Xix asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda an`anaviy hunarmandchilik
Download 189 Kb.
|
Islomov J maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo`jand Ustaxonalar Soni
- Samarqand Ustaxonalar Soni
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ushbu ma`lumotlar “ Справочная книжка Самаркандской области на 1893 год. Самарканд 1893 ” kitobidan olingan. Jadvalda ko`rinib turibdiki o`lkada rus sanoati mahsulotlarining borligiga qaramasdan hali mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan tovarlarga ehtiyoj sezilib turgan. Lekin vaqt o`tishi bilan temir yo`llar qurilishi va boshqa omillar ta`sirida asta sekin bu ehtiyoj yo`qolib boradi. Kaspiy orti temir yo`li qurilgach, Samarand viloyati va uyezdiga rus sarmoyadorlarining kirib kelishi faollashdi va shaharda sanoat korxonalari ko`paydi. Bu korxonalar asosan xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan bo`lib, ular choy qadoqlash, paxta tozalash, yog` - moy, ko`nchilik, vinochilik korxonalaridan iborat edi. Shahar aholisining ichki ehtiyojlarini qondirishda mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari muhim o`rin tutsa-da, o`lkada zavod – fabrika mahsulotlarini ko`payib borishi bilan mahalliy kosibchilik ustaxonalari kamaya boshlaydi. Agar 1888-yilda shaharda 1300dan ortiq turli ustaxonalardan tashqari 1969ta mayda hunarmandchilik ishlab chiqarish korxonasifaoliyat ko`rsatdi(История Самарканда 1969 С.309). 1907-yilga kelib ularning soni963taga tushib qoldi. Ustaxonalarning ma`lum qismi birlashib yiriklashgan bo`lsa, ma`lum qismi zavod – fabrika mahsulotlari bilan raqobat qila olmay yopiladi. Hunarmandchilikning ayrim turlari, masalan igna tayyorlash umuman tugatilb, o`rniga yangi hunarlar, masalan choy qadoqlash hunari yuzaga keladi. Bu davrda Samarqand o`lkada choy savdisi bo`yicha asosiy o`rinda turar edi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, o`lkadagi hunarmanchilikning bir necha asrlar osha shakllanib kelgan an`analari asta – sekin inqirozga yuz tutdi. Ba`zilari hattoki butunlay yo`qolib, o`rniga yangilari shakllandi. Ammo mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari aholining ichki bozordagi xaridi uchun asosiy tovar bo`lib kelgan.
O`zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob. “Sharq” nashiryoti matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent – 2000 yil Samarqand tarixi. Toshkent 1971 Справочная книжка Самаркандской области на 1893 год. Самарканд 1893 История Самарканда 1969 “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o'rni.” Samarqand sharining 2750 yillik yubileyiga bag`ishlangan ilmiy simpozium materillari. Toshkent – Samarqanad O`zbekiston Respublikasi Fanalar akademiyasi “Fan” nashiryoti 2007 Download 189 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling