Xix asr boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga va islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’ladi


Download 133 Kb.
bet1/12
Sana23.12.2022
Hajmi133 Kb.
#1044201
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jadidchilar harakatida ta\'lim tarbiya

Reja:
Kirish…………………………………………………………………………… 3


1. BOB. Sharq xalqlari maktab va maorifida «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «Usuli savjiya» haqida …………………………………………………… 5
1.1. Jadidchilar harakatining namoyondalari maktab, maorif sohasida targ’ibot-tashviqot ishlarini……………………………………………………… 5
1.2. Mahmudxo’ja Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi hamda uning muammolari to’g’risida boy publitsistik merosi………………………………… 10
1.3. Toshkent shahrida «Turk o’chog’i» ilmiy-madaniy jamiyati va ma’naviy islohotlar………………………………………………………………………… 16
2. BOB. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli……… 22
2.1. A. Avloniy o’tmish mutaffakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunarni egallash………………………………………………………………………… 22
2.2. «Turkiy guliston yoxud axloq» ning birinchi sahifasi………………… 28
2.3.Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi milliy kadrlar tayyorlash tashabbuskori………………………………………………………… 34
Xulosa ……………………………………………………………………… 37
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………… 39
KIRISH
XIX asr boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga va islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’ladi. Ana shu islohot tarafdorlarini jadidlar, yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar.
O’sha davrdan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, diniy fanatizm ruhidagi kishilarni qadimiylar deya boshladilar.
XIX asr boshida Abu Nasr Al Kursaviy boshchiligida ilg’or ma’rifatparvar mudarislar Buxorodagi 200 dan ortiq madrasani isloh qilish g’oyasini ko’tarib chiqdilar. Qadimiylar ularni kofirlar, xudosizlar deb aybladilar.
XIX asrning 50-60 yillarida diniy islohotchilik harakati kengaya boshladi. Bu harakat boshiga mudaris va tarixchi Marjoniy, domla Fozil G’ijdivoniy, Mo’minjon Vobkandiy, Xudoyberdi Boysuniy kabilar turdilar. Bu harakat vakillari madrasa va maktablar dasutridan olib tashlash g’oyasini ko’tarib chiqdilar. Jumladan Rahimjon Marjoniy o’z dasturida quyidagi olti talabni kiritdi.
1. Qur’ondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Kishilarning bir-biriga ko’r-ko’rona ergashishi man qilinsin.
3. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va irq kabi foydasiz darslar olib tashlansin.
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari, islom tarixi kabi darslar o’tilsin.
5. Arifmetika, tarix, jug’rofiya, tabobat, handasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’qitishga qarshilik ko’rsatilmasin.
6. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhisalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilsin.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida kelib Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko’p shahar va qishloqlarida jadidchilik harakati avj ola boshladi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayotini qayta qurishga qaratilgan. Shu nuqtai nazarda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi.
1905 yil Rossiyada, 1907 yil Eronda, 1908 yil Turkiyada bo’lgan burjua to’ntarishlar Markaziy Osiyoda jadidchilik harakatining shakllanishi va o’sishida o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Jadidchilik jamiyatni to’ntarish yo’li bilan emas, islohotlar yo’li bilan rivojlantirishni asosiy vazifasi deb belgiladi. Jadidchilar barcha qatlamlarning tinch-totuv yashashi va ishlashi g’oyasini ko’tarib chiqdilar.
Jadidlar 1906 yildan e’tiboran «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat» singari gazetalar chiqarib o’z g’oya va qarashlarini targ’ib qila boshladilar.
Jadidlarning harakat dasturida quyidagi masalalar o’z ifodasini topgan.
1. Diniy taasuf va fanatizmga qarshi kurash.
2. Ona tilida o’qitiladigan Evropa usulidagi yangi maktablar tashkil etish.
3. Yangi o’zbek adabiy tilini ishlab chiqish, adabiyot va teatr yaratish.
4. Xotin-qizlarni jadid maktablariga jalb etish, paranjidan chiqarish.
5. Mahalliy amaldorlarni chor hukumdorlari tomonidan siquvga olinishiga qarshi kurash kabilar. Jadidchilik dastlab Qrimda paydo bo’ldi. Uning asoschisi turkiy qavmdan bo’lgan I. G’aspiralidir.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling