Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Maxmudov Dilshod
1.2. Toshkent shahrining yangi qismi Turkiston o’lkasining iqtisodiy markaziga aylanishi va dastlabki Yevropa tipidagi sanoat korxonalari aynan shu yerda tashkil etilishi
Moyli o’simliklarni yetishtirish va ulardan moy olish odamzod taraqqiyotining qadimiy davrlariga borib taqaladi. Arxeologik hujjatlar G’arb va Sharq mamlakatlarida o’simlik moylari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish odamzodga qadim zamonlardan buyon ma’lum ekanligini ko’rsatadi. Ibtidoiy jamoalarning tabiatdan yig’ib olayotgan o’simlik mevalari va ovchilik bilan o’zlashtirib olayotgan hayvon va parrandalar zahirasi odamlarning iste’mol talablarini bora-bora qondiraolmay qoldi, jamoalar va tabiat o’rtasida hayot uchun kurash keskinlashdi. Bunday holat ibtidoiy jamoalarda katta iqtisodiy o’zgarishlar hosil bo’lishiga zamin yaratdi. Odamlar shu zamonlardan boshlab yovvoyi o’simlik va hayvonlarni madaniylashtiraboshladi. Misr piramidalari va ehromlari ochib ko’rilganda sopol idishlarda yog’ mahsulotlari, ayrim hollarda palma moyi qoldiqlari va uning parchalanishidan hosil bo’lgan palmitin kislotasi topilgan. Qadimgi misr tarixchilarning bergan ma’lumotlari bo’yicha, Nil daryosi sohillarida tola va moy olish uchun zig’ir yetishtirishgan. Birinchi aniq ma’lumotlar, eramizdan oldingi III –II asrlarda, misr papiruslarida yozilgan bo’lib, Misrda zig’ir, kunjut, kanakunjut urug’laridan presslash yo’li bilan moy olinganligi to’g’risida xabarlar qoldirilgan. O’simlik moylari presslab olinganligi to’g’risida ma’lumotlar Yunoniston faylasufi Gerodot (eramizdan oldingi V asr) tomonidan ham yozib qoldirilgan. Rim davlat arbobi va yozuvchisi Katon (eramizdan oldingi III-II asrlar) yer to’g’risidagi traktatlarida qishloq ho’jaligi anjomlari xaqida gapirib, Pompeya yaqinidagi qazilmalar paytida topilgan, zaytun mevasini ezib, maydalab beruvchi press to’g’risida yozadi. Bu anjom mevaning yumshoq qismidan zaytun moyi olish uchun ishlatiladigan richagli press ekanligi aniqlanadi. Roje Fransua o’zining “Yog’lar industriyasi” nomli kitobida qadim zamonlarda zaytun mevasining ustki yumshoq qismidan “bokira moy” olinganligi va bunday moy olishda ponali va richagli presslardan, tosh juvozlardan foydalanilganligi haqida ma’lumotlar bergan. Paxta o’simligi – g’o’zaning kelib chiqishi to’g’risida aniq ma’lumotlar yozib qoldirilmagan. Shu narsa ma’lumki, paxta qadim zamonlardan beri Hindiston, Xitoy, Misr, Shimoliy Afrika, Braziliya, Peru, Meksika mamlakatlarida, Sharqiy Osiyo orollarida va O’rta Osiyoda yetishtirilgan. Paxta mahalliy o’simlik bo’lganmi, yoki biron bir sabab bilan bu yurtlarga kelib qolganmi – hyechkim bilmaydi. Ko’pchilik mualliflar paxtani tub mahalliy o’simlik hisoblab, buning tasdig’iga paxta chigitining ba’zilari silliq, boshqalari tukdor ekanligini, o’simlik ko’p yillik ekanligini takidlashadi, ba’zilar esa – g’o’za bir yillik o’simlik toifasiga kirishini aytishadi. Shu bilan birgalikda och qizg’ish rangli Misr paxtasi va boshqa turdagi paxta o’simligi borligi to’g’risida ham ma’lumotlar berilgan. Paxta o’simligi turlari ko’p bo’lishligidan qat’iy nazar, ularning barchasidan hayratda qolarlik darajada o’xshash ikki xil mahsulot – paxta momig’i va chigit olinadi. Paxta momig’i asosan alfa-sellyuloza hisoblanadi, turli chigit tarkibidagi moylar esa fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan bir-biridan ko’p farqlanmaydigan lipidlardan iborat. Paxta xom ashyosidan tola ajratish mashinasi – “Jin” (djin) ixtiro qilinmaguncha chigit moyli urug’ sifatida ishlatilmagan. Bu apparat paydo bo’lgunicha chigitdan tola ajratish qiyin bo’lgan. Shu sababli paxta xom ashyosini yetishtirish sekin rivojlangan. Eli Vitney jin apparatining ixtirochisi hisoblanadi. U 1794 yilda jin apparati uchun patent oldi. Apparatning asosiy elementi doira shaklidagi arra bo’lib, tor tirqichdan o’tayotganda arra tishlaridan tola tirqich sirtiga o’rnatilgan moslama yordamida ilib olib qolinadi. Bu prinsip hozirgi zamonaviy jin apparatlarida ham saqlanib qolgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling