Ayrim xivchinlilar qoroтg`u joyga tushib qolganda yoki muhitda ergan organik moddalar ko`p bo`lganida yashil rangini yo`qotib, saprofit oziqlanishga o`tishi mumkin. Ba’zi bior evglenasimonlar birdaniga ikki xil avtotrof (fotosintez) va geterotrof (saprofit) oziqlanish xususiyatiga ega. Bu xildagi aralash oziqlanish miksotrof deyiladi. Ayrim o`simliksimon xivchinlilar xlorofilini tamoman yo`qotib, organic moddaarga boy bo`lgan muhitda yashashga moslashgan. Yashil xivchinlilar fotosintez jarayonida kraxmal yoki unga o`xshaydigan karbonsuvlar (masalan, paramila) sintez qiladi. Ularning sitoplazmasida kraxmal va unga o`xshash bo`lgan paramila to`planadi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan xivchinlilarda osmoregulyatsiya va ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo`lmaydi. O`simliksimon xivchinlilar orasida bir qancha turlari koloniya bo`lib yashaydi. Koloniya bo`linishdan keyin hosil bo`lgan hujayralarning ajralib ketmasdan bir-biri bilan bog`langan holda saqlanib qolishi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvlarda yashovchi yashil plastinkachaga o`xshash gonium (gonium pectorale) koloniyasi uchraydi. Bu koloniya 16 ta ikki xivchinli yashil hujayralardan tuzilgan bo`lib, hujayralar rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali o`zaro tutashadi(1.3-rasm). Xivchinlarning eshkakka o`xshab bir me’yorda harakat qilishi natijasida gonium suzib yuradi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (eudorina elegans) koloniyasi esa ko`pincha 32 ta (ba’zan 8 yoki 16 ta) yashil hujayralardan iborat. Koloniyasi shar shaklida bo`ladi (1.4-rasm) Gonium va evdorina har bir hujayrasi mustaqil bo`linib ko`payadi, koloniyadagi hamma hujayralarning bir vaqtning o`zida ko`payishga kirishadi. Hujayralar 3 yoki 4 marta ketma-ket bo`linishdan keyin koloniya ichiga tushadi. Yangi hosil bo`lganyosh koloniyalar soni ona koloniyadagi hujayralar soniga teng bo`ladi. Keyinchalik ona koloniya yemiriladi va yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi. Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslarning sharsimon koloniysi juda murakkab tuzilgan. Masalan, volvox aureus koloniyasi 500-1000 hujayradan tashkil topgan, diametri 500-850 mkm, volvox globator esa 20 minggacha hujayradan iborat bo`lib, diametri 2 mm ga yetadi. Volvoklar koloniyasining asosiy qismini hujayralarning o`zi ajratib chiqaradigan quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig`iz po`stni hosil qiladi. 1.3-rasm. Gonium pectorale 1.4-rasm. Eudorina elegans Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan. Koloniya ichi quyuq massa bilan to`lib turadi. Koloniyani tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog` ko`zcha) va ikkita xivchin bo`ladi. Hujayrada sitoplazmatik ipchalar yordamida bir-biri bilan tutashgan. Volvoks xivchinlari birgalikda bir me’yorda tebranishi natijasida dumolayotgan sharga o`xshab suzib yuradi. Koloniya doimo muayyan bir tomonga olg`a suzadi. Koloniyaning bu tomidagi hujayralar ko`zchalari qarama-qarshi tomondagi ko`zchalarga nisbatan yiikroq bo`ladi. Volxoks koloniyasidagi juda ko`p hujayralar orasida faqat bir qism (4-10 ta) hujayralar bo`linish xususiyatiga ega. Bunday hujayralar koloniyaning pastki tomonida joylashgan bo`lib, ular vegetativ hujayralar deb ataladi. Vegetativ hujayralar ketma-ket bir necha marta bo`linib, yosh koloniyalarni hosil qiladi. Odatda koloniyada birdaniga bir necha yosh koloniyalar hosil bo`ladi(1.5-rasm). yosh koloniyalar o`sib yiriklashgan sari ona koloniya ichiga sig`may qoladi. Ona koloniya yorilib nobud bo`ladi, yosh koloniyalar esa mustaqil yashay boshlaydi. Qulay sharoit bo`lganda ona koloniyadan chiqmagan yosh kolonialar ichida ikkinchi tartibdagi yosh koloniyalar rivojlanishi mumkin. 1.5-rasm. Volvox glabator Kolonial xivchinlilarning hujayrasi har-xil kattalikdagi gamеtalar hosil qiladi. Masalan: 8-hujayrali stеfanosfеra (Stephanosphera) bir xil kattalikdagi gamеtalar hosil qilib izogam kopulyatsiya namoyon etsa, 16 hujayrali pandorina (Pandorina) gamеtalari biri ikkinchisiga nisbatan biroz yirik bo`ladi. Volvoks kolonoyasidagi minglab hujayralardan faqat 25-30 tasi bo`linmasdan tuxum, 5-10 tasi urug` hujayraga aylanadi. Hujayralarning bo`linmasdan yiriklanib, jinsiy hujayralarga aylanganlariga makrogamеtalar dеyiladi. Makrogomеtalar harakatsiz bo`lib tuxum hujayrasiga o`xshaydi. Mikrogamеtalar esa har bir hujayraning yanada maydalanib yoki hujayralar hosil qilish (polintomik) hisobiga hosil bo`ladi. Mikrogomеta harakatchan urug` hujayra vazifasini bajaradi. O`simliksimon xivchinlilar kеnja sinfi bir nеcha turkumga bo`linadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling