Xix asr oxirigacha toshkent shahrida qurilgan


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana04.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1425978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
143-147

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-1, December - 2022
 
145 
qismlari me’morchilikning yuksak darajaga ko‘tarilganini, inshootlar badiiy 
hunarmandlar tomonidan jozibador bezatilganligini ko‘rsatadi. Ilk o‘rta asrlarda 
saroylar shahar qal'asidan tashqarida qurilgan bo‘lsa, X asrdan boshlab saroylar shahar 
tarkibida barpo etilgan. 
XIV asrdan me’morchilik yana rivojlana boshlagan. Arxitekturada yangi uslub 
vujudga kelgan. XIV — XV asrlarda masjidlarning hovlilari ko‘p ustunli ayvonlar 
bilan o‘ralgan, madrasalar peshtoqli qilib qurilgan. Kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli 
hovli atrofi ko‘p ustunli ayvon va hujralar bilan o‘ralgan. 
XVI asrda arxitektura inshootlari turlari yanada takomillashgan, ko‘plab jamoat 
binolari - karvonsaroylar, ko‘prik, sardoba, shaharlarda hammom, tim va boshqa savdo 
rastalari qurila boshlangan, monumental binolarning tarhi, qiyofasiga o‘zgartishlar 
kiritilgan.  
Toshkent shahri hududida rivojlangan Oʻrta asrlarda koʻplab me’moriy 
yodgorliklar qad koʻtargan boʻlib, ular an’anaviy me’morchilik uslubida qurilganligi 
bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Hususan, Shayx Zayniddinbobo me’moriy 
maqbarasi, Zangiota majmuasi, Xoja Ahror Valiy jome masjidi, Shayx Xovand Tahur 
yodgorlik majmuasi, Baroqxon madrasasi, Koʻkaldosh madrasasi, Ibroxim ota 
maqbarasi, Abulqosim madrasasi, Muin xalfa bobo maqbarasi, Xayrobod eshon 
maqbarasi, Xoʻja A’lambardor madrasasi, Xoʻja Baxriddin maqbarasi, Choʻlpon ota 
masjid maqbarasi, Shayxontohur majmuasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Hazrati Imom 
majmuasi, Hofiz Koʻxakiy madrasasi kabi oltinga teng meroslarimiz ajdodlarimizning 
yuksak mahoratidan darak beradi. Ushbu me’moriy inshootlar XIX asr oxirigacha 
qurilgan. 
Shayx Zayniddinbobo me’moriy maqbarasi 1164-1259 yillarda hayot kechirgan 
Shayx Abu Bakr Zayniddin Ko’yi Orifon Toshkandiy nomiga qurilgan. Arxeologik 
tekshirishlarga ko’ra, yodgorlik yonida joylashgan chillaxona XIII asrga, maqbara 
o’rnida bo’lgan xonaqoh XIV asrga oid. Maqbara devori asosi XVI asrda qurilgan, 
tepasi va peshtoqi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ta’mirlangan. 
XIV asrda yashagan Markaziy Osiyolik mutafakkir Zangi otaning asli ismlari 
Oyxo’ja ibn Toshxo’ja bo’lgan. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob Eshonning 
avlodi hisoblanadi. Ranglari qora bo’lgani uchun zangi (zanji) deyishgan. Yodgorlikni 
Amir Temur qurdirgan, keyinchalik qo’shimcha qurilishlar qilingan. Zangiota 
majmuasi madrasa (XVIII-XIX asrlar), masjid (1870) va minora (1914-1915) hamda 
Anbar bibi maqbarasidan iborat. Peshtoqi Ulug’bek davrida (XV asrning birinchi 
yarmi) qurilgan. Peshtoq, darvozaxona, ziyoratxona va go’rxona saqlangan. Zangi 
otaning ayollari Anbar bibi Xorazm shohi Bug’roxonning qizi bo’lib, u dastlab Zangi 
otaning ustozlari va piri murshidlari Sulaymon Boqirg’oniy (Hakim ota)ning ayollari 
bo’lgan. XV asr boshlarida qurilgan Anbar bibi maqbarasi peshtoq, ziyoratxona hamda 
go’rxonadan iborat. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling