Xix asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879 yilda nemis olimi


XX ASR PSIXOLOGIYASI. PSIXOLOGIYANING IDEALIZM VA MEXANISTIK MATERIALIZMGA QARSHI KURASHI


Download 31.82 Kb.
bet4/7
Sana02.02.2023
Hajmi31.82 Kb.
#1147627
1   2   3   4   5   6   7
XX ASR PSIXOLOGIYASI. PSIXOLOGIYANING IDEALIZM VA MEXANISTIK MATERIALIZMGA QARSHI KURASHI

XX asrning dastlabki yillarida psixologiya sohasida to'plangan merosni qayta ko'rib chiqish hamda uni haqiqiy ilmiy psixologiya asosida qayta qurish haqidagi masala muhim muammolardan biri edi. Psixologlar oldida shu vaqtga qadar psixologiyada hukm surib kelgan ide­alistik, empirik psixologiyani har tomonlama qayta ko'rib chiqish vazifasi turar edi.

Empirik psixologiyani tanqid qilish yana shuning uchun ham taqozo qilinar ediki, uning va umuman idealistik falsafaning tarafdorlari o'z pozitsiyalaridan birdaniga voz kechmadilar. Masalan, professor Chelpanov o'zining maqoialarida empirik psixologiya materializmga zid emas deb ko'rsatishga urindi. O'sha vaqtlarda psixologiyadagi mexanistik oqim bolgan bixeviorizm va refleksologiyaga ham qarshi kurash zarur bo'lib qoldi. Revolutsiyaning dastlabki yillarida bu oqimlar ancha keng tarqalgan edi. Refleksologiya hatto oliy o'quv yurtiariga o'quv fani sifatida kiritilgan edi. Biroq, u faqat 3-4 yil mobaynida o'qitildi, xolos.

Psixologiyadagi mexanistik oqimiar bilan kurash yana shuning uchun ham dolzarb ediki, uning vakillari o'z nazariyalarini sotsialistik jamiyat qurish ishida katta amaliy ahamiyatga ega bo'la oladigan ta’limot, deb da'vo qildilar. Bixeviorisllar hamda refleksologlar inson psixikasini faqal mexanistik ta'limotga muvofiq tushunish asosida yangi pedagogika sistemasini yaratish lozim, deb hisobladilar.

Bu psixologlarning ta'limotiga ko'ra, mehnat reaksiyalar yoki reflekslar sistemasidir. Pedagogika muhitga moslashish reaksiyalari yoki reflekslarini tarbiyalashdan iboratdir. Bunday qonun-qoidalarda biz insonning bilish va amaliy faoliyatida ong va uning turli shakllarining to'liq inkor qilinganligini ko'ramiz.

Professor K.N. Kornilov boshchiligidagi bir guruh psixologlar idealistik va mexanistik psixologiyani tanqid qilib, psixologiyani diaiektik materializm asosida ko'rishga intildilar.

1923-yil psixonevrologiya fanlari bo'yicha birinchi Butun Rossiya syezdi bo'lib o'tdi. Shu syezdda idealistik psixologiyaga qarshi keskin kurash avj oldirildi. Ayniqsa, bu kurash keying 1924-yiigi syezdda yana kuchaytirildi.

1924-yili prof. Kornilov o'zining «Hozirgi zamon psixologiyasi va marksizm» nomli kitobida birinchi bo'lib o'z qarashlarini aniq ifoda qildi. U bu kitobida empirik psixologiyani tanqid qildi, avvalo, bu psixoiogiyaning asosiy kamchiliklariga - inson psixik faoliyatida tashqi xulqiy momentni e'tibordan chetda qoldirilishiga, psixologiyadagi dualizm va idealizmga qarshi chiqdi. Kornilov Bexterevning refleksologiya maktabini va I.P. Pavlovning ba'zi bir o'taketgan izdoshlarini (chunki ular psixologiyani re­fleksologiya bilan almashtirmoqchi bo'ldilar) tanqid qilar edi, ularning in­son xulqida ongining roliga yetarli baho bermaganliklarini, shuningdek, psixika - ongga nisbatan qarashlaridagi mexanizmni fosh qilib tashladi.

Mustaqil fan sifatida psixologiya uchun bixeviorizm va refleksologiyaga qarshi kurashda Moskva, Leningrad oliy o'quv yurtlari va boshqa tadqiqot muassasalarining psixologlari faol ishtirok etdilar. Mexanistik qarashlarning yaroqsizligini ko'rsatuvchi asarlar nashr qilindi.

Psixologiyadagi mexanistik oqimlarga qarshi kurashda psixoiogiya­ning predmeti - ong haqidagi masala katta o'rin egalladi.

Bixeviorizm tarafdorlari, Bexterev va uning izdoshlari, refleksologlar ong masalasini o'rganishni e'tibordan chetda tutgan psixologiyani vujudga keltirish mumkin, deb hisobladilar.

Bu qarashiarga qarama-qarshi o'laroq, professor Kornilov rahbarligidagi psixologlar psixologiya predmeti faqat xulqning tashqi alomatlarinigina emas, balki shuning bilan birga insonning subyektiv kechiriklarini ham o'rganishdan iborat bo'lmog'i kerak, deb hisobladilar.

Ongning psixologlar tomonidan o'rganilishi mumkin va zarur ekanligiga, ayniqsa, L.S.Vigotskiy qat'iy rioya qildi.

Psixologiya sohasida ikki frontga, ya'ni empirik psixoiogiyaning subyektivizm va idealizmga qarshi, bixevioristlar va refleksologlarning mexanizmga qarshi olib borgan kurashi faqatgina psixologiyaga emas, balki falsafaga ham taalluqli edi. Bu kurashning yakunlari quyidagilarda ifodalandi.

Empirik psixologiya o'zining oldingi mavqeini yo'qotdi, u o'qitish predmet sifatida uzil-kesil siqib chiqarilgan edi. Refleksologiya vakillari o'z nuqtayi nazarlarini yanada qattiq turib himoya qildilar. Lekin ular ham tanqid ta'sirida o'zlarining xatolarini tan olishga majbur bo'ldilar. Bu jihatdan, ayniqsa, falsafiy munozaralar (1927—929) katta natijalar berdi, munozaralar falsafa frontida mexanitsistlarning batamom tor-mor bo'lishi bilan tugadi.
Bexterev (u vaqtda o'zi mahrum edi) shogirdlaridan birguruhi «Refleksologiyami yoki psixologiyami» va «Refleksologiya va uning yondosh fanlariga munosabati» degan ikkita broshyura chiqardilar. Bu broshyuralarda ular o'zlarining oldingi fikrlarining yanglish ekanligini e'tirof etdilar. Ular o'z xatolarini, refleksologiya hali inson xulqini to'la-to'kis holiga, ya'ni uni qiliqlari va xatti-harakatlarida olib mukammal tekshirish darajasiga ko'tarilganicha yo'q, degan bahona bilan izohladilar. Ular psixikaning realligini esa uni o'rganishning zarurligini e'tirof etdilar. 1930—1931-yillarda refleksologiya aslida tugatilgan edi.


Download 31.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling