Xix asr boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga va islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’ladi
«Turkiy guliston yoxud axloq» ning birinchi sahifasi
Download 133 Kb.
|
Jadidchilar harakatida ta\'lim tarbiya
2.2. «Turkiy guliston yoxud axloq» ning birinchi sahifasi
G’iybatchi va chaqimchi kishilarni Avloniy buzoqboshiga o’xshatadi. Buzoqboshi daraxt ildizini kemirib quritgani kabi chaqimchi va g’iybatchilar ham kishilar o’rtasida mehr-muhabbat daraxtini emiradilar. Donishmandlardan biri aytganidek, «Mol va ashyo o’g’rilaridan ko’ra odamlar orasida do’stlik, ulfat, muhabbatni o’g’irdaydurgan odamlardan saqlanmoq lozimdir». Avloniy g’iybatchilik va uning oqibatini shunday tahlil etadi: «Inson boshqa gunohlarini nafsining lazzati uchun qiladur. Ammo g’iybat sohibi lazzat o’rniga o’z boshiga yoki boshqa bir kishining boshiga bir balo hozirlaydur. Chunki, so’z borib g’iybat qilinmish kishining qulog’iga etar. G’azab qoni harakatga kirar. G’iybatchidan o’ch olmoq fursatini poylar. Shunday qilub, g’iybat soyasida ikki musulmon orasiga zo’r dushmanlik tushar. Oxir o’limgacha borur. Shu tariqa g’iybatdan tug’ilgan adovat cho’zulmoqga oid bo’lub, dushmanlik zo’r ayub, o’z oralaridagi xususiy janjallari ila aziz umrlarini uzdirib, umumiy xalq foydasi uchun ishlanadurgan milliy ishlardan mahrum bo’lmaklari ila barobar aholining orasidan ittifoqning yo’qoluviga sabab bo’lurlar». G’iybatni so’ylamoq xarom bo’lgani kabi eshitmoq ham haromdir. Rasuli Akrom nabiyi muhtaram sallollohu aylayhi vassallam afandimiz: «G’iybatdan saqlaningiz, g’iybat zindondan ham yomonroqdur»,-demishlar. O’sha kitobida Avloniy har bir kishi o’z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo’lsa, o’z shogirdlarining ko’ngliga ma’rifat ishqini solishi, xalq o’rtasiga ma’rifat tarqatishi zarurligini ta’kidlaydi. «Hozirgi zamonda maqsadga etmak, o’z millatiga xizmat qilmoq, xalqqa maqbul bo’lmoq uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari ilm boyliklari ila o’lchanadur. ...Mol topmoqning eng barakatli yo’llari: hunarmandchilik, ziroatchilik, chorvachilik, savdogarchilikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur. Amerikoliklar bir dona bug’doy ekub, yigirma qadoq bug’doy olurlar. Evropaliklar o’zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keltirub, o’zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Ammo biz Turkistonliklar, dumda sotib, chandir chaynaymiz. Qaymoq berub, sut oshiymiz, non o’rniga kesak tishlaymiz»,-der Avloniy. Hozirgi zamonga muvofiq kishi bo’lmoq uchun ilm va ma’rifatni egallashimiz kerak degan shiorni o’rtaga tashlaydi. Abdulla Avloniy 1917 yil to’ntarilishidan keyin 1918 yildan boshlab respublikamizda o’qituvchilar uyushmasi, qorovullar, to’nkachilar, konchilar, hunarmandlar va bosmaxona xodimlarining kasaba uyushmalarini tashkil qilib, ularga rahbarlik qiladi. Sobiq eski shahar ishchi-dehqon Sovet Ijroiya Komitetiga rais qilib saylandi. U 1919 yilda Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti a’zoligiga saylandi. Abdulla Avloniy Turkiston Respbulikasi Milliy Komissariyatining ma’sul xodimi sifatida milliy urf-odatlar va yangicha madaniy normalar hamda qonunlarga doir masalalar bilan shug’ullanadi. 1919-1920 yillarda Abdulla Avloniy11 Afg’onistonning Hirot shahrida Sovet elchixonasida bosh konsul bo’lib ishladi. Xalqimiz o’rtasida birodarlikni mustahkamlash sohasidagi olib borilgan ishlari uchun Afg’oniston shohi Ommonullaxon tomonidan kumush soat bilan taqdirlandi. Bular Abdulla Avloniyning tariximizdagi o’ziga xos o’rni borligini ko’rsatadi. 20-yillarda Avloniy turli ijtimoiy vazifalar bilan birga muallimlik kasbini ham davom ettirdi. Savodsizlikni tugatishda faol qatnashdi. A. Avloniy 1920 yildan boshlab Toshkentda tashkil qilingan «O’lka bilim yurti» da, so’ngra «O’zbek xotin-qizlar bilim yurti» da mudirlik qildi. U «Xalq maorifi instituti» da, Turkfront harbiy maktabida (harbiy bilim yurti) o’qituvchi bo’lib ishladi. 1924-1929 yillarda O’rta Osiyo Davlat universitetida (SAGU) va boshqa oliy o’quv yurtlarida o’qituvchilik qilish bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. A. Avloniy bu oliy o’quv yurtlarida dealektik va tarixiy materializmdan birinchi marta o’zbek tilida dars bergan edi. A. Avloniy yangi adabiyot dasturi asosida 1933 yilda o’zbek maktablarining VII sinflari uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzdi.A.Avloniyning mehnati yuksak taqdirlanib, unga o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda, uzoq yillik halol mehnati uchun 1925 yilda «Mehnat qahramoni» unvoni, 1930 yilda mehnatsevarligi, ilmiy ishlari va asarlari uchun «Qizil professor» va «O’zbekiston maorifi zarbdori» unvonlari berildi. A. Avloniy 1934 yilning 25 avgustida Toshkentda vafot etdi. A. Avloniyning pedagogik qarashlari hozirgi kunda ham yangi insonni kamol toptirish yo’lida, kishilarni chinakam tuyg’ular, umuminsoniy ezgu-g’oyalar ruhida, vijdoniylik ruhida tarbiyalash borasida qimmatli tarixiy material sifatida e’tiborni o’ziga jalb qiladi. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling