Xix asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja
Download 281.7 Kb. Pdf ko'rish
|
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja: 1. O„zbek adabiy tanqidi tarixini davrlashtirish masalasi. 2. Adabiy tanqidning shakllanishida matbuotning o„rni. 3. Yangi o„zbek tanqidchiligining mustaqil odimlari. 4. Tanqidchilikda janriy izlanishlar . Tanqid- so‟zi arabcha bo‟lib, baholash, o‟lchash, saralash degan ma‟nolarni bildiradi. Shundan ko‟rinib turibdiki, bu fanning paydo bo‟lishi ham mumtoz davr bilan bog‟liq. Garchi tanqid so‟zi XIX asr oxilari XX asr boshlarida qo‟llanilgan bo‟lsa-da, alohida soha sifatida qadimdan ko‟zga tashlanib kelingan. Mumtoz adabiyotda u ikki shaklda: birinchisi adabiy-nazariy masalalarga bag‟ishlangan alahida asarlarda, ikkinchisi badiiy asarlar tarkibida qo‟llanilib kelingan. Har ikkala jarayon ham davr adabiy tanqidchiligi va adabiyotshunosligi taraqqiyoti uchun xizmat qilgan. Yangi estetik tushunchalarni ustuvor etib, kitobxonda chinakam insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi tanqid O„zbekistonda XX asr boshlarida yuzaga kela boshladi. Albatta, uning yuzaga kelishida mumtoz adabiyotshunosligi, jahon ilmiy- estetik tafakkuri mustahkam zamin bo„lganini hamisha nazarda tutish lozim. O„zbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tug„ilib, shakllanib, kamolot bosqichiga ko„tarilish yo„lida kechgan qiyinchilik va ziddiyatlar mohiyatini anglash uchun tarix sahifalarini birma-bir varaqlab ko„zdan kechirish, erishilgan ilmiy-estetik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o„tkazish, adabiy-badiiy ilmiy- estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini haqqoniy yoritish zarur. O„zbek tanqidchiligi ildizlari uzoq o„tmishdan boshlangan bo„lib, ularning fazilatlarini o„zlashtirish, nuqsonlarini haqqoniy tahlildan o„tkazib, ularga barham berishda, adabiy tanqidning yozuvchilar va o„quvchilar ommasiga tasiri doirasini kengaytirish zarur. "Biz bugun yangi asrga qadam qo„ydik. Xo„sh, yangi asrga o„zbek adabiyotshunosligi qanday yo„llanma bilan kiradi? U o„zining qaysi jihatlaridan voz kechadi va hatto qaysi gunohlaridan tavba qilib, qaysi fazilatlari bilan yangi davrga yuz tutadi?... ...Lekin shunga qaramay, butun umidsizlikni yig„ishtirmoq kerak va ahillik bilan ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol ko„maklashmoq kerak" 1 . Mazkur so„zlarni adabiy tanqidga nisbatan bemalol qo„llash mumkin, chunki adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qilishi hammaga ayon. Zero, har qanday ijtimoiy, hatto iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib o„rganilmasa, maqsadga olib boradigan to„g„ri yo„lni topish qiyin. Shunga ko„ra, adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda ro„y bergan katta voqealar, tub burilishlarga asoslanib davrlashtiriladi, bazan soddagina qilib, "20-yillar adabiyoti", "60-yillar adabiyoti" tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki, davrlashtirish tamoyillari hali qat‟iy belgilangan emas. Ammo shunisi ayonki, ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning o„ziga xos mazmuni, mundarijasi markazida turadi. 1 Шарафиддинов О. Адабиёт мангу яшайди // Жаҳон адабиёти. 1998, № 1. Б. 4. Adabiyot rivoji tanqid rivoji bilan chambarchas bog„liqdir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi go„zallikni ifoda etadi, ular buni turlicha shaklda ifoda etadilar, V.G.Belinskiy bu haqda shunday yozadi: "San‟atkor va adabiyotchi o„zining san‟at va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o„zi bilan ifoda etadilar: tanqidchi esa san‟at va adabiyot haqidagi tushunchasini fikr vositasi bilan ongli ravishda ifoda etadi. Bu holda san‟at va adabiyot tanqid bilan qo„lga-qo„l berishib boradilar va bir-birlariga o„zaro ta‟sir etadilar" 2 . Buyuk munaqqid qayta-qayta ta‟kidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi o„rganilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va to„liq manzarasi yaratilishi mumkin emasligidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib qo„yadi. Shu mantiqdan kelib chiqilgani tufayli "O„zbek sovet adabiy tanqidi tarixi" (1987) ikki jildligi mualliflari o„zbek adabiy tanqidi bosib o„tgan yo„lni o„sha davr mafkurasi asosida davrlarga bo„lib tahlil etadilar: 1. O„zbek sovet adabiy tanqidining vujudga kelishi va ilk qadamlari (1917-1932)". 2. O„zbek sovet adabiy tanqidi sotsialistik realizm estetikasi bilan qurollanish yo„lida (1932-1941). 3. Ulug„ Vatan urushi davri o„zbek adabiy tanqidi tarixi (1941-1945). 4.Ulug„ Vatan urushidan keyingi davr o„zbek adabiy tanqidchiligi (1945-1956). 5. Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi (1956-1961). 6. Adabiy tanqidning tez va keng rivojlanish yo„liga kirishi(1962- 1972). 7. O„zbek adabiy tanqidi yangi bosqichda (1972-1980) 3 . O„z-o„zidan ko„rinayotirk, bunday davrlashtirishda suniylik ustuvor bo„lib, o„zbek adabiy tanqidining chinakam ilmiy tarixini -rivojlanish yo„lidagi haqiqiy manzara aks ettirilmagan. Unda adabiy tanqidda kechgan jarayonlar sho„ro mafkurasini moslashtirib talqin etilgan. Chunonchi, o„zbek adabiy tanqidchiligining sotsialistik realizm bilan qurollanishi aslida uning mafkuraviylashtirilishidan iborat bo„lib, partiyaning 1925 yil 18 iyunda qabul qilgan "Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to„g„risida"gi qaroridan o„z sarchashmasini olgan va to jamiyatda shaxsga sig„inish oqibatlarining fosh etilishigacha shiddat bilan davom etgan jarayondir. Demakki, ikkinchi jahon urushi va undan keyingi 60-yillar arafasigacha bo„lgan davrni qamrab oluvchi uch davr esa aslida o„zbek adabiy tanqidchiligining shiddat bilan rivojlanishi adabiy-tanqidiy tafakkurning parvozi, hayotiyligi, yangidan-yangi shakllarni zabt eta borishi va tom ma‟nodagi realizm uchun kurash yillari bo„ldi. Albatta, bu jarayon ham sho„ro va partiyaviy mafkuraga to„yingan holda kechgan 2 Белинский В. Танланган асарлар. Б. 244. 3 Ўзбек совет адабий танқид тарихи. Т. 1987. Б.31. esa-da, shaxsga sig„inish oqibatlarining tugatila borilishi tufayli har qalay adabiy tanqidda hur fikrning uyg„onayotganligiga omuxta holda voqelikka aylana boshladi. Adabiy tanqid stalincha qatag„on qurbonlari ijodini qayta baholashga kirishdi, ijodkorning badiiy mahorati va adabiy jarayon xususiyatlarining estetik tahlilida dadillik ko„rsatdi. Ayniqsa, tarixiy asarlarda o„zlikni anglash va erk tuyg„ularining jamiyatni uyg„otuvchi mohiyatini idrok etishga urindi. Qolaversa, adabiy jarayonda yuz berayotgan xilma-xil izlanishlar - ijodiy metod va janrlar rang-barangligi hodisalari mohiyatini, qiynala-qiynala bo„lsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini berishga, umumlashtirishga hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishga harakat qildi, qisman ma‟lum natijalarga erishdi. Adabiyotshunos N.Xudoyberganov va A.Rasulovlar masala mohiyatini shu nuqtai nazardan fahmlab, o„zbek tanqidi tarixini ikki davrga bo„lib o„rganishni tavsiya etadilar: 1-davr: 1917-1955 yillarni o„z ichiga oluvchi bu bosqichda munosib o„zbek tanqidchiligining tug„ilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir bo„ladi. 2-davr: 1956 yildan to shu kunlargacha kechgan va kechayotgan vaqtni qamrab oladi. Bu davrda o„zbek tanqidchiligi fan va sanat uyg„unligida tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlanib, ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini boshdan kechirayotir 4 . Tabiiyki, N.Xudoyberganov taklif etgan o„zbek adabiy tanqidi tarixini ikki davrga bo„lib o„rganish nihoyatda shartlidir. Chunki adabiy tanqid so„z san‟ati singari dunyoga kelib, rivojlanish jarayonida to„siqlarga duch keldi. Ba‟zan ko„tarilish, ba‟zan esa pastga tushish hollariga uchradi. Unda nimalardir ilgarilab bordi, nimalardir orqaga ketdi. Goh salbiy, goh ijobiy tomonga o„zgardi. Shu sababli butun jarayonni bir xilda zamon tarozisida o„lchash qiyin. Mustaqillik davrida yaratilgan o„quv qo„llanmalarida ham davrlashtirish masalasiga e‟tibor qaratilgan. Adabiyotshunos olim B.Raxmonov o„zbek adabiy tanqidchiliginint butun taraqqiyot yo„lini uchga, ya‟ni "jadidchilik davri", sho„ro davri va hozirgi yillar singari katta bosqichlarga bo„ladi" 5 . B.Rahmonov taklif etgan davrlashtirishni munaqqid S.Sodiq tanqid qilar ekan, sho„ro davri tanqidchiligi tarixini 20-yillar, 30-yillar, urush davri, undan so„nggi davr, 1956 hamda 1972 yildan keyingi bosqichlar tarzida kichik-kichik etaplarga taqsimlaganini xato deb hisoblaydi. Bunga sabab tanqidchilik taraqqiyot yo„lini davrlashtirishda asosan, bitta prinsipga, ya‟ni jamiyat rivoji xususiyatlarini ko„proq inobatga olish tamoyiliga amal qilgani deb qaraydi. 4 Худойберганов Н., Расулов А. Ўзбек совет адабий танқидчилиги. Т. 1990. 5 Раҳмонов Б. Ўзбек адабий танқидчилиги. Т. !Янги аср авлоди”. 2004. S.Sodiq davrlashtirish masalasida o„zining tubandagi taklifini o„rtaga tashlaydi: 1. O„zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish davri (1914-1932) 2. Tahlil ko„lamining kengayishi bosqichi (1932 -1961 yillar). 3. Umumlashmalar tomon burilish pallasi (1961-1991). 4. Talqinlarning yangilanish bosqichi (1991 yildan hozirgi kunlarga qadar) 6 . Bunday davrlashtirishda ham munozarali o„rinlar yo„q emas. Garchand S.Sodiq adabiyot rivojining o„ziga xosligi va tanqidchilikning ichki taraqqiyot qonuniyatlarini inobatga olish tamoyiliga tayangan bo„lsa-da, tasnifda jarayon tadrijiga e‟tibor qaratilganday tuyulsa-da, aslida ijtimoiy-siyosiy tuzumdagi o„zgarishlarni aks ettirmaydi. Natijada jarayon va zamon oralig„ida allaqanday parokandalik sezilganday tuyuladi. Aslida o„zbek adabiy tanqidchiligi XX asr hosilasi, u asr boshida jadidchilik boshlagan milliy uyg„onish g„oyalaridan suv ichib bunyodga keldi va shakllanish jarayoniga kirdi. Sho„ro zamonida sotsrealizm bayrog„i ostida mafkuraviy qurolga aylandi, nihoyat- istiqlol g„alabasi arafasida asl o„zaniga qaytib, xolisona yangi taraqqiyot yo„lini tutdi. Shu mantiqdan qaralsa, XX asrda kechgan ijtimoiy-estetik jarayonlarga daxldorlik holatida o„zbek adabiy tanqidchiligi tarixining taraqqiyot yo„lini quyidagi bosqichlarga bo„lib o„rganish ma‟qul: Download 281.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling