Xizmatlar qiymati tushunchasi Reja


Download 33.4 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi33.4 Kb.
#1051096
  1   2   3
Bog'liq
Усмонов Комолиддин


Xizmatlar qiymati tushunchasi
Reja

  1. Xizmatlar sohasi korxonalarining marketing kompleksida narxi

  2. Xizmatlar bozorida narxni shaklantirish usullari.

  3. Narx aksiyalari. Narxni modifikatsiya qilish. Narxga oid diskriminatsiya

1.Xizmatlar sohasi korxonalarining marketing kompleksida narx Narx firmaning bozor taklifining bir qismi sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Narx xaridorlar idrok qilishiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi. Xaridorning mahsulot ochiqligi, sifati va boshqa tavsifnomalari haqidagi fikri bilan birgalikda bu omil boylikni umumiy idrok qilishni shakllantiradi. Sotuvchilar uchun mahsulot narxi nafaqat u bilan savdo qilish foydali ekanligini, balki bozor taklifining qolgan barcha jihatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan sof foydani ham belgilab beradi. Narx - xizmatning hayotiylik davrini rejalashtirishda muhim strategik ko‘rsatkich hisoblanadi. Narx - xizmat uchun to‘lanadigan pul miqdori. Keng ma’noda bu - iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etish imkoniyati va kelgusida xizmatdan foyda va naf olish uchun to‘laydigan pul miqdoridir. Shuningdek, keng ma’noda iste’molchi uchun xizmat narxi bu – xizmatni xarid qilish bilan bog‘liq barcha sub’ektiv va ob’ektiv xarajatlardir. Sub’ektiv xarajatlar – vaqt, qulaylik yoki qo‘ldan chiqarilgan foyda kabi nomoddiy resurslar «sarfi». Ob’ektiv xarajatlar – xizmat narxi va xaridorning pul shaklidagi yoki boshqa moddiy vositalari har qanday qo‘shimcha beganalashuvidir. Narx shakllantirish erkinlik darajasini belgilab beradigan omillar quyidagilardir: ➢ buyurtmachi firma taklifidan olishni kutadigan baho; ➢ raqobat darajasi; ➢ xizmatning o‘ziga xosligi (unikallik); ➢ ta’minotchi va xaridor o‘rtasidagi kuchlar balansi. Iste’molchini motivatsiyalash uchun narx omilining ahamiyati turlicha bo‘ladi. Masalan, raqobatchilarda amalda bir xil servis to‘plami bo‘lgan hollarda xarid haqida qaror qabul qilishda narx asosiy omilga aylanadi, bunga yorqin misol – uyali aloqa operatorlarining takliflari. Xizmatlarning his qilib bo‘lmaslik xarakteri narx shakllantirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ko‘plab xizmat turlari, masalan, maslahat xizmatlari uchun narx 268 shakllantirishning qonunlashtirilgan qoidalari yo‘q. Xizmatlar sohasi sotuvchi va xaridor o‘rtasida yuqori darajadagi o‘zaro aloqa sohasi ekanligi sababli tovar ishlab chiqarishi uchun dolzarb bo‘lmagan, narx xizmatni ko‘rsatuvchi mutaxassis malakasiga va sifat standarti chegarasi balandligiga qarab o‘zgarishi lozimmi degan yana bir masala yuzaga keladi. Firmaning narx siyosati maqsadlari: ➢ foydani maksimallashtirish (uzoq muddatli yoki qisqa muddatli); yuqori chegarasi firmaga maksimal foyda olish imkonini beradigan narx darajasiga erishish; ➢ firmaga «normal» foydani ta’minlash (ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va o‘rtacha me’yorda foyda olish); ➢ iqtisodiy o‘sish; ➢ bozorni barqarorlashtirish; ➢ iste’molchilarning narx sezuvchanligini pasaytirish; ➢ narx bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish; ➢ potensial raqobat tahdidining oldini olish; ➢ narxga oid raqobat siyosati yuritish; ➢ eng kuchsiz raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish; ➢ davlat cheklovlarini aylanib o‘tish yo‘llarini izlab topish; ➢ firma va uning xizmatlari imidjini oshirish; ➢ narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat siyosati yuritish; ➢ halol firma nufuzini shakllantirishga intilish; ➢ xaridorning e’tiborini jalb qilish va unda qiziqish uyg‘otish istagi; ➢ raqobatchilar imidji bilan taqqoslaganda kuchliroq imidj shakllantirish istagi; ➢ raqobatchilarni narx bosimi tahdidi ostiga qo‘yish; ➢ o‘z assortimentidagi ayrim xizmatlarning bozor pozitsiyasini kuchaytirish; ➢ o‘z xizmatlariga talabni kengaytirish; ➢ bozorda yetakchi pozitsiyalarni egllashga intilish. Narx belgilashda kamida ikkita strategik qaror qabul qilish zarur. Birinchi qaror makrosegmentlashga – firma ularga xizmat ko‘rsatadigan mijozlarni tanlashga aloqador. Ikkinchi strategik qaror – tovar strategiyasini belgilash, chunki mahsulotni 269 raqobatlashuvchi takliflar o‘rtasida mohirona joylashtira olish zarur. Tovar strategiyasida firmaning marketing faoliyati umumiy maqsadlariga mos keladigan narx shakllantirish maqsadlarini belgilashga olib keladigan narxning rolini aniqlash lozim. Bu harakatlar ham iqtisodiy, ham psixologik nuqtai nazardan mijoz uchun mahsulot qimmatini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Klassik narx strategiyalari keltirilgan.
Klassik narx strategiyalari Yangi bozor qatnashchilarinnig narx strategiyalari Eski bozor qatnashchilarinnig narx strategiyalari Bozorga kirib borish narx strategiyasi Sotuv kanali qatnashchilariga funksional chegirmalar taqdim etish Standart narx shakllantirish Raqobatchilar narxi darajasida narx belgilash Innovatsion servis takliflariga yuqori narx belgilash Ochiq narx raqobati Narx «shaffof»ligidan qochish Narxlarni bog‘lash strategiyasi Narx differensiatsiyasi Iste’molchilarni shartnomalar bilan ushlab qolish Xizmatlar paketini taklif qilish Ikkiyoqlama narx shakllantirish tizimi Integratsiya strategiyasi Xizmat sifati va narxi o‘rtasida kombinatsiyalar tanlash strategiyasi Narxlarni taklif etilayotgan xizmatlar assortimenti bo‘yicha pog‘onama-pog‘ona pasaytirish Chegirmalar tizimidan foydalanadigan raqobatchi bilan pozitsiyani muvozanatlash uchun bepul xizmatlar joriy qilish Narx siyosati – marketing kompleksining yetarli darajada harakatchan elementi va moslashuvchan vositasi bo‘lib, shu sababli xizmatlar ta’minotchisi bo‘lgan firmaning narx siyosati doirasida yetarli darajada ko‘plab muqobil narx strategiyalari taklif etilishi mumkin.
Firmaning narx strategiyasi muqobil variantlari Strategik muqobil variantlar Mumkin bo‘lgan asoslab berishlar Oqibatlar Narxni ushlab qolish, lekin mijozlarning bir qismini yo‘qotish Iste’molchilar ishonchi Firma mijozlarining bir qismini raqobatchilarga berishga majbur Bozor ulushi qisqaradi, foyda pasayadi Servis mahsuloti va uning reklamasini yaxshilab, narx va iste’mol bahosini ko‘tarish Yuqori narx xarajatlarni qoplash uchun zarur. Narxni ko‘tarish sifatning yaxshilanishi bilan oqlanadi Bozor ulushi qisqargan holda foyda saqlanib qoladi Narxni ushlab qolish va Narxni pasaytirish o‘rniga Bozor ulushi qisqaradi, 270 iste’molchilarning xizmatga munosabatini yaxshilash iste’mol bahosini oshirish – tejamkorroq variant foydaning qisqa muddatli pasayishi, so‘ngra ortishi ro‘y beradi Narxni biroz pasaytirish va iste’mol bahosini oshirish Iste’mol bahosini ko‘tarish uchun narxni pasaytirishga to‘g‘ri keladi Bozor ulushi saqlanib qoladi, lekin chiqarishning ortishi hisobiga kelgusida o‘sgan holda foydaning qisqa muddatli pasayishi ro‘y beradi Narxni raqobatchilar narxi darajasigacha tushirish, lekin yuqori samaradorlikni saqlab qolish Raqobatchining narx hujumi imkoniyatlarini pasaytirish Bozor ulushi saqlanib qoladi, lekin qisqa muddatli foyda qisqarishi bilan Nar va samaradorlikni raqobatchilar narxi va samaradorligi darajasigacha tushirish Raqobatchining narx hujumi imkoniyatlarini pasaytirish va foyda hajmini saqlab qolish Bozor ulushi va foyda me’yori saqlanib qoladi, keyinchalik esa pasayadi Narxni ushlab turish va sifat hisobiga samaradorlikni pasaytirish Marketing xarajatlarini pasaytirish, xarajatlarda tejab qolish Bozor ulushi qisqaradi, foyda me’yori saqlanib qoladi, keyinchalik esa pasayadi Muvozanatli narx shakllantirish ko‘plab omillar ta’siri ostida ro‘y beradi (7.1- rasm). Bozor sub’ektlari motivatsiyasiga ta’sir etuvchi boshqa omillardan ajralgan holda narx bozorga bir ma’noda ta’sir etishga imkon beradigan vosita hisoblanmaydi. 271 16.1-rasm. Xizmatga muvozanatli narxni shakllantirish Narx belgilash usuli 16.2-rasmda taqdim etilgan chizma bo‘yicha tanlab olinishi mumkin. Narx shakllantirish vazifalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Bunga eng yorqin misol – uyali aloqa xizmatlari tariflaridir. Ularning dastlabki darajasi juda yuqori bo‘lgan, chunki xizmat tanlangan kishilarga xos deb qabul qilingan, eng mos keladigan strategiya esa «qaymog‘ini olish» strategiyasi bo‘lgan. Keyinchalik ko‘plab omillar ta’siri ostida strategiyani qayta ko‘rib chiqish ro‘y berdi va endilikda uni bozor ulushidagi yetakchilik, raqobatga moslashish va foydani maksimallashtirish strategiyalarining kombinatsiyasi sifatida tavsiflash mumkin. Xaridorlar bozori (xaridorlar manfaatlari) Ehtiyojlar strukturasi Talab hajmi To’lovga layoqatli talab darajasi Talab narxi Xizmat narxi To’ldiruvchi xizmatlar narxi O’rinbosar xizmatlar narxi Taklif narxi Ishlab chiqarish va muomala Foyda xarajatlari Sotuvchilar bozori (sotuvchi manfaatlari) 272 16.2-rasm. Narx belgilash usulini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish chizmasi Narxni sezuvchanlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar 1) unikal qiymat – agar xizmatning raqobatchisi bo‘lmasa yoki u unikal, hayotiy muhim naf keltiradigan bo‘lsa, xaridorlar narxga kamroq e’tibor qaratadi; 2) o‘rinbosar-xizmatlar haqida xabardorlik - xaridorlar agar o‘rinbosarxizmatlar haqida xabardor bo‘lmasa, narxga kamroq e’tibor qaratadi; Firma stratеgiyasi еtakchilik diffеrеntsiatsiya markazlashuv Ma'qul kеladigan joylashtirish Narx shakllantirish stratеgiyasi maqsadlari Sotuv hajmini oshirish Foyda massasini oshirish Boshqa maqsadlar Xarajatlar tahlili Talab tahlili Narx elastikligini tadqiq etish Istе'mol qiymatini ўlchash Eng maqbul kеladigan narx topish Raqobat tahlili mukammal diffеrеntsiyalan magan mukammal innovatsion Bozor narxi Nisbiy narx Maksimal ma'qul kеladigan narx Kirib borish narxi 273 3) taqqoslash qiyinliklari - agar xizmat ko‘rsatish jarayonini raqobatchilarning xuddi shunday xizmatni ko‘rsatish jarayoni bilan taqqoslash imkoni bo‘lmasa, xaridorlar narxga kamroq e’tibor qaratadi. Xizmatlar sohasida taqqoslash qiyiliklari samarasi kuchli va o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi: ushbu xizmatda uning ashyoviy tarkibiy qismlari qanchalik kam ahamiyatli bo‘lsa, mijozlarning turli firmalar xizmatlarini taqqoslashi shunchalik qiyin bo‘ladi. Aytaylik, ta’mirlash ishlarini umuman olganda, xarid qilgunga qadar, turli firmalar tomonidan ta’sirlangan binolarni borib ko‘rgan holda ham baholash mumkin. Lekin uyali aloqa operatorining xizmati sifatini faqat uning mijoziga aylangach baholash mumkin bo‘ladi. Mos ravishda, ashyoviylik darajasi eng past bo‘lgan xizmatlarni sotuvchi firmalar narx belgilashda oson taqqoslanadigan moddiy mahsulotlar yaratish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalardan ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi; 4) arzon yakuniy xizmat samarasi - ularning xarajatlari umumiy xarajatlarga (daromadga) nisbatan qanchalik past bo‘lsa, xaridorlar narxga kamroq e’tibor qaratadi; 5) xarajatlarni taqsimlash samarasi - agar xarajatlarning bir qismini boshqa tomon sarflasa, xaridorlar narxga kamroq e’tibor qaratadi; 6) «narx – sifat» samarasi - xizmat yuqoriroq sifatga, nufuzga va eksklyuzivlikka ega deb hisoblanadi. Qator holatlarda mijozlar hatto xizmatlarga pul to‘lagan va ularni iste’mol qilganidan (olganidan) so‘ng ham xizmatlar sifatini ob’ektiv baholay olmaydi. Bu tibbiyot va ta’lim xizmatlari sohasida aniq namoyon bo‘ladi. Bundan narx shakllantirish sohasidagi yana bir samara – sifatni narx orqali baholash kelib chiqadi. Aytib o‘tilgan xizmatlarga nisbatan xaridorlarning narx sezuvchanligi pasayadi va narx xizmat sifatining indikatoriga aylanadi. Bosqichlarga ajratgan holda xizmatning boshlang‘ich (bazaviy) narxini hisobkitob qilish jarayoni 16.3-jadvalda, firmaga narxlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot turlari ro‘yxati esa – 16.4-jadvalda aks ettirilgan. 274 16.3-jadval Bosqichlar o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda xizmatning boshlang‘ich (bazaviy) narxini bosqichma-bosqich hisob-kitob qilish Tahlil bosqichi Bosqich mazmuni va o‘ziga xosliklari Tahlil vazifalarini qo‘yish Firmaning jon saqlashi Foydani maksimallashtirish Bozor ulushini barkarorlashtirish Talabni aniqlash Yuqori narx chegarasini aniqlash Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobkitob qilish Quyi narx chegarasini aniqlash Raqobatchining tovarlari va narxlarini tahlil qilish Raqobatchining tovarlari va narxlarini o‘rganish Narx shakllantirish usulini tanlash Berilgan tannarxda joriy narxlar asosida O‘rtacha xarajatlar plyus foyda Zarar ko‘rmaslik va maqsadli foyda olish Xizmatning «his qilinadigan» qiymati Raqobatchilarga yo‘nalganlik Yakuniy narx variantini belgilash Taklif boshlang‘ich narxi Yakuniy narx belgilash Yakuniy sotuv bazaviy narxi narxga tuzatish kiritish Hayotiylik davri bosqichi va unga boshqa omillar ta’siriga qarab xizmat narxiga tuzatish kiritish 16.4-jadval Firmaga qaror qabul qilish uchun zarar bo‘lgan axborot turlari ro‘yxati Ob’ekt Savol Bozor, xizmat Firma xizmatlari qaysi bozor segmentida sotiladi? Xaridorlar xizmatga nisbatan qanday talablar qo‘yadi? Xizmatning yangilik darajasi qanday? Raqobatchilar xizmati sifati bilan taqqoslaganda xizmatning sifati qanday? Asosiy raqobatchilar kimlar? Taqqoslanadigan xizmatlar bo‘yicha narxlar darajasi nisbati qanday? Sotuv hajmining o‘sish istiqbollari qanday? Firmaning xaridorlar, jumladan, potensial xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish qobiliyati qanday? Yaqin yarim yil bir yarim yilda qanday kon’yunktura kutilmoqda? Xizmatni modifikatsiya qilishga zarurat bormi? Xizmat narxi xaridor tomonidan adolatli deb qabul qilinadimi? Raqobat, hukumat siyosati Raqobatchi firmalar bozorda qanday xizmatlar taklif qiladi? Hukumat siyosatining bozorga ta’siri qanday? Raqobatchilar qanday bozor ulushini nazorat qiladi? Narxlarni o‘zgartirish uchun imkoniyat bormi? Qanday firmalar federal shartnomalar bo‘yicha doimiy ishlaydi? Raqobatchilarning moliyaviy holati qanday? Bozor sharoitlari sezilarli o‘zgarganda raqobatchilardan qanday harakatlar kutiladi? Ishlab Firmaning hozirgi paytdagi xizmat ko‘rsatish hajmi qanday? 275 Ob’ekt Savol chiqarish, xarajatlar, foyda Sotuvdan olingan tushum, foyda va xarajatlar o‘rtasida nisbat qanday? Mavjud xizmat ko‘rsatish jarayoni sifati va darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun qanday xarajatlar talab etiladi? Ishlab chiqarish hajmining sotuvdan olinadigan tushumga va foydaga ta’siri qanday? Xizmat ko‘rsatish ko‘lamining o‘zgarishi va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tuzatishlar kiritish xarajatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Qaysi xarajatlarning narx bo‘yicha qaror qabul qilishga aloqasi bor?

Download 33.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling