Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari. Mexmonxonalar raqobatbardoshligi kirish 2
Download 0.6 Mb.
|
Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari
XULOSA VA TAKLIFLARMehmonlar nomerda yashashi davrida ularga xizmat ko‘rsatish yashash muddatini uzaytirish, mehmonni bir nomerdan boshqa nomerga o‘tkazish (zarur hollarda), yashash uchun haq olish, mijozning xohishiga qarab unga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Mehmonning jo‘nab ketishini rasmiylashtirish chog‘ida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun u bilan to‘liq hisob-kitob qilinadi (foydalanilmagan avans qaytarib beriladi), mijoz nomer va kalitni topshiradi. Mijoz bilan hisob-kitob naqd pul bilan ham, pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Qabul qilish xizmatining ishini yengillashtirish uchun axborot hisoblash tizimlari ishlab chiqilgan va tatbiq etilmoqda. Umumiy holda axborot hisoblash tizimi quyidagi to‘rt funksional qismdan tashkil topadi: joylarni oldindan buyurtma qilish kichik tizimlari; xizmatga doir axborot berilishini ta’minlash kichik tizimlari; navbatchi ma’mur kichik tizimlari; mehmonxona ma’muriyati kichik tizimlari. Axborot hisoblash tizimining imkoniyatlari juda keng. Joylarni oldindan buyurtma qilish jarayonini avtomatlashtirish bilan bir qatorda kelayotganlar ro‘yxatga olinadi, nomer fondining hisobi yuritiladi, mijozlarga to‘lash uchun hisobvaraqlar tayyorlanadi. Mehmonxona keng qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Zarur axborot olish, pasportlar va turistik hujjatlarni rasmiylashtirish, ekskursiyaga ro‘yxatga olish, valyuta ayirboshlash, teatr, muzey, konsert zallari, stadionlarga chiptalar sotish, samolyot, poyezd va boshqa qatnov vositalariga chiptalarni buyurtma qilish, ijaraga avtomobil olish shular jumlasidan. Ayrim mehmonxonalarda ish yuzasidan tashrif buyurgan mijozlar uchun biznes markazlari tashkil etiladi. Markaz mijoz ishlashi va kasbiy ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Biznes markazida hujjatlarni tarjima qilish, qayta chop etish ishlari bajariladi, kompyuter xizmatlari ko‘rsatiladi. Markaz teleks va faksimil aloqa vositalari, videomagnitofon va proyeksion apparatura bilan jihozlanadi. Poytaxtimizning chet ellik va mahalliy mehmonlariga mo‘ljallangan 175 ta barcha qulayliklari mavjud bo‘lgan ko‘rkam xonalar, shinam lobbi-bar va restoran, zamonaviy texnikalari bilan jihozlangan majlislar va yig‘inlar xonalari hamda trenajyor zali xizmat ko‘rsatadi. Hampton by Hilton Tashkent mehmonlari o‘z vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan, an'anaviy Hampton nonushtasi ham muhayyo bo‘ladi. Ushbu loyiha Wellmore Hotel Development ilk milliy boshqaruv kompaniyasi nazoratida bo‘lib, mehmonxonani loyihalashtirish bosqichlaridan boshlab, to xodimlarni ishga olish jarayonigacha Hampton by Hilton brend standartlariga muvofiq holda amalga oshirib kelmoqda. Wellmore Hotel Development bu kabi loyihalarni o‘z boshqaruviga olgan holda, O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirishda va o‘nlab ish o‘rinlari yaratishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hampton by Hilton mehmonxonalar tarmog‘i Hilton Worldwide kompaniyasining 18 brendi tarkibiga kirib, o‘z mehmonlariga maqbul narxlarda joylashish va Hamptonality (Xemptonaliti) standartlari bo‘yicha yuqori sifat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. 2020 yilda Travel Weekly Reader's Choice Awards jurnaliga ko‘ra 12 yil mobaynida, “O‘rta narx kategoriyasidagi eng yaxshi mehmonxonalar tarmog‘i” sifatida Hampton mehmonxonalari tan olingan. Hampton tarmog‘i ostidagi mehmonxonalar qulay, texnologik va yaxshi jihozlangan xonalar bilan ajralib turadi, ular mehmonxonalarning keng geografiyasi bilan birgalikda Hampton tarmog‘iga, o‘z segmentida yetakchi mavqeyini saqlab qolish va butun dunyoda rekord darajada rivojlanish sur'atini namoyish etishga yordam beradi. Hampton by Hilton sayyohlarga dunyo bo‘ylab 2600 dan ortiq mehmonxonalarni taklif etadi va yuqori darajadagi mehmonxona brendlari orasida xonalarning soni ko‘pligi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling