Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari. Mexmonxonalar raqobatbardoshligi kirish 2


I-BOB. Xizmatlar bozoridagi raqobat va raqobat strategiyalarining


Download 0.6 Mb.
bet2/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1516546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari

I-BOB. Xizmatlar bozoridagi raqobat va raqobat strategiyalarining


nazariy asoslari
    1. Raqobat tushunchasining mohiyati, shakllari va turlari


Raqobat kurashi ma’lum bir tizimga ega emas, shunga qaramasdan u bozor ishtirokchilarining aniq ifodalangan strategiyalariga asoslangan va bu strategiya ularni bozordagi manfaatlarini ximoya qilishi shart. Uzoq vaqt davomida «raqobat» tushunchasi ikki yoki undan ortiq shaxslar (raqiblar)ning yagona maqsad-yuqori foyda olish maqsadida mustaqil ravishda bir-biri bilan bellashuvi deb qaralib kelindi. Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod namoyondalaridan A.Smit, A.Kurno, F.Edjuort, Dj.Robinson, E.Chemberlin,
F.Xayek, A.Marshall, va boshqalar ko‘proq e’tibor qaratishgan.
Bu iqtisodchilarning muloxazalari raqobat tushunchasi va uning moxiyatiga, uning harakatlantiruvchi kuchi va bozorda narxning shakllanishiga ta’siriga ko‘proq karatildi. Klassik iqtisodiyot namoyondalaridan R.Bertran, O.Xerfindal, M.Rozenblyud, E.Lind, X.M.Meskon, M.Yu.Porter va boshqalar raqobat nazariyasini rivojlantirishdi, raqobatni baxolashning muqobil modellarini taklif etishdi.
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini belgilaydi. Raqobat ta’sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, daromadlar xajmining mexnat sarfi bo‘yicha diferensatsiyasi yuzaga keladi. Tarmoqlararo jixatdan raqobat foydanning o‘rtacha me’yorini yuzaga keltiradi, jamiyat ehtiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan tarmoqlarga kapital oqishini rag‘batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatishni belgilaydi1.
«Raqobat» tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ko‘pgina iqtisodchilarning diqqatini tortib kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda.





1Ye. M. Jix, A. P. Pankruxin, V. A. Solovev. Marketing: kak zavoyevat rinok? - L.: Lenizdat,1991.-47-b
A.Smitning ta’rifi bo‘yicha inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki aniqrog‘i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tanlaydi va shu ish bilan shug‘ullanadi., foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi2.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlarni o‘rtasidagi muraqkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi sarflangan harajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom-ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbaalari uchun ular orasidagi kurash bo‘ladi3.
Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning tarifiga uchta yondashuv mavjud. birinchisi raqobat bozorda bellashuv sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv klassik iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat-talab va taklifni muvozanatga keltiruvchi bozor mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga asoslangan bo‘lib tarmoq bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi4.
S.G.Svetunkov raqobat to‘g‘risida quyidagi tariflarni keltiradi:

  • monopoliyadan xoli sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning baxslashuvidir;

  • ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bellashuvi, raqib sifatidagi munosabati bo‘lib, bir biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori foyda olish uchun bozordan siqib chikarishidir;

  • bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash va yuqori foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir5.




2 Qarshiyev R.Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni). SamKI,Samarqand 2001. 104 b
3Sh.Shodmonov, T. Jo‘rayev Iqtisodiyot nazariyasi Toshkent: 2000 y, 146 b
S.G.Svetunkov tomonidan keltirilgan tarifga e’tibor beradigan bo‘lsak, monopoliyadan xoli sharoit ko‘zda tutilgan. Bizning fikrimizcha monopoliyadan xoli sharoitni monopoliya cheklangan sharoit deb qabul qilish zarur. Chunki monopoliya bozorda raqobatning butunlay yo‘q bo‘lishini bildirmaydi. Shu bilan birga barcha sub’ektlar uchun eng qulay sharoit, eng yuqori daromadga qaratilmasligi kerak, chunki iste’molchi tovar va xizmatlar uchun ma’lum qiymatni belgilaydi.
A.Y.Yudanovning fikricha raqobat- iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator muxim jixatlarga ega. Birinchidan: gap bozor raqobati xaqida ketmoqda, ya’ni raqobat- bozordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faqatgina o‘z tovar va xizmatlarini iste’molchilar uchun siljitish jarayonida sodir bo‘ladigan bellashuvdir. Ikkinchidan raqobat iste’molchilarning to‘lovga qodir cheklangan ehtiyoji uchun olib boriladi, agarda iste’molchi talabi biror bir sub’ekt tovar yoki xizmati bilan qondirilsa, qolganlari o‘z-o‘zidan taklif qilish imkoniyatidan maxrum bo‘lishadi. Uchinchidan raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo‘lgan segmentida rivojlanadi6.
P.S.Zavyalovning fikricha: «Raqobat –bozor muxitining ajralmas qismidir. Rivojlangan bozor raqobatsiz mazmunga ega emas. Bundan raqobatni o‘rganishning ahamiyati, darajasi va jadalligi, bozor imkoniyatlarini bilish darajasi, tanlangan bozorda bellashuvning kelajagini anglash kelib chiqadi7.
I.M.Kirsner o‘zining raqobat va tadbirkorlikka bag‘ishlangan kitobida shuni ta’kidlaydiki, bugungi kundagi ortodoksiya raqobatni “vaziyat” sifatidan ko‘ra “jarayon” sifatida talqin etadi. [49, s. 93-94]. ilan bog‘liq va zarur bo‘lganda raqobat mezonlarini ishlab chiqish kerak. Uning fikricha raqobat bozor jarayonining raqobat xususiyatini o‘rganish bilan bog‘liq va zarur bo‘lganda raqobat mezonlarini ishlab chiqish kerak.





6 Yudanov A.Y. Konkurensiya: teoriya i praktika: Ucheb. – prakt. posobiye. 3-ye izd., ispr. i dop. – M.: Kazakov: Gnom i D, 2001. – 29-30 s
7http://www.dis.ru/market/arhiv/1995/12/3.html. Zavyalov P.S. Konkurentosposobnost i marketing. Rossiyskiy ekonomicheskiy jurnal. – 1995. - № 12. – s. 50-55
Tovar va xizmatlar bozorida raqobat - bozor ishtirokchilari, aynan firmalarning o‘zaro bellashuv jarayonidir. O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida” gi qonuniga ko‘ra barcha tashkilotlar ma’lum litsenziya asosida tovar va xizmatlarni taklif etuvchi yuridik shaxslardir.
“Raqobat to'g'risidagi” qonunga muvofik tovar va xizmatlar bozori - korxonalarning mamlakat xududida va mamlakat tashkarisida faoliyat olib boruvchi soxasidir. Ushbu qonunga muvofiq tovar va xizmatlar bozoridagi raqobat korxonalarning biri-biri bilan tovar va xizmatlar taklif etish jarayonida joriy etilgan umumiy shartlar doirasidagi uzaro bellashuvidir.
Bozorning ma’lum tarmogidagi raqobatni o‘rganish jarayonida uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi quyidagi tushunchalarni bilish lozim:

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling