3. Uzluksiz ta`lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib,
ta`limni barcha turlarini davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
4. Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi
ilg‘or pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi
56
5. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan extiyojni, shuningdek ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan
ta`minlash jarayonining qatnashchisi.
Oliy ta'lim o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki
(bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.
Bakalavriat - ta'lim yo`nalishi buyicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, o`qish muddati kamidaturt yil bo`lgan tayanch oliy ta'limdir.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat
attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb buyicha «bakalavr» darajasi beriladi va
davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan
shug`ullanish hukuqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura - aniq mutaxassislik buyicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Magistrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
yakunlariga binoan "magistr" akademik darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini
beradigan diplom topshiriladi.
Shuningdek fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma
asosida olishga haqli ekanligi belgilab berilgan.
Uzbekiston Respublikasi «Ta'lim to`g`risida»gi Qonunining 3-moddasida
ta'lim sohasidagi daalat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berilgan bo`lib,
unga ko`ra ta'lim Uzbekiston Respublikasi ijtimoiy tarakkiyoti sohasida ustuvor
deb e'lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |