Xlorid va sirka kislotasi aralashmasini potensiometrik aniqlash. Nitrit kislotani potensiometrik aniqlash
Download 33.07 Kb.
|
Xlorid va sirka kislotasi aralashmasini potensiometrik aniqlash.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Patensiometrik analiz
Xlorid va sirka kislotasi aralashmasini potensiometrik aniqlash. Nitrit kislotani potensiometrik aniqlash Xlorid va sirka kislotasi aralashmasini potensiometrik aniqlash. Nitrit kislotani potensiometrik aniqlashReja Patensiometrik analiz Xlorid va sirka kislotasi aralashmasini patensiometrik aniqlash Nitrit kislotani patensiometrik aniqlash Xulosa Foydalaniladigan adabiyotlar 1.Patensiometrik analiz1.Patensiometrik analiz Potensiometriya usuli o`tgan asrdan ma`lum bo`lsa-da, u Zyorensen pH haqidagi tushunchani fanga kiritgandan (1909-y.) so`ng tez rivojlanib ketdi. Potensiometrik analiz bevosita va bilvosita usullarga bo`linadi. Bevosita potensiometriya usulida potensialni belgilovchi moddaning aktivligi elektrod potensialini aniqlash asosida topiladi. Bu usul ionlarning aktivligini to`g`ridan-to`g`ri aniqlashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. U quyidagi turlarga bo`linadi: pH-metriya — eritmalarning pH qiymati, kislota va asoslarning (protolitlarning) kislota-asosli konstantalari, protolitik xususiyatga ega bo`lgan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari va shu kabilarni aniqlashga imkon beradi. Ionometriya —pH-metriyaning rivojlanishi natijasida mustaqil usul sifatida shakllangan zamonaviy usullardan biri. Bu usulda indikator elektrodi vazifasini turli xil ion selektiv elektrodlar bajaradi. Oksredmetriya — oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va oksred juftlarning potensiallarini tekshirishga asoslangan usul bo`lib, uning yordamida oksred juftlarning standart va real potensiallari, ular yordamida esa turli xil konstantalar hamda kinetik kattaliklar aniqlanadi. Bevosita potensiometrik usullar kimyoviy va elektr kimyoviy reaksiyada qatnashuvchi elektronlar soni, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik va aktivlik koeffitsientlari kabilarni aniqlash imkonini beradi. Bilvosita potensiometriya usuli qisqa tarzda potensiometrik titrlash deb yuritilsa-da, aslida titrlashning oxirgi nuqtasini potensiometrik aniqlash deb qaralmog`i lozim . Potensiometrik titrlash usullari kislota-asosli (protolitometrik), oksidlanish-qaytarilish (oksredmetrik), komplekslanish va cho`ktirish reaksiyalari asosida moddalarni aniqlash va tekshirish uchun keng qo`llaniladi. Shu negizda moddalarning konsentratsiyasigina emas, balki ularning turli xil konstantalarini ham aniqlash mumkin. Download 33.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling