Xix asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879 yilda nemis olimi
Download 31.82 Kb.
|
REAKTOLOGIK PSIXOLOGIYA
Kornilovchi psixologlar guruhining ishlari faqat empirik va subyektiv psixologiyani tanqid qilish bilangina cheklanib qolmadi. Tanqid jarayonida yangi psixologiya sistemasini tuzish bo'yicha ham ishlar olib borildi. Bu psixologlarning aytishicha, yangi psixologiya sistemasi marksistik fan bo'lishi kerak edi. Lekin bu faqat niyat edi, xolos. Aslida esa Kornilov psixologiya predmetini tushunishning o'zida bixevioristlar va refleksologlar bergan ta'rifga asoslangan edi. Kornilov ta'limoti nuqtayi nazaricha, psixoiogiyaning predmeti inson xulqini to'la-to'kis holicha, ya'ni uning qiliqlari va xatti-harakatlarini o'rganishdir. Muayyan muhitdagi organizmning reaksiyalari xulqning alohida elementlari deb hisoblandi. Xulqning elementlari bo'lgan reaksiyalar haqidagi ta'limot Kornilov maktabi psixologiyasida markaziy o'rinni egallardi. «Biz psixologiyada nimani o'rganmaylik,— deb yozgan edi Kornilov,— tub aslida reaksiyani o'rganamiz, chunki reaksiya xulqimizning barcha eng murakkab, yuksak va nozik shakllaridan iboratdir. Yangi psixologiya bitta metodni, bu ham bo'lsa, reaktologik metodni biladi». Lekin xulq va reaksiya tushunchasi Kornilovda bixevioristlar va refleksologlarga qaraganda, boshqacha tushuntiriladi, jumladan xulq va reaksiya tushunchalarining mazmuniga nerv-fiziologik va mushak harakatlaridan tashqari, yana psixik moment, ong momenti ham kiritilgan edi. Lekin Kornilov psixika va ongni reaksiyada ishtirok etadigan va uning organizmning tashqi muhitga nisbatan javob harakati bilan birgalikda ro'y beradigan passiv bir narsa debgina tushundi. Psixik moment esa faqat inson kechirmalaridagi reaksiyalarning subyektiv ifodasi deb tushunildi, xolos. Kornilov reaksiya tushunchasiga psixik, ongli momentlarni kiritar ekan, buning bilan u go'yoki subyektiv empirik psixologiyaning bir tomonlamaligini bartaraf qilmoqchi bo'ladi. Kornilovning fikricha, psixologiyani shunday tushunilsa, «inson xulqidagi obyektiv va subyektiv hodisalarning organik sintezi» kelib chiqadi. 1926-yili professor Kornilov o'z psixik nazariyasining namunasi sifatida «Psixologiya darsligini chiqardi. Keyingi yillarda bu darslik (1931-yilgacha) mayda o'zgartirishlar bilan bir necha marta nashr qilindi. Aslida bu «psixologiya darsligi»da psixologiyaga doir hech narsa yo'q edi. Psixika haqidagi masala faqatgina bosh qismida, u ham bo'lsa reaksiyaning tarkibiy momenti sifatida eslatilib o'tilar edi. Psixologiya xulq haqidagi fan sifatida talqin qilinar edi. Xulq organizm reaksiyalarining yig'indisi deb tushunilar edi. Butun psixologiya sistemasi tug'ma va hosil qilingan, oddiy va murakkab reaksiyalarni bayon qilishdan iborat qilib qo'yilgan edi, aslida esa bu darslikda bixevioristik va refleksoioglar ta'limoti qisqacha bayon qilingan edi, xolos (shuning uchun ham bu darslik keyinchalik «reaktologiya darsligi» deb atalgan edi). Shu narsani ta'kidlash kerakki, o'sha vaqtlarda, bixevioristlar va refleksologlarning siquvi ostida psixologiyani xulq haqidagi fandir, deb ta'riflash keng tarqalgan edi. Agar 1923 va I924-yillardagi syezdlar psixonevrologiya fanlari sohasidagi syezdlar deb atalgan bo'lsa, 1930-yildagi psixologiya syezdi esa, inson xulqini o'rganish masalalariga bag'ishlangan syezd edi.
Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling