Xix asr oxirigacha toshkent shahrida qurilgan
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
143-147
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIX ASR OXIRIGACHA TOSHKENT SHAHRIDA QURILGAN TARIXIY-ME’MORIY OBIDALAR Qoriyev Abdumalik Ubaydullayevich
- Annotatsiya.
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-1, December - 2022 143 XIX ASR OXIRIGACHA TOSHKENT SHAHRIDA QURILGAN TARIXIY-ME’MORIY OBIDALAR Qoriyev Abdumalik Ubaydullayevich – Namangan viloyati pedagog kadrlarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada me’morchilik tushunchasi, Oʻrta Osiyoda me’morchilik san’atini rivojlanish tarixi, Oʻrta asrlarda Toshkent shahrida qurilgan me’moriy obidalar haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: Me’morchilik, Oʻrta Osiyo, me’morchilik inshootlari arxitektura yodgorliklari, Toshkent, madrasa, maqbara, monumental, girih, koshin Me’morchilik bino va inshootlar qurishning o‘ziga xos texnikasini, san’atini, xalq tarixini, uning ijumoiy-siyosiy qudratini, diniy va dunyoviy qarashlarini, madaniy- maishiy hayotini ma’lum shaklda mujassam etadi 1 . Me’morchilik – qadimdan yurtimizda ajdodlarimiz tomonidan yaratib kelingan moddiy madaniyatning eng muhim ijodiy mahsuli boʻlib, oʻtmishda ham, hozirda ham xalq amaliy ijodiyotida turli bino va inshootlarning qurilishi san’atini ifodalovchi, katta mahorat hamda mehnat talab qiluvchi ijod turi boʻlib, xalqning bu sohadagi oʻziga xos tarixini, madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy qudratini, diniy va dunyoviy qarashlarini, maishiy hayotini ma’lum shakllarda mujassam etadi 2 . Oʻrta Osiyoning aynan Oʻzbekiston joylashgan hududida me’morchilik va binokorlik miloddan avvalgi III ming yillikda boshlangan. Aholining bir qismi ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka oʻtgach, tosh, guvala, paxsa, sinchli uylar qurila boshlangan. Bronza davrida O‘zbekiston hududining janubida (Sopollitepa) murakkab-arxitektura komplekslari vujudga kelgan. Oʻzbekiston meʼmorligi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarilgan. Ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida joylashgan me’moriy yodgorliklar koʻplab tarixchi va arxitektura sohasidagi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Biroq, respublikamizning boshqa hududlari – Toshkent shahri, Fargʻona vodiysi, Qoraqalpogʻizton Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi hududlardagi tarixiy yodgorliklari kam oʻrganilgan, bu esa oʻz navbatida chuqur tadqiqotlar oʻtkazilishini talab etmoqda. Toʻgʻri, ushbu hududlardagi koʻplab me’moriy obidalar haqida ayrim tadqiqotlar mavjud. Hususan, Toshkent shahrida bunyod etilgan tarixiy me’moriy yodgorliklarni turli davrlarda oʻrganilgan. Sovet 1 Vaxitov M.M., Mirzayev Sh.R. Me’morchilik. -T. Tafakkur, 2010. -B. 6 2 Ҳамидов Х. XVI-XIX асрларда юртимиз маданияти тарихидан лавҳалар. -Т.: Фан, 2009. – Б.73 Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling