Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishdir, ya`ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli
fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida
tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo
yo‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil
o‘tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustivorligini
qaror toptirish, milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, boy milliy madaniy
tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg‘otish,
respublikaning jahondigi mavqei va obro‘-e`tiborini mustahkamlanib borishigi
erishish.
Uning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. Vazifalari ―Ta`lim
to‘g‘risida‖gi O‘zRning Qonuniga muvofiq ta`lim tizimini isloh qilish; ta`lim va
kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida ta`lim tizimini yagona
o‘quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni ta`minlash;
ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish,
rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar
tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash,
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishdan iborat.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari:
1. SHaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim
soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
2. Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafili.
Do'stlaringiz bilan baham: |