Xix asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879 yilda nemis olimi
Psixikaning rеflеktorlik xaraktеri
Download 31.82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VYURSBURG MAKTABI PSIXOLOGIYASI
3. Psixikaning rеflеktorlik xaraktеri
REFLEKSOLOGIYA Amerika bixeviorizmi bilan deyarli bir vaqtda Rossiyada ham psixologiyada alohida obyektiv yo'nalish paydo bo'lib, uning tashkilotchisi professor V.M. Bexterev (1857-1927) edi. Bexterov ham, bixevioristlar singari, o'z-o'zini kuzatish metodini va empirik psixologiyani subyektiv hamda ilmiy emas, deb qattiq tanqid qildi. U ilmiy psixoiogiya tashqi kuzatish va eksperimentga asoslanmog'i kerak, deb hisobladi. Sirtdan turib psixika — ongni kuzatish mumkin bo`lmaganligi uchun, psixologiya oddiy (tug'ma) va murakkab (hosil qilingan) reflekslarga asoslangan tashqi reaksiyalarni o'rganmog'i kerak. Bu nomlar Pavlovcha shartsiz va shartli reflekslarga to'g'ri keladi. V.M. Bexterov o'z ta'limotini obyektiv psixologiya deb, keyinchalik esa refleksologiya deb atadi. Bexterov inson shaxsining barcha murakkab harakatlarini mashinaga o'xshagan mexanik faoliyat, reflekslar zanjiri va qo'shilishi deb hisoblaydi. Masalan, Bexterovning fikricha, inson ongining ijod singari murakkab harakatlari ham ma'lum bir maqsadni ko'zlagan, bir-birlari bilan ulangan refiekslar yig'indisidir, maqsad esa o'zining o'tmishdagi tajribasidan yoki boshqalarning tajribasidan olinadi. Bixeviorizmdagi singari, refleksologiyada ham, hissiyot, diqqat, xotira, tafakkur, iroda kabi barcha an'anaviy psixologik tushunchalar shartsiz (sodda) reflekslar va shartli (murakkab) reflekslar haqidagi, markazlashish, reproduktiv, oriventirovka reflekslari haqidagi, nutq reflekslari haqidagi ta'limotlar bilan almashtiriladi. Psixologik terminlar biologiya, fizika va mexanika sohasidagi terminlar bilan almashtirilgan edi, masalan, irradiatsiya, konsentratsiya, differensiatsiya, tormozlanish, tormozlanishning yozilishi va boshqalar. Bexterovning psixik faoliyati haqidagi ta'limoti, aslida, Amerika bixevioristlarining ta'limotini takrorlagan edi. VYURSBURG MAKTABI PSIXOLOGIYASI XX asrning boshlarida Germaniyada Vyursburg maktab psixologiyasi deb atalgan alohida yo'nalish paydo bo'ldi. Bu yo'nalishning vakillari O. Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A. Messer (1837-1937), Ax Nartsis (1871-1946) va boshqalardir. Ular assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdilar va tekshiriluvchilarning o'z-o'zini kuzalishlariga asoslangan maxsus eksperimentlar o'tkazish yo'li bilan, yuksak psixik jarayonlarni, asosan, tafakkurni sodda psixik elementlarga sezgilar va tasavvurlarga bo'lib qo'yish bu murakkab psixik jarayonlarni shu elementlardan tarkib topadilar, deb ta'lim berish mumkin emasligini isbotlashga intildilar. Bu eksperimentlarning tashabbuskorlari va uyushtiruvchilari bo'lgan Kyulpe, Messer, Byuller hamda boshqalar psixologik eksperimentlarini o'zlari ustida sinab ko'rganlar. Ular o'z eksperimentlarining yakunlarini analiz qilib, tafakkur yuritish aniq o'lchash mumkin bo'lgan vaqtni talab qiladi, deb ta'kidlashga intildilar. Biroq, tafakkur jarayonining mazmunini esa «ilintirib olish» ham mumkin emas ekan, bu jarayonning tarkibidagi sezgilarni, tasavvurlarni, so'zlarni va boshqa yaqqol elementlarni «ilintirib olish» mumkin emas ekan. Tafakkur ham, sezgi singari, birlamchi hodisa ekan: u o'z tabiatiga ega bo'lib, tajribaga bog'liq emas, degan xulosaga keldilar. Vyursburg maktabining vakillari tafakkur funksiyasining birlamchiligi va o'ziga xosligi haqidagi ta'limoti bilan, tafakkurrining alohida qobiliyatidir, degan tafakkur hukmidagi sxolastik ta'limotni, ruhni alohida moddiy bo'lmagan mohiyatdir, deb ta'riflovchi metafizik ta'limotni faqat boshqa iboralar bilan ifodalagan holda qaytadan takrorladilar, xolos. Vyursburg maktabining xulosalari psixologiyadagi o'ta ketgan idealizmning vakillari, xususan, professor Chelpanov tomonidan yuqori baholandi. Chelpanov bu xulosalardan insonda moddiy bo'lmagan alohida substansiya sifatidagi ruhning borligini isbotlovchi eng kuchli dalillardan biri sifatida foydalandi. Vyursburg maktabi psixologlarining asarlari va ularning tafakkurning mohiyati haqidagi xulosalari chet el psixologiyasida, ayniqsa, sovet psixologiyasida qattiq tanqid qilindi. Vyursburg maktabi psixologlarining asarlari psixologiyada idealizmni mustahkamlashga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishlardan biridir. Vyursburg maktabi psixologlari qarashlarining ilmiy jihatdan asossizligi, bixevioristlar va refleksologlarning qarashlari singari, sovet psixologlarining tanqidiy asarlarida to'la-to'kis isbotlangan. Nazariyotchilar hayvon psixikasi va inson ongining genetik birligi hamda sifat jihatidan farqi haqidagi, inson ongining mehnatda paydo bo'lganligi va tarixiy taraqqiyoti haqidagi ta'limotni asoslab berib, psixika va ongni tushunishdagi idealistik va mexanistik qarashiarni mukammal tanqid qilindi. Dialektik materializm namoyandalari inson ongining taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy hayot shakllarining ahamiyatini ko'rsatdilar va tarixda inson ongining faolligini isbotlab berdilar. Metafizik — psixolog ruh nima degan narsa haqida mulohaza yuritgan. Bunda usulning o'ziyoq behuda edi. Xususan, psixik jarayonlarni tushuntirmasdan turib, ruh haqida mulohaza yuritish mumkin emas: bu yerda progress xuddi shundan iborat bo'lmog'i kerakki, ruh nima, degan masalalar haqidagi umumiy nazariya va falsafiy uydirmalarni uloqtirib tashlash va ma'lum psixik jarayonlarni xarakterlaydigan faktlarni o'rganishni ilmiy zamirida ko'ra bilishga erishishdir. Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling