Xivchinlilar (mastigophora) sinfiga umumiy tavsif


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 1.46 Mb.
bet2/14
Sana08.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#248026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5375585160777435407

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………… 33

KIRISH

Xivchinlilar hayvonlar bilan o`simliklar dunyosini bog`lab turuvchi zveno hisoblanadi. Bu sinf doirasida morfologik jihatdan o`zaro yaqin bo`lgan ayrim turlar ham moddalar alamashinuvining turli guruhlariga mansub bo`lishi mumkin. Xivchinlilar har xil muhitda hayot kechirishga moslashgan 8 mingga yaqin turlarni o`z ichiga oladi. Ko`pchilik turlari dengizlarda yashaydi va plankton organizmlar hisoblanib, planktonning asosiy qismini tashkil etadi.

Chuchuk suv havzalarida ham xivchinlilar keng tarqalgan. Suv havzalarida xivchinlilarning turlari va ularning massasi suvning organik chiqindilar bilan ifloslanishiga bog`liq.

Xivchinlilar orasida ko`p turlari har xil hayvonlar va odamlarning ichagi, qoni, terisi va jinsiy bezlari yo`lida parazitlik qiladi (hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi vakillari zoomastigina).

Xivchinlilarga tabiatda juda keng tarqalgan va xilma-xil tuzilgan bir hujayrali hayvonlar kiradi. Barcha xivchinlilar sinfi vakillarining harakatlanish organoidlari bitta yoki bir nechta xivchinlari hisoblanadi. Xivchinlar sitoplazmadan hosil bo`lgan qilga o`xshash ingichka o`simtalar hisoblanib, ularning to`lqinsimon tabranishi natijasida xivchinlilar harakatlanish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Xivchinlilar sitoplazmasi birmuncha quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazmaga ajraladi. Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq bo`lib, elastic qobiq – pellikulani hosil qilish xususiyatiga ega. Shu qobiq orqali ko`pchilik xivchinlilarning tanasi doimiy shaklga ega bo`ladi va sarkomastigaforalar tipining yana bir sinfi bo`lgan sarkodalilar sinfidan qattiq qobiqqa ega bo`lishi, doimiy shaklga ega bo`lishi bilan farqlanadi. Shu bilan birga ayrim xivchinlilarning tanasida qattiq qobiq bo`lmay, sarkodalilarga xos bo`lgan psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga egalar. Lekin sarkodalilar hayot siklining ayrim davrlarida xivchinli gametalar hosil qiladi. Xivchinlilar va sarkodalilarning bu o`xshashliklari ikkala sinfni bitta sarkomastigoforalar tipiga birlashtirish uchun asos qilib olingan.

Xivchinlilarning tuzilishi elektron mikroskop ostida tekshirilganda ular ikki qismdan iborat ekanligi aniqlandi. Xivchinni locomotor (harakatlanish) funksiyasini bajaruvchi uzun qismi tana sirtida joylashgan. Uning kalta bazal tanachasi ektodermada joylashgan bo`lib, kinestoma (harakatlantiruvchi tana) deyiladi.



Tashqi tomondan xivchin uch qavat membrana bilan o`raglan. Bu membranalar hujayra membranalari bilan bog`langan bo`lib ularning davomi hisoblanadi. Xivchinning membranasi ostida 9 ta fibrillalar (tolalar) halqa hosil qilib joylashgan. Har bir fibrillalar o`zaro yopishgan ikkita naychadan iborat. Ular periferik fibrillalar deyiladi. Xivchinning markazi bo`ylab yana ikkita fibrilla o`tadi. Markaziy fibrillalar ektoplazma sirtidagi aksial donachalar boshlanadi. Markaziy fibrillary tayanch, periferik fibrillary esa locomotor harakatlanish funksiyasini bajaradi.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling