Xix asr oxirigacha toshkent shahrida qurilgan


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana04.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1425978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
143-147

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-1, December - 2022
 
146 
Xoja Ahror Valiy jome masjidi mutafakkir, Naqshbandiya tariqati 
rahnamolaridan biri Xoja Ahror
13
tomonidan qurdirilgan. 1875 yil chor ma’murlari 
tomonidan buzib tashlangan. 1886 yil mahalliy aholi noroziligidan xavfsiragan chor 
ma’muriyati masjid binosini qayta qurib bergan.
Ibrohim ota maqbarasi XV asrda Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim otaning 
qabri ustiga qurilgan. Maqbara eski qabristonning o’rtasida joylashgan.
Shayx Xovand Tahur
14
maqbarasi XV asrda Xoja Ahror Valiy tomonidan 
qurilgan. Maqbara yomon holga kelib buzilgach, XVI asrga kelib oldingi poydevor 
ustiga qayta maqbara quriladi. Hozirgi mavjud yodgorlik XV asrda bunyod etilgan 
ko’hna maqbara poydevori ustiga XVIII - XIX asrlarda qurilgan ikki xonali bo’yama 
maqbaradan iborat.  
Baroqxon madrasasi XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida qurilgan. Toshkentdagi 
Hazrati Imom majmuasidagi bino. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) 
tomonidan qurdirilgan. 
Koʻkaldosh madrasasi 1551-1575 yillar oraligʻida Toshkent hokimi Koʻkaldosh 
tomonidan qurdirilgan. Peshtoqlar parchin va girih bilan naqshlangan. Unda darsxona 
va masjid mavjud. XVIII asrda karvonsaroy sifatida ham foydalanilgan. 
Abulqosim madrasasi XIX asrda Toshkentda bunyod etilgan. Madrasa, masjid va 
xonaqohdan iborat. Shayx Abulqosim tomonidan qurdirilgan. Eski binosi – xonaqoh 
Moʻyi Muborak 1820 yilda qurilgan, madrasa esa 1850 yilda barpo etilgan. 
Muin xalfa bobo maqbarasi XIX asrda Toshkentda Muin xalfa tomonidan oʻzi 
uchun qurdirgan maqbara. Undagi ikki sagʻanaga Muin xalfa va uning oʻgʻli dafn 
etilgan.
Oʻzbekiston meʼmorligining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan 
anʼanalari, qonun-qoidalari XIX asr — XX asr boshlaridagi mustamlaka davrida 
keskin zarbaga uchradi. Meʼmorlik ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga 
majbur boʻldi. Meʼmorlikda baʼzi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar 
(rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan kapitalistik talablar bilan hamohang 
boʻldi
15

Yuqorida keltirilgan arxitektura yodgorliklarini qurilish davri va qurilish tarixini 
oʻrganib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, Toshkent shahrida chor 
mustamakachiligidan avval ham binokorlik ishlari mahorat bilan amalga oshirilgan 
hamda ular yaxshi saqlangan. Aksincha, mustamlakachilik davrida koʻplab inshootlar 
zarar koʻrgan va ularga shikast yetkazilgan, ba’zilari buzib tashlangan. Bugungi kun 
biz tarixchilariga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri chor mustamlakachiligidan 
13
asli ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy 
14
1279-1355 yillarda yashagan Shayx Xovand Tahur ilohiyot va tariqat ilmining yirik namoyandasi. 
15
 
Meʼmorlik - Vikipediya (wikipedia.org)
 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling