Xix asr oxiri -XX asr boshlarida usmonli turk imperiyasida yosh turklar harakati


Download 1.53 Mb.
bet2/16
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1744637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Isomov Hasan ishi Yosh turklar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..80
ILOVALAR………………………………………………………………………85


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon1. Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish2 Prezindentimiz tomonidan vazifa qilib belgilandi. Albatta yuksak kadrlarni tayyorlashda tarix fanining o‘rni muhimdir.
“Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur”. Boshqa mamlakatlar tarixini o‘rganish esa mamlakatlar orasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin uning mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan davlat bu Turkiya Respublikasi hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyevning Turkiya respublikasiga tashriflari o‘zbek va turk munosabati yangi bosqichga ko‘tardi. 2020-yil 19-20-fevralda Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi amalga oshirilgan tashriflarning uchinchisi edi3. Shavkat Mirziyoyevning bu tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqaraning Esobag‘u aeroportidan Turkiya davlati asoschisi, davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk dafn etilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga borib, Otaturk maqabrasiga gulchambar qo‘ydi4. Turkiya bilan yurtimiz aloqasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Bundan tashqari Davlatimizning tashqi siyosati 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustivor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqdaki, unda mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish, an’anaviy hamkorlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy-siyosiy diplomatiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilangan. Qardosh mamlakat tarixini o‘rganish albatta ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shubhasiz. Shunga ko‘ra Usmonli turk davlatida XIX asr oxiri –XX asr boshida Yosh turklar harakatini o‘rganish ahamiyatlidir.
Ma’lumki Usmonlilar imperiyasi XIII asrdan beri hukmronlik qilib kelayotgan edi. Ushbu imperiya uch qit’ada mustamlakarga ega bo‘lgan bo‘lib, rivojlangan mamlakatlar orasida o‘z so‘ziga ega davlat edi. Ammo XIX asr oxiriga kelganda Turkiya o‘zining oldingi qudratini ancha yo‘qotdi. Yevropa davlatlari Usmonlilar imperiyasining ishlariga aralasha boshladi. Turkiya Afrika, Osiyo, Yevropadagi mustamlakalaridan birin-ketin ayrila boshladi. Bundan tashqari mamlakatdagi ichki vaziyat ham notinch bo‘lib sulton hokimiyatiga qarshi kuchlar paydo bo‘la boshladi. Ular Yangi usmonlilar yoki keyinchalik Yosh turklar nomi bilan faoliyat yuritardi. Yosh turklar chet elda ta’lim olim kelgan harbiy-tibbiy bilim yurti kursantlar edi. Ularning maqsadi sulton hokimiyatini ag‘darish mamlakatni Yevropa namunasida modernizatsiya qilish edi. Bu harakatning vujudga kelishining o‘ziga xos shart sharoitlar bo‘lgan. Ya’ni bu o‘z o‘zidan vujudga kelib qolmagan. Yosh turklar harakatining vujudga kelishi sabablari va ularning hokimiyatni egallash yo‘lida qilgan urinishlarini o‘rganish mavzumizning dolzarb masalalaridan biridir. Albatta, Yosh turklar harakati Turkiya tarixida muhim o‘rin tutadi. Ayni shu Yosh turklar harakati tufayli 600 yildan oshiqroq hukmronlik qilgan Usmoniylar imperiyasining ildiziga bolta urildi. Turkiya jahon urushida mag‘lublar qatorida bo‘ldi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling