Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari. Mexmonxonalar raqobatbardoshligi kirish 2


II. Mexmonxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun raqobat strategiyalarni ishlab chiqish


Download 0.6 Mb.
bet9/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1516546
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Xizmatlar bozorida raqobat strategiyalari

II. Mexmonxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun raqobat strategiyalarni ishlab chiqish

    1. Mehmonxonalar raqobatbardoshligini oshiruvchi omillar tahlili


Raqobat, raqobatbardoshlik va raqobatda ustunlik borasidagi turli nazariykonsepsiyalar va amaliy yondashuvlar mavjud. Mazkur tushunchalarga xorijiyva mahalliy olimlar tomonidan berilgan ta’riflar qiyosiy tahlil etilib, quyidagichata’rif berish mumkin: “Raqobat – bu, subyektning o’zi uchun maqbul sharoitgaintilishida tovar yoki xizmatlarning narxi va sifati muvofiqligiga erishish yo’libilan iste’molchilarning ishonchini qozonishi, ko’zlangan pul manlag’lariga egabo’lishi uchun bozor subyektlari o’rtasida yuzga keladigan bahs, musobaqa kurashidir”13.
Raqobat va raqobatbardoshlik o’rtasida aloqadorlik mavjud bo’lib , biriikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxona (firma) larni raqobatbardoshtovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko’rsatishga undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o’lchov bo’lib, xususiyati, shundan iboratki, uniraqobat predmeti (mahsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo’llashmumkin. Raqobatdoshlik deganda, odatda, tovar ishlab chiqaruvchilarningminimal rentabellikni ta’minlaydigan narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlabchiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Raqobatbardosh tovarlar bozoricheklanib qolmaydi, makroqitisodiy mazmunga ega bo’ladi.
Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniqehtiyojlarini qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanishuchun sarflanadigan harajatlar darajalari bo’yicha uni, ya’ni mahsulot boshqashunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig’indisi tushuniladi.
Mahsulot raqobatbardoshligi – biror bir firma tomonidan ishlabchiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaragandayaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo’lgantovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish “qobiliyati”dir.
Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchiehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko’riladi. Ana



13 Safarov N. Ch. Xalqaro transport xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo’nalishlari: avtoreferati Toshkent-2012. 9-b.
shundatovarning raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchunjozibadorlik darjasini ko’rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat bozorda tanlanganini olish mumkin bo’lgan turli tovarlar, ular nomenklaturasining tez yangilanishi firmaoldidagi muntazam ishlab chiqariladigan mahsulotni xaridor qanday qarshioladi, tovar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligining sababi nimada, degansavollar qo’yadi. Bunday muammolarni tahlil qilish zaruriyatiga yangi buyumlarni ishlab chiqish narxi, ularni yaratish bilan bog’liq tavakkalchilikning oshishi sabab bo’ladi. Bularning hammasi korxonani ishlab chiqarilayotgantovarlar raqobatbardoshligini diqqat bilan o’rganishga majbur qiladi14.
Shu bilan birga raqobatbardoshlik – aniq bozor sharoitlarida boshqalarbilan musobaqada chidash imkoniyati hisoblanadi. Raqobatbardoshlik marketingtadqiqotlari natijalari bo’yicha aniqlanadi. U tovarning ham aniq ijtimoiy ehtiyojga moslik darajasi, ham uni qondirishga sarflangan harajatlar bo’yichauning raqib tovaridan farqini ifodalovchi tavsifidir.
Statistik ma’lumotlarga asosan, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari safar maqsadini o‘qish uchun deb belgilaganlar soni 1,24 ming kishiga (jami kirib kelganlarning 0,2 % i) teng, tijorat maqsadida kelganlar – 2,92 ming kishi (0,5 %), xizmat safari uchun – 13,64 ming kishi (2,2 %), davolanish uchun – 18,44 ming kishi (3,0 %), bo‘sh vaqt va dam olish uchun – 37,15 ming kishi (6,1 %). Eng ko‘p sayohatlarning maqsadlariga esa qarindoshlarni yo‘qlash deb belgilangan – 536,2 ming kishi (88,0 %). Tegishli davrning o‘tgan 2021- yiliga nisbatan xizmat safarlari 40,6 % ga, tijorat maqsadidagi safarlar – 43,8 % ga, bo‘sh vaqt va dam olish safarlari – 66,4 % ga oshgan. Qarindoshlarini ko‘rish uchun amalga oshirilgan safarlar 2,7 barobarga va davolanish safarlari 3,2 barobarga oshgan. Ammo o‘qish maqsadidagi safarlar, aksincha, 22 % ga kamaygan. Mamlakatimizga kelayotgan turistlar oqimini ko’paytirish, xizmatlar bozoridagi raqobat kurashida g’olib bo’lish, turistlarni o’z
14 Peregudov L.V., Fayziyev R.R. Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish. Toshkent “Moliya” – 2012. 26- bet.
mexmonxonalariga jalb qilish uchun mexmonxonalar turli raqobat strategiyalarni ishlab chiqishlari kerak.
O’zbekiston amaliyotida tovarlarga nisbatan “mahsulot raqobatbardoshligi”tushunchasi bilan amalda bir xil ma’noga ega “mahsulot sifati” tushunchasiko’proq qo’llanadi, chunki mahsulot sifati deb kamroq harajat qilib, xaridornimaqbul xolda qondirish xususiyati tushuniladi.
Mahsulotning raqobatdoshligi uning sifati va narxiga ko’ra shu turdagiboshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustunligi bilan belgilanadi.Firmalarning raqobatdoshligi esa turdosh, raqobatlashuvchi korxonalarganisbatan bir xil yoki o’rnini bosuvchi mahsulotlarni iste’mol xarakteristikalaribo’yicha sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda yetkazib berishimkoniyati bilan bog’liq.
Firmaning raqobatdagi ustunliklarini bir qator omillar belgilab beradi.Bularni ikki guruhga ajratish mumkin:

  • milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi;

  • makroiqtisodiy biznes muhitning sifati15.

Shvetsariyaning Davos shahrida har yili bo’lib o’tadigan Jahon iqtisodiyforumining ishtirokchilari ma’ruzalarida firmalar darajasidagi raqobatdoshlikto’rtta asosiy omil bilan bog’liq ekani ta’kidlanadi:

      • resurslar (mamlakatda korxona mahsulot ishlab chiqarishni yo’lgaqo’yishi uchun resurslarning mavjudligi, hajmi va sifati);

      • tashqi raqobat;

      • talab;

      • tarmoqlararo aloqalar.

Iste’molchi nazarida yuqoriroq sifati bilan ajralib turgan buyumlar raqobatustunligiga egadir. Ammo, bunday yondashishda mazkur mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imliligini material sig’imliligi, konstruksiyasining muhimxususiyatlari chekkada qolib ketadi.
15 Alimov R., Rasulev A., va boshq. O”zbekiston iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish muammolari:nazariya va amaliyot. –T.:Konsauditinform-Nashr. 2006, 14-b.
Tovar raqobatbardoshligining asosiy tashkil etuvchisi uning iste’molxususiyatlari va narxidir. Lekin tovarning bozor istiqbollari faqat sifat va ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq emas. Tovarning muvaffaqiyatli yokimuvaffaqiyatsizligi sabablari ta’minlovchining reklama faoliyati, nufuzi,texnikaviy xizmatning taklif etilayotgan darajasi kabi boshqa notovar omillarbo’lishi mumkin.
Lekin raqobatbardoshligini ta’minlash bo’yicha korxona faoliyatiningishlab chiqarishga oid bo’lmagan jihatlari qanchalik muhim bo’lmasin, asos –sifat, narx va texnikaviy xizmatdir.
Tovar raqobatbardoshligini oshirish uchun raqobatbardoshlikni miqdoriyo’lchash imkonini ta’minlash kerak, bu esa uning darajasini oshirish imkoniniberadi, iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi shaklida shunday miqdoriy ma’lumotniyig’ish mahsulot raqobatbardoshligini yaxshilash jarayonining muhimbosqichidir.
Miqdoriy ko’rsatkichlar tahlili joriy davrda raqobatbardoshlikdarajasi, uni oshirish zarurati darajasi, bu maqsadga erishish potensial usullarihaqida fikr yuritish imkonini beradi. Undan tashqari, aytib o’tilganko’rsatkichlardan foydalanib, boshlang’ich davrda ko’rilgan chora-tadbirlarsamarasiga baho berish mumkin. Tahlil qilinayotgan tovar raqobatbardoshliginio’lchash uchun mazkur va raqib tovarlar xizmatining me’yoriy muddatdafoydali samarasini tavsiflovchi sifat ma’lumotini hamda obyektlar hayotiysikllari davomidagi jami sarflarni bilish zarur. Menejer o’z firmasi buyumlari raqobatbardoshligini o’rgangandan keyin,ular raqobatbardoshligini oshirish va erishilgan darajada ushlab qolish uchunzarur bo’lgan aniq chora-tadbirlarni bajarishga kirishishi lozim. Bu yo’nalishdaish tovar raqobatbardoshligini boshqarishga yondashish jihatlarini tanlashdanboshlanadi.
Bunday yondashishlardan bir nechtasi ma’lum: tizimli, majmuiy,funksional.
Tizimli yondashish – asosida obyektlarni yaxlit tizim sifatida o’rganishyoki maxsus ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyot uslubidir. Tizimli yondashishningeng muhim tamoyillari quyidagilar:

  • qarorlar qabul qilish jarayoni oxirgi maqsadlarni aniq belgilash varavshan ifodalashdan boshlandi;

  • doirasida har bir xususiy yechimning barcha oqibatlari va o’zarobog’lanishlari aniqlanadigan butun muammo bir butunlik, yagona tizimdekko’riladi;

  • maqsadga erishishning imkoni bo’lgan muqobil yo’llarini aniqlash vatahlil qilishning xosligi;

  • ayrim kichik tizimlarning maqsadlari butun tizim maqsadlari bilan to’qnashish mumkin emas.

Tizim – ma’lum yaxlitlik, birlikni hosil qiladigan munosabat va aloqalardabo’lgan elementlar majmuasi. Tizimli tahlil tamoyillaridan kelib chiqib, marketing tadqiqotlari asosida avval tovar yoki xizmatlar parametrlarishakllantiriladi: nima chiqarmoq, qanday sifat ko’rsatkichlari va qanday sarflarbilan, kim uchun qaysi muddatda, kimga va qanday narxda sotmoq kerak?
Eng avvalo, tovar me’yorlari bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi kerak. Undan keyinresurslar va ma’lumotnoma kerakligi, ishlab chiqarishning tashkiliy- texnikaviydarajasi (texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkilqilish) va tashqi muhit parametrlari (siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiydemografik, mamlakatlar madaniy muhiti va mazkur mintaqa infratuzilmasi) nio’rganib, nimalarni oldindan ko’rish mumkinligi aniqlanadi.
Tovar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun tovar iste’molchiga uchuntovar iste’molchiga yetkazilib beradigan paytgacha marketing tadqiqotlarinatijalari jahon yutuqlari darajasida bo’lishi, muhit tizim ichida jarayonlarme’yorida kechikishiga ko’maklashishi kerak.
Ammo shuni qayd qilish kerakki,oldin tizimning chiqishiga, keyin chiqishiga va faqat undan keyin jarayongabo’lgan talablar shakllantiriladi. Boshqacha aytganda, oldin tashqi muhit bilanbo’lgan munosabatlarni aniqlash kerak va faqat undan keyin jarayon sifatinioshirish ustida ishlash lozim.
Mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishga bunday yondashish tovarnibozorga tatbiq qilish paytiga uni ishlab chiqarish eng yaxshi jahon
namunalaridarajasida ta’minlashiga da’vat qiladi. Mahsulotni yangilash rejalashtirilgandaraqiblardan o’zib ketish uchun tovarga qo’yiladigan bo’lajak talablar muhimko’rsatkichlari rivojlanishining tendensiyalarini oldindan ko’rish uchun sifatlima’lumotdan foydalanish kerak.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling