Xix asr oxiri -XX asr boshlarida usmonli turk imperiyasida yosh turklar harakati


Dissertatsiya mavzusining obyekti va predmeti


Download 1.53 Mb.
bet3/16
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1744637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Isomov Hasan ishi Yosh turklar

Dissertatsiya mavzusining obyekti va predmeti. Mavzuning obyekti sifatida XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Usmonli turk imperiyasida Yosh turklar harakati olindi. Tadqiqot predmeti sifatida “Yosh turklar”, “Yangi usmonlilar”ning vujudga kelish shart-sharoitlari, XIX asr oxiridagi siyosiy jarayonlarning keskinlashuvi, Sulton hokimiyati va demokratik boshqaruv asosida mamlakatni qayta qurmoqchi bo‘lgan kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar olindi. Bundan tashqari “Yosh turklar” tomonidan mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida amalga oshirgan islohotlari, ularning Usmonli turk konstitutsiyasining tiklashdagi harakati ishning predmetini tashkil qiladi.
Dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari. Mavzuning maqsadi Usmonli turk imperiyasidagi Yosh turklar harakatining vujudga kelish sabablari va uning nafaqat o‘sha davr imperiya siyosatiga, balki bugungi Turkiya Respublikasiga ham ta’sirini ilmiy jihatdan tahlil qilish, o‘rganish va yoritishdan iborat. Albatta, o‘tmish kelajakni belgilab beradi.Mavzuni o‘rganish asnosida quyudagi ishlar vazifa qilib olindi:
­­­­­­­­­­— XIX asr -oxiri XX asr boshida Usmonli turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvolni o‘rganish;
— Yosh turklarni harakatga kelish uchun yetilgan shart-sharoitlar;
— XIX asr oxiri ­­-XX asr boshlarida xalqaro maydonda sodir bo‘lgan inqilobiy porlashlar va ularning Usmonli turk imperiyasiga ta’sirini yoritish;
— ”Ittifoq va Taraqqiyot” jamiyatini faoliyati o‘rganib chiqish;
— Yosh turklarning hokimiyatga kelishi va ular tomonidan qanday islohotlar amalga oshirilganligini yoritib berish;
Yosh turklar aslida kim, ularning maqsad, g‘oyalarini bayon qilish;
—O‘rganilayotgan mavzu doirasida tadqiqot materiallari, maqolalar va manbalarni tadqiq etish;
— Bu islohotlar turk xalqiga nima berganligini asoslashdir.
Dissertatsiyasining ilmiy yangiligi. Mavzuning ilmiy yangiligi shundaki XIX asr oxiri–XX asr boshidagi Usmonli turk imperiyasidagi siyosiy jarayonlar, xalqning ahvoli, Yosh turklarning mamlakatni modernizatsiya qilishdagi sa’y harakatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida ilmiy yangilik sifatida quyudagi natijalarga erishildi.
–Yosh turklarning kelib chiqishi ular g‘oyalarining asosi qayerdan kelib chiqqanligi o‘rganildi;
–Yosh turklar harakatiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganildi;
–XX asrda xalqaro maydonda sodir bo‘lgan inqiloblar bilan Yosh turklar inqilobi o‘rtasidagi o‘xshashlik tahlil qilindi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling