Xix asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari Reja


Download 281.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi281.7 Kb.
#1547182
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy tanqidchilikning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari

 
 
8
Каримов Н. Маънавий бойликка эҳтиёж // Жаҳон адабиёти. 1998. № 1. Б.14. 


Xulosa 
XIX asrning so„nggi choragi va XX asr boshlarida Turkistonda O„zbek milliy 
vaqtli matbuoti tug„ildi va tez suratlar bilan rivojlana bordi. Vaqtli matbuotning 
tug„ilishi ro„znomachilik ishining rivoj topishi munosabati bilan o„zbeklarda ham 
dastlabki milliy jurnalistlar yetishib chiqa boshladi. "Turkiston viloyatining gazeti" 
(TVG) o„zbek madaniyati, sanati, adabiyoti bilan birga tanqidchilikning yuzaga
kelishida malum o„rin tutadi. U 1883 yildan boshlab o„zbekcha gazeta sifatida nashr 
etilgan. Unda "O„sh shahri xususidagi risola" haqida bosilgan taqriz, aytish 
mumkinki, shu janrdagi dastlabki namunalardandir. 
Gazeta isyonkor o„zbek shoiri Boborahim Mashrab ijodiyotiga oid maqola bilan 
o„zbek adabiyotshunosligi ruknini boshladi. 1907 yildan etiboran unda 
M.Behbudiyning„ maqola va ocherklari nashr etila boshlandi. Gazeta XIX asrning 
oxirgi choragida o„zbek demokrat shoirlari Furqat va Sattorxonni, 1903 yilda 
Muqimiyni, 1905 yilda, Nodim, Rojiy, Ibrat, Behbudiy, Vasliy, Ibrohim Davron 
kabilarni o„z atrofiga to„plagan bo„lsa, 1930 yilda bunday adiblar safiga 
M.Shermuhammedov, M.So„fizoda, Tavallo, A.Zohiriy, A. Qodiriy (Julqunboy) kabi 
ijodkorlar kelib qo„shildilar. Ular tanqidchilik bilan ham shug„ullanib, adabiy 
jarayonda faollik ko„rsatdilar. Garchi missionerlik maqsadi asosida ish ko„rsa-da, 
uning muharriri N.P.Ostroumov marifatparvar ziyoli bo„lgani sababli o„zbek 
adabiyoti namunalarini va ular haqidagi maqolalarni chop etishga katta-katta 
sahifalarni ajratdi. Chunonchi, 1914 yilda "Padarkush" dramasining sahnalashtirilishi 
munosabati bilan chop etilgan o„zbek teatriga, sahna asarlariga bag„ishlangan 
taqrizlar etiborga loyiq. Bu jihatdan Hoji Muinning "Yangi asar" nomli maqolasi 
diqqatni tortadi. Unda "Padarkush" fojeasi kitob holida bosmadan chiqqanligi aytilib, 
asar mazmuni bayon qilinadi. Taqrizda Behbudiy asari o„zbek dramaturgiyasining 
qaldirg„och namunasi sifatida baholanar ekan, uning xalq madaniy, marifiy tafakkuri 
rivojida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etishi alohida takidlanadi. 
M.Shermuhammedov maqolasida ham bu fojia haqida ijobiy fikrlar bildiriladi 
va xalqni "Padarkush”ni o„qishga chorlaydi. "TVG"ning 1914 yilgi 71-sonida 
Mirmuhsin imzosi bilan chop etilgan "Sabzazor risolasi" nomli maqolasi ham 
etiborlidir.Unda to„plamning mundarijasi, qatnashgan shoirlar, ularning davr adabiy 
jarayonida tutgan o„rni haqida malumotlar beriladi. Vasliy ijodiga bag„ishlangan 
maqola esa Mirmuhsinning tanqidchilik istedodidan darak beradi. Gazetada bosilgan 
maqolalar tufayli o„zbek tanqidchiligiga asos solina boshlandi. 
"TVG" 1910-1916 yillardagi faoliyati davomida o„zbek adabiyoti, madaniyati, 
tanqidi rivojiga ahamiyat bersa-da, chor hukumatiga sodiqligini sira unutmadi. Unda 
Ostroumov iltimosi bilan "buyurtma" tarzida yozilgan sherlar va boshqa asarlar 
bosilib turganini etibordan qochirmaslik kerak. 


Bu davrga kelib, Turkistonda bir qator o„zbekcha gazetalar nashr etila boshlandi. 
"Taraqqiy", “Xurshid”, “Shuhrat”, “Sadoi Turkiston” kabi gazetalarning paydo 
bo„lishida jadidchilik harakatining asoschisi I.Gaspirali va u tashkil etgan "Tarjumon" 
gazetasining tasiri beqiyosdir. 
1913 yilda M.Behbudiyning say‟-harakati bilan "Samarqand" gazetasi nashr 
etildi. Behbudiy gazetada badiiy asarlarni ko„proq nashr ettirishga e‟tibor qildi. 
Gazetada "Sayyohi hindi" asarining fors tilidan rus va o„zbek tillariga tarjima 
qilinganligi, tez orada kitob holida nashrdan chiqishi haqida e‟lon-maqola 
berilganligi harakterlidir. Maqolada Fitratning bu asarini fors-tojik tilini yaxshi bilgan 
rus polkovnigi A.Kondratov o„z ona tiliga, o„zbek marifatparvar shoiri, dramaturg 
Hoji Muin Shukrullo o„zbek tiliga tarjima etganlari malum qilinadi. 
"Sadoi Turkiston" ham 1914-1917 yillarda o„z yo„nalishi va mavqei jihatidan 
ajralib turgan ro„znomalardek bo„ldi. Uning atrofiga o„sha davrning ilg„or fikrli 
ziyolilari Hamza, A.Qodiry, Cho„lpon, S.Ayniy, Mirmuhsin kabi ijodkordar 
to„plangan edilar. Chindan-da, "Sadoi Turkiston" o„zbek milliy adabiyotining qanday 
yo„nalishda bo„lishi kerakligini aniq tasavvur qildi. Uning sahifalarida Abdurauf 
Fitrat, Cho„lpon, S.Ayniy va Hamzalarning asarlari tez-tez ko„rinib turdi. 
Vaqtli matbuot milliy adabiyotning taraqqiyoti bilan birga o„zbek tanqidchiligi 
rivoji uchun ham o„ziga xos minbarga aylana bordi. Nashr etilgan badiiy va tarjima 
asarlarga vaqtli matbuot o„z sahifalarida taqrizlar bera boshladi; bu taqrizlar adabiy 
tanqidning rivojiga yo„l ochdi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: hozirgi 
adabiy tanqidning eng ommaviy, eng ko„p tarqalgan janrlaridan biri taqrizning 
tug„ilishi, rivojlanishi bevosita uyg„onish davri bilan bog„liq. Buni taqrizlarning 
gazetada alohida "Tanqid" rukni ostida chop etila boshlagani haqqoniy isbotlay oladi. 
Vaqtli matbuot o„z sahifalarida adabiy tanqid, uning ahamiyati, yozilajak 
asarlarga ijobiy ta‟siri, umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli 
ilmiy maqolalar chop eta bordi. Chunonchi, "Sadoi Turkiston" tanqid istilohi va 
uning adabiyot sohasiga ilk bor kirib kelayotganligi xususida Ahlullo maqolasida 
berilgan sharhni eslatish mumkin. Maqola muallifi bu davrga kelib, "tanqid" 
istilohining butunlay yangi mano kasb etganligini aytish bilan birga adabiyotning 
kelgusi taraqqiyoti bevosita vaqtli matbuot va adabiy tanqidga bog„liqligini qayta-
qayta takidlagan edi. 
Xulosa qilib aytganda, 1905-1920 yillardaga o„zbek vaqtli matbuoti adabiy 
tanqidning yuzaga kelishini ta‟minlashda, shakllanishi va keyingi rivojida muhim rol 
o„ynadi. 

Download 281.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling