Xix asr oxirlarida, aniqrog’i, 1879 yilda nemis olimi


-1965-YILLARDA PSIXOLOGIYA MASALALARI


Download 31.82 Kb.
bet7/7
Sana02.02.2023
Hajmi31.82 Kb.
#1147627
1   2   3   4   5   6   7
1950-1965-YILLARDA PSIXOLOGIYA MASALALARI

Psixik jarayonlarning fiziologik asoslari haqidagi masala

1950-yillarda psixologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlariga katta e'tibor berildi. Chunki psixik jarayon va xususiyatalarni ilmiy jihatdan o'rganish, uning fiziologik mexanizmini o'rganishni taqozo qilar edi. Bu o'rinda I.P. Pav­lovning oliy nerv faoliyati, uning xususiyat va qonuniyatlari haqidagi ta'limoti muhim ahamiyatga ega edi. Lekin bu davrda Pavlov ta'limotini ba'zi flziolog va psixologlar mexanistik ta'limot deb hisoblar edilar. Haqiqatdan ham Pavlovning ba'zi shogirdlari va izdoshlari mexanistik qarashlarga berilib, psixik hodisalarni fiziologik hodisalardan iborat deb, psixologiyani oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tenglashtirib qo'ydilar. Bunday qarashlar izlanishlari olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan psixologlar tomonidan tanqid qilindi va qoralandi.

I.P. Pavlov psixik hodisalarning, jarayon va xususiyat laming nerv-fiziologik mexanizmi oliy nerv faoliyati bilan bog'liqligini asoslab berdi.

O'sha vaqtlarda butunittifoq Fanlar Akademiyasi va Tibbiyot (meditsina) Fanlar Akademiyasi sessiyalarida Pavlovning oliy nerv faoliyati haqi­dagi ta'limotini psixologiyaga tatbiq etish masalasi ilgari surildi va uni psixologik hodisalarni ilmiy jihatdan tushunishdagi ahamiyati yoritib berildi.

Ayniqsa, Pavlovning bosh miya po'stida yangi muvaqqat nerv bog'lanishlarining hosil bo'lishi haqidagi ta'limoti, qo'zg'alish va tormozlanish qonuniyatlari haqidagi ta'limoti psixologiya uchun juda samarali bo'ldi. Pavlovning inson bosh miyasi po'sti faoliyatidagi ikki signal sistemasi haqidagi ta'limoti ham qimmatlidir. Bu ta'limot inson ongining tafakkur va nutq singari yuksak shakllarining nerv fiziologik mexanizmlarini aniqlash imkoniyatini beradi. I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyatining tiplari haqidagi ta'Iimoti tempenamentning nerv-fiziologik asoslarini, uning muhit va tarbiya ta'siri tufayli o'zgaruvchanligini aniqlash imkoni­yatini berdi.

Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan o'z-o'zini kuzatish metodi haqidagi masala, psixologiyada metodning obyektivligini qanday tushunmoq kerakligi haqidagi masala juda ham keskin qo'yildi. Metod­ning obyektivligini faqat tashqi kuzatish, tashqi eksperiment debgina tushunmaslik kerak, aksincha bu yana bixeviorizm va refleksoiogiyaga olib keladi.

Ikki Akademiyaning Pavlov fiziologiyasiga bag'ishlangan sessiyasidan keyin har xil psixik hodisalarning nerv-fiziologik mexanizmlarini o'rganish bo'yicha ko'plab maxsus tadqiqotlar o'tkazildi. Bu ishlar Moskva va Le­ningrad akademiyasining psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akademiyasining psixologiya institutida, shuningdek, boshqa shahariardagi oliy o'quv yurtlarining ba'zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida o'tkazildi. Psixologiyani Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limoti asosida qayta tashkil qilish V.A. Artemov, T.P. Yegorov, A.V. Zaporojets, P.I. Ivanovlarning psixologiyadan o'quv qo'llanmalarida ham o'z aksini topgan. Mana shularga binoan o'rta va oliy o'quv yurtlarida psixologiyani o'qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi.

1962-yili Fanlar Akademiyasining huzurida oliy nerv faoliyati va psixologiyaning falsafiy masalalari bo'yicha Butun Ittifoq kengashi o'tkazildi, Bu kengashda I.P. Pavlov ta'limoti psixik jarayonlarning nerv-fiziologik asosi ekanligi yana bir marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tadqiqotlari yuksak darajada tashkil topgan materiyaning — miyaning mahsuli bo'lgan psixika haqidagi ta'minotni tasdiqladi.

Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson psixikasidagi ayrim hodisalarni tushuntirish uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan ishlar qilindi. Masalan, akad. P.K. Anoxin 1932-yildayoq boshlagan teskari afferentatsiya (teskari bog'lanish) ning ahamiyatini aniqladi.

Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina tugallanib qolmas ekan. Organizmning har bir javob harakati miya po'stiga markazga intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi, bu impuis javob harakatning natijasidan miya po'stiga signal berib turar ekan. Shu refleksning strukturasi yoy shaklida emas, balki halqa shaklida ekan, deb hisoblashga asos beradi. Demak, refleksning teskari bog'lanishni amalga oshiradigan yana 4-qismi (orqaga qaytaruvchi krani) ham bor ekan. Teskari afferentatsiya haqidagi bu ta'limot «oldindan aks ettirish» (javob harakatni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb atalgan hodisaga bog'langan tekshirishlar o'tkazishga imkoniyat berdi. Anoxinning shu tadqiqoti maqsadga muvofiq yo'naltirilgan xatti-harakatiarning fiziologik asosini ochib beradi.

Bir qancha psixik hodisalarni tushuntirish uchun Bernshteynning or­ganizmning biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari muhim ahamiyatga egadir. Bu tekshirishlarning ma'lumotlariga qaraganda organizm muhitga moslashmaydi, balki shu muhitda paydo bo'lgan to'siqlarni bartaraf qilishga «tirishadi» maqsadga erishmoq uchun kurashadi.

A.R. Nuriyaning bosh miya po'stida psixik funksiyalarning lokalizatsiyalashuvi haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asoslarini tekshirishga qo'shilgan qimmatli hissadir.

Shaxs va ongning ba'zi funksiyalari masalalari. Psixologlarining tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivojlanishi masalalari katta o'rin egallaydi. 1956-yili (mayiyun) Leningradda shaxs psixologiyasi bo'yicha Butun Ittifoq kengashi o'tkazildi. Dokladlarda kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish masalalariga muhim e'tibor berildi.

Hozirgi vaqtda shaxs tushunchasini aniqlashga, uning eng muhim belgilarini: ijtimoiyligi, ongliligi, o'z-o'zini anglashni tahlil qilishga bag'ishlangan qimmatbaho asarlar oz emas. Shaxsning ehtiyojlariga xos xususiyatlariga, uning ongli va ijodiy faolligiga, yangi jamiyat qurish davrida uning maslak, ideallari, dunyoqarashi va e'tiqodlarining yo'nalishiga katta e'tibor berilmoqda.

Shaxsning turli yoshda qanday rivojlanishi, uning individual xususiyatlari, xarakteri, qobiliyatlari hamda qiziqishlari masalasi inson psixikasi va ongi taraqqiyotiga old umumiy muammoning muhim tarkibiy qismidir.

Psixologlar ongning individual taraqqiyotini shaxs sifatida o'sayotgan odamning barcha tomonlaridagi, barcha psixik jarayonlaridagi sifat jihatdan o'zgarishdir, deb qaraydi. Bu o'zgarish — o'sish organizmning rivojlanish qonuniyatlari va kishilarning turmush sharoitlari tufayli, ijtimoiy muhit hamda ta'lim-tarbiya ta'sirida ro'y beradi. Ijtimoiy muhit, ta'lim va tarbiyaning ta'siri har bir insonning rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Biroq shu narsani ta'kidlamoq kerakki, bu rivojlanish rivojlanayotgan subyekt o'zi hayot jarayonida faol ishtirok etgan taqdirdagina ahamiyatga ega bo'ladi.

Keyingi yillar mobaynida psixologiya va pedagogikada «Ta'lim va aqliy rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal etilishi maktablardagi ta'lim jarayonida o'tkazilayotgan eksperimentlarga asoslanmoqda.

Rivojlanishning o'zini qanday tushunishdan qat'i nazar, tadqiqotchilarning hammasi ta'limning hal qiluvchi roli sharoitida ta'lim va tarbiyaning bir-biri bilan bog'lanligini e'tirof etadilar.

Psihologlar alohida psixjk funksiyalar va jarayonlani io'rganish sohasida, xususan, sezgi, idrok, xotira, tafakkur sohasida ko'p ishlar qildilar. E.G. Ananev, A.V. Zaporojets, N.A. Leontev va boshqalar olib boradigan sezgi va idrok sohasidagi tekshirishlar asosan bu jarayonlarning retseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar shuni ko'rsatdiki, ko'ruv, eshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va idrokning boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat refleks boshlang'ich zvenosininggina mahsuli emas. Ular markazdan qochuvchi jarayonlarni ham, subyektning faolligini aks ettiradigan qidiruv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi. Bularning barchasi alohida, perseptiv harakatlar bo'lib, ular ichki psixik jarayonlar bilan birga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko'pmi yorqin ifodalangan harakat komponentlarini ham o'ziga qamrab oladi.

Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi esda olib qolish faoliyatining nimaga qaratilganiga bog'liq ekanligi masalasi keng o'rganilgan. Yaxshi esda qoldirishda qaytadan tiklash (esga tushirish) va boshqa psixik jarayonlarning roli aniqlangan. A. A. Smirnov va P. I. Zinchenkoning asarlarida esda qoldirish maxsus xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning strukturasi ochilgan, turli esda olib qolish usullarining xarakteristika, uning tarkibiga kiruvchi bar xil mnemonik harakatlarning alohida zvenolarning xarakteristikasi berilgan. Esda qoldirish jarayonida ishtirok etadigan tafakkur jarayonlariga alohida e'tibor berilgan.



Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi. 1956-yildan boshlab «Вопросы психологии» jurnalining chiqa boshlashi buning guvohidir. Psixologiya masalalari sohasidagi ko'p materiallar, shuningdek, «Семья и школа», «Дошкольное воспитание», «Начальная школа», «Психологический журнал», «Вопросы психологии» jurnallarida va boshqa davriy matbuotda bosilib chiqib turdi. Ilmiy ishlarning faollashtirilganligi, shubhasiz, 1957-yiI Psixologlar Jamiyatini tuzishga yordam berdi. Shu yillar mobaynida bizning oliy o'quv yurtlarimiz psixologiyadan zaruriy o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlandi.

Bu qobiliyatiarga kiruvchi esda olib qolish qobiliyatiarida ayrim zveno­larning xarakteristikasi berilgan. Esda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga alohida e'tibor berilgan.
Download 31.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling