Xix asr oxiri -XX asr boshlarida usmonli turk imperiyasida yosh turklar harakati


Download 1.53 Mb.
bet9/16
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1744637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Isomov Hasan ishi Yosh turklar

II bob bo‘yicha xulosa
XX asr boshlarida xalqaro maydonda bir necha inqiloblar bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Ulardan biri yuqorida aytganimizdek 1905-1907-yillarda Rossiya imperiyasida sodir bo‘lgan inqilobdir. Yana biri 1905-1911-yillardaga Eron inqilobi. Bu inqiloblarda ham asosiy masala mamlakatda konstitutsiya o‘rnatish va demokratik erkinliklar berish talab qilingan edi. Turkiyadagi 1908-yilgi inqilob ham shu jihatdan Eron va Rossiya inqiloblariga yaqin turadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Yosh turklar tomonidan amalga oshirilgan inqilob o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmadi. Buni yetilishi uchun, albatta, ichki va tashqi omillar sabab bo‘lgan. Bu inqilobning bo‘lishini tarixiy sharoit taqazo etgan. Ammo, Yosh turklarning to‘la hokimiyatga kelishi biroz keyinroq sodir bo‘lgan bo‘lsa-da 1908-yilgi konstitutsiyani tiklash borasidagi urinish muvaffaqqiyatli amalga oshirildi deyish mumkin.
Abdulhamidxon va Yosh turklar davri Usmonli turk tarixida muhim ahamiyatga ega. Bu davr yaqin kelajakdagi Usmonli turk tarixidagi eng munozarali davrlardan biridir. Bu davr haqida ikki xil fikr yuritiladi. Ulardan biriga ko‘ra, Abdulhamid ma’muriyati zolim va rivojlanish uchun yopiq, Yosh turklar esa bu zulmkor tartibga haqli ravishda qarshi bo‘lib, davlatni qulashdan qutqarish uchun kurashmoqda va to‘g‘ri yo‘lda yurishmoqda. Boshqa tarafdan, Abdulhamidxon ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyati bilan o‘z mamlakatini inqirozdan saqlab turibdi. Bundan tashqari, u ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi islohotlari orqali tinchlik va farovonlikni ta’minlashga harakat qildi, Yosh turklar esa Yevropaning vositasi sifatida Usmonli turk jamiyatining tuzilishini buzadigan va tezlashtiradigan jamiyat deb qaralgan.
Ularning konstitutsiyaviy boshqaruvga bo‘lgan intilishlari demokratik ehtiyojga emas, balki sultonga bo‘lgan nafratiga asoslangan edi. Shuning uchun harakatning yetakchi kadrlari saroyga mansub odamlar yoki ularga yaqin kishilar edi.
III BOB. YOSH TURKLARNING USMONLI TURK IMPERIYASIDA AMALGA OSHIRGAN ISLOHOTLARI VA ULARNING G‘OYALARI

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling