Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi
Ikki tomonlama munosabatlarni rivojida madaniy-gumanitar hamkorlikning o’rni
Download 0.54 Mb.
|
Maxmudov Dilshod
1.3. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojida madaniy-gumanitar hamkorlikning o’rni
Mamlakatning ijtimoiy-iqtiodiy jihatdan taraqqiy etishiga fan va texnikaning rivojlanishi bilan bog’liq omillar katta tasir ko’rsatadi. Bu borada xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy aloqlarni rivojlantirish, uni har tomonlama kengaytirish, hamkorlidagi loyihalar tuzish orqali ilm-fan sohasida yutuqlarga erishish mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi xisoblanadi. O’zbekiston Republikasining ilm-fan sohasidagi xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi asosiy o’rinni egallaydi. O’z FAning chet davlatlar bilan aloqalari soni yildan yilga ortib bormoqda. Masalan, O’z FA 1992 yilda 25 ta davlat bilan hamkorlik aloqlari o’rnatgan61 bo’lsa, 1994 yilda 30 dan ortiq mamlakat olimlari bilan 82 mavzu bo’yicha tadqiqot olib borgan va respublikamiz limit muassasalari 9 ta xalqaro dasturini tadqiq etishda ishtiro etdi62. O’zbekiston Rspublikasining YFD bilan ilm-fan sohasidagi hamkorlik O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi isntitutlari doirasida, shaxsiy tashabbuslar va xalqaro grantlar asosida malga oshirilmoqda. Ular o’rtasidagi aloqlar Fransiya bilan hamkorlik o’zining ko’p qirraliligi va samaradorligi bilan alohida ahamiyatga ega. Hozrigi kungacha O’z FA va Franisya o’rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik institutlararo shartnomalar doirasida ilmiy tajriba almashish va turli xil konferensiyalar,simpoziumlar va ilmiy uchrashuvlar ko’rinishida olib boriladi. O’zbek va Fransuz olimlari hozirgi vaqtda turli sohalarda hamkorlik rishtalarini o’rnatgan bo’lib, asosan fizika,astronomiya,arxeologiya,sharqshunoslik, geologiya,kimoy sohalari bo’yicha ilmiy hamkorlik olib bormoqdalar. Xususan O’z FA Astronomiya instituti NISSA universiteti bilan 15 yildan buyon quyosh global tebranishlarini o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu maqsadda Toshkent viloyatining Qumbel tog’ida kuzatish stansiyasi barpo etilib, fransuz spektrofotometru o’rnatilgan bo’lib , ushbu loyiha doirasida doimiy ravishda mutaxassislar almashinmoqda. O’z FA Geologiya va geofizika instituti ham bu borada ko’pgina ishlarni amalga oshirgan bo’lib, 1995 yil yanvarda instutut bilan J.Fure Universiteti (Grenobl) o;rtasida Yerning ichki kuchlari va trigger tasirlari ostida bo’ladigan O’zbekiston hududidagi seysmodinamikani o’rganish bo’yicha ilmiy-texnikaviy hamkorlik imzolandi. 2007 yilda O’z FA va Fransiya o’rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko’tarildi. Ikki mamlakat tadqiqotchilari o’rtasidagi ilmiy hamkorlikni mamlakatlardagi mavjud qonunlarga muvofiq va tomonlarning vakolatlari doirasida har ikki tomon manfaatlarini ko’zlagna holda chuqurlashtirish va rivojlantish mqsadida O’zbekiston Respublikasi Fnalar akademiyasi va Fransiyaning limit tadqiqot Milliy Markazi(CNRS) o’rtasidagi “Ilmiy hamkorlik” Bitimi imzolandi63. Unga ko’ra, tomonlar hamkorlikning fan va texnika sohasida ma’lumotlar tarqatish va ayrboshlash, doktorantlar tayyorlash, qo’shma loyihalar orqali olimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish, olimlar va post-doktorant darajasidagi mutaxassis;ar bilan almashinish, uchrashuvlar, anjumanlar, semenarlar va boshqa qo’shma ilmiy tadbirlarni tashkil qilishga kelishib olindi. Markaziy Osiyo tarixi, jumladan, O’zbekiston tarixi ushbu mintaqaning jahon tarixida tutgan o’rni va ro’li tufayli turli mamlakatlarnig ilm-fan doiralarining diqqat markazida bo’lib kelgan. Shu munosabat bilan bir necha yillar davomida Fransiya va O’rta Osiyo olimlar o’rtasida, bu sohadagi munosabatlar yaxshi ribojlangan. Ikki xalq o’rtasidagi ilm-fan sohalaridagi hamkorlik birinchi bo’lib arxeologiya sohasida o’rnatilgan. O’rta Osiyo va O’zbekiston tarixini o’rganishda hamda bu sohadagi xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, fransuz va o’zbek olimlari hamkorliklarini o’rnatishda Tarix va arxeologiya instituti asosiy o’rinni egallaydi. Hamkorlik aloqalari institu va markazlararo, shaxsiy tashabbuslar, grantlar asosida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari O’zbeiston olimlari o’zlarinig ilmiy salohiyatlarinin xorijiy ilmiy jurnallar va to’plamlarda maqolalari orqali ham jahon ilmiy integrasiyalashuv jarayonlarida ishtirok etdi. Bu yo’nalishdagi faoliyatning yildan yilga rivojlanib borayotganini maqolalar soni orqali ham bilish mumkin. Masalan, Tarix instituti ilmiy hodimlari 1992 yilda xorijas 3 ta maqola e’lon qilgan bo’lsa, 2000-2004 yil mobaynida bu ko’rsatkich 270 tadan ortdi64. O’z FA Tarix instituti bir necha yillardan buyon xalqaro grantlarda oshtirok etish bilan birga, Fransiyada o’tkazilgan xalqaro simpozium va seminarlarda ishtirok etib kelmoqda. Masalan, instituti olimlari prof.D.A.Alimova, prof S.Agzamxo’jaev, prof.E.E.Karimov, prof SH.Vohidov, t.f.d. Rajabov, t.f.n. M.I.Filonovich, t.f.n V.A.Germanov, t.f.n A.Malikov(SamDU), t.f.n. V.S.Xan va boshqalar xorijiy davlatlarda, shu jumladan Franisyada o’tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Ilmi hamkorlikning o’rnatilishi va bu sohadagi hamkorlik arexologik tadqiqotlarning keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. O’zbek va Fransuz arxeologlari o’rtasidagi hamkorlik munosabatlari XX asrning 50-yillarida o;rnatilgn. O’sha davrlarda M.E.Masson va akademik G.A.Pugachenkalar Eron va Afg’onistonda arxeologik qazishma ishlarini olib borgan R.Grishman bilan yozishmalar boshlagan. Oltmishinchi yillarda Afg’onistondagi Fransiz arxeologiya delegatsiyasi bilan Surx Kotal, Balx va Hisor shaharlarida arxeologik qazish ishlarini olib borgan D.Shyukberjier O’zbekistonfa tashrif buyurgan. Turli yillarda o’zbekiston arxeologlari A.Abdullayev, A.Asqarov,g.Pugachenka,E.Rtviladze, fransuz olimlari J.G.Gander, J.Ryusman, A.P.Franfor, F.Gorisanlar bilan aloqalar o’rnatganlar65. Bu sohadagig hamkorlik 1988 yilda Parijda bo’lib o’tgan Xalqaro kongressda yangi bosqichga ko’tarildi. Unda O’z FA Arxeologiya instituti o’zbek-fransuz olimlari birgalikda Afrosiyobda ilmiy izlanishlarni olib boorish to’g’risida 4 yilga mo’jallangan shartnoma imzolandi. Bu shartnoma 1992 yilda yana 4 yilga uzaytirildi. Ushbu shartnoma bo’yicha MAFOUZ- Baqtriya( Mission archeologique faranco-ouzbek) arxeologik ekspedisiyasi Qadimgi Temirz va Haytobodtepa yodgorliklarida tadqiqot ishlarini olib bordi. P.Lerish,qazish ishkarida 6 nafar fransuz va O’zFAning Ya.G’ulomov nomidagi Arxeologiya institutining uch nafar taniqli olimlari SH.Pidaev, T.Annaeva,Sh,Rahmonovaalr ishtirok etdilar. Buning natijasida Shimoliy Baqtiroiya ellinizm arxeologik yodgorliklariga oid yangi ilmiy ma’lumotlar olindi66. Tadqiqot ishlarida fransiyalik olimlar Pol Bernar, Klod Rapin (M.Isomiddinov bilan Ko’ktepa shahar harobasida ish olib bordi.), Lorian Martinez grek davriga oid to’rtburchak shakldagi bino qoldig’ini topdi. Frans Grene, Sebastiyan Strayt (Surxondaryo viloyati tarixiy geografiyasini o’rgangan), Pyer Jental(Surxondaryo viloyati irrigatsiyasi tarixi bilan shug’ullangan) qadimgi kulolchilik bo’yicha mutaxassis Bertill Lione kompyuterlashtirish bo’yicha mutaxassis shvesariyalik Klod Rapen hamda o’zbek arxeologlari (A.Anorboyeva, .Isomiddinov, Sh.Rahmatov) , tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasida Afrosiyob haroblari, Ko’ktepa shahar haroblarining taxmin qilingan yoshdan kamida yuz yil qadimiyroq ekanligi isbotlandi67. “Buxoro darvozasi”dan esa mahalliy lashkarboshilardan birining oti yugani, kumushdan yasalib, oltin suvi yuritilgan 240 dona bezaklar topildi68. O’zbek-fransuz arxeologlari tomonidan olib borilgan ishlar xalqaro jamoatchilikka O’zbekistonning arxeologik yodgorliklariga bag’ishlangan “Dossiers d’Archeologie” jurnalining maxsus sonida e’lon qilindi69. O’zbekistonning frankofon davlatlar bilan ilm-fan sohasidagi aloqalarida olimlar intellectual salohiyati va ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan shaxsiy tashabbuslar orqali hamkorlik olib bormoqda. Shulardan biri E.E.Karimov bo’lib, u mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ilmiy aloqalar o’rnatdi. Olimning birinchi ilmiy maruzalari 1995 yil mart oyida Parijdagi EHESS (Ecole des hautes etudes en sciences sociales) Ijtimoiy tadqiqorlar va fanlar Oliy maktabining professor va tdqiqotchilariga “Temuriylr davrida O’rta Osiyodagi tasavvuf” mavzusida maruza va 1997 yil mart oyi davomida “O’rta asrlarda O’rta Osiyo tasavvufi tarixi” mavzusida maxsus kursdagi maruzalaru bilan boshlandi. Buning natijasi Fransiyaga bir necha bor ilmiy safarlar uyishtirildi. Masalan,1997 yilda IFEAC da tadqiqotchi sifatida, iyun-iyul oylarida Parij tadqiqot markazi va kutubxonasidan foydalanib ilmiy faoliyatni davom ettirdi. Olimning uchunchi ilmiy safari 1999 yil noyabrdan 2000 yil maygacha davom etgan bo’lib, EHESS da tadqiqot olib bordi. 2000-2001 yillar davomida Didro stipendiyasi granti bo’yicha Fransiyada 3 oylik ilmiy safarda bo’ldi. Safarlar davomida fransiyalik sharqshunos olimlar va talabalarni konferensiya davra suxbatlari orqali O’rta Osiyoning o’rta asrlar tarixi madaniyati bilan yaqindan tanishtirdilar70. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qancha ilmiy maqolalar e’lon qilinib, O’zbekiston ilm-fani yangiliklarini jahonga tanitdi. Jahon jamoatchiligi tomonidan epigrafik yodgorliklarga qiziqish ortib bormoqda. Bu esa mamlakat olimlarining horijiy davlatlarga tanilishiga sabab bo’ldi. Bu borada tarix fanlari nomzodi B.Aminov O’rta Osiyo o’rta asrlar qabr toshlari epigrifikasi bo’yicha ko’pgina ishlar amalga oshirdi. MAXVAN BERCHAM fondining islom epigrifikasi bilan shug’ullanadi. Xorijiy mamlakatlarda o’tkazilgan konferensiyalarda71 va ilmiy jurnallarida dunyo xalqlarini boy tarixiy madaniy yodgorliklaridagi epigrafik manbalari va olib boradigan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirdi72. Tadqiqot ishlari olib borishda xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashish va chet ellik hamkasblar bilan hamkorlikda izlanishlar olib boeish ham muhim o’rin tutadi. B.Aminov 2004 yil 19 oktabrdan 2005 yil 18 yanvargavha Parij va Bordo shaharlarida DIDRO stpendiyasi bo’yicha 3 oylik malaka oshirish davrida Markaziy Osiyo, Eron,Afg’oniston, Hindi-Xitoy, Turkiya va Arab dunyosi manbalarini qiyosiy taqqoaslash imkoniga ega bo’ldilar. Tadqiqotning birinchi 3 oyi davomida Yevropa epigrafikasi va mutaxasisslar L.Kalyus, N.Vatin, M.Shyuppe bilan tanishib , ularning olib borayotgan tadqiqotlari va natijalari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar. Ilm-fan sohasidagi hamkorlikdagi aloqalarda xorijiy ilmiy-madaniy markazlar bilan aloqalar, ayniqsa arxitektura yodgorliklarini qayta tamirlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu sohadagi hamkorlikda Respublikamizning xorijiy hamkri “FER-PACT” fransuz assotsiatsiyasi samarali ishlar amalga oshirdi. 2007 yilda Akvitaniya hududiy kengashi O’zbekistonning Amir Temur davri arxitektura yodgorliklari (Samarqand,Buxoro,Shaxrisabz)ni o’rganish va saqalash bo’yicha “ARCHI-MAT” loyihasini yetarlicha mablag’ bilan tamirlashga qaror qildi. Bu loyiha 15 oy davom etib, unga ajratilgan mablag’ 53.500 yevroni tashkil qildi73. Xulosa qilib aytganda, jamiyatning taraqqiyoti ilm-fan, ijtimoiy sohalar, madaniyatnig gurkirab o’sishi unda istiqomat qilayotgan kishilarning intellectual salohiyati, kasbiy mahorati, tadbirkorligiga, manaviyy fazilatlariga bog’liq. Binobarin, o’zbekistonning frankfor davlatlar bilan hamkorlik jarayonlarining eng muhim masalaalridan biri oliy ta’lim va ilm-fanning ijtimoiy gumanitar sohaardagi munosabatlariga alohida urg’u berilgan. O’zbekistonning bu sohadagi siyosati Yevropaning Frankfor davlatlari va mamlakating oliy ta’lim va ilm-fan rivojidagi to’plagan tajribalarining eng ilg’or va ijobiy jihatlarini keng o’zlashtirishfa hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Zero, jamiyatning barcha sohalaridagi taraqqiyot, professional jihatdan yetuk kadralarga ega bo’lishni talab qiladi. Shuning uchun ham bu borada to’plangan tajribalar bilan o’rtoqlashish bugungi kunda katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasining Yevropa davlatlari bilan oliy ta’lim va ilm-fanning ijtimoiy gumanitar sohalaridagi hamkorligining rivojlanishi xorijiy stipendiyalarning joriy etilish, talabalar va professor o’qituvchilarning xorijdagi eng nufuzli oliygohlarfa o’qish va malaka oshirish, ular bilan doimiy aloqlar, talabalar hamda professor o’qituvchilar bilan o’zaro almashinish orqali amalga oshirildi. Shuningdek, tarix va ijtimoiy sohalarda ajdodlarning ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, ular qoldirgan manaviy va moddiy merosiga xalqaro jamoatchilikning qiziqishi ortdi. Hozirgi kunda mamlakatda ilm-fan sohasidagi islohotlar, tadqiqotchi olimlarga berilgan erkinlik, ularing xalqaro maydonda tashkil etilayotgan tadbirlar,grantlar, dasturlarda ishtrok etishini taminladi. Olimlar tomonidan fan sohalarida erishilayotgan yutuqlar, xorijiy davlatlar bilan xalqaro darajadagi hamkorlik munosabatlarining o’rnatilishiga olib keldi. Bu mamlakat ilm fan taraqqiyotiga sezilarli darajada tasir ko’rsatdi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling