Xodimlari kasaba uyushmasi


Kasaba uyushmasi qo‘mitasimuassasada


Download 220.22 Kb.
bet14/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

Kasaba uyushmasi qo‘mitasimuassasada bandlikni ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 27-moddasi).

  • Ish beruvchi maktabda xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlarga jalb qilmaydi.

  • Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Maktab xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlarga jalb qilinishining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.


    IV. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI


    1. Pedagog xodimlar haftalik ish soati, ish yuklamalari,  mehnat taqsimotlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyulidagi 9-mx-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga muvofiq belgilanadi.

    Boshqa xodimlar uchun quyidagicha haftalik ish soatlari belgilanadi:

    - 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun 36 soat;

    - zararli sharoitda ishlovchilar uchun (laborantlar, maxsus farroshlar) 36 soat;

    - normal sharoitda ishlaydigan xodimlar va rahbarlar uchun 40 soat

    - I va II guruh nogironlari uchun 36 soat.

    Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaqti, maktab ichki mehnat tartibidan kelib chiqib belgilanadi.



    1. Dars soatlari taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda 3271-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 15-bandi bilan tartibga solinadi.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda xodimning iltimosiga ko‘ra unga to‘liqsiz ish vaqti belgilab qo‘yilishi shart:

    a) oila a’zolaridan birining betobligi;

    b) ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borilishi;

    v) profilaktik davolanish zaruriyati;

    g) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar tufayli xodimlar soni qisqarishining oldini olish.



    1. Maktabda faoliyat yuritadigan qorovullar hamda mavsumiy ishchilar uchun ish vaqti smena shaklida sutkasiga o‘n ikki soatdan oshmagan holda tashkil qilinadi. Smenada ishlash bo‘yicha grafik shakllantirilib, xodimlar bilan tanishtiriladi va ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi. Grafik asosida tabel rasmiylashtirilishi lozim.

    2. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.

    3. Xodimlarni kechki vaqtlarda, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga quyidagi asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi:

    a) tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda;

    b) o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yakuniga etmaganda, bunda pedagoglar faqat funksional vazifalaridagi ishlarga jalb qilinishi mumkin.

    Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Ish beruvchining Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilgan yozma farmoyishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.


    1. Maktab xodimlariga mehnat ta’tillari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 1997 yil 25 iyunda imzolangan xalq ta’limi tizimi xodimlari lavozimlari uchun belgilangan uzaytirilgan ta’tillar ro‘yxati va ta’tillar jadvaliga muvofiq beriladi (2-ilova) .

    2. Xodimlarga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur tashkilotga ishga kirgan vaqtidan qat’i, nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda yozgi ta’til davrida to‘liq beriladi. Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim. Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko‘ra joriy yilda ta’tilni to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n ikki ish kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilmog‘i lozim.Yillik asosiy ta’til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida beriladi (MK 143-modda).

    3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi «Rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmonlariga binoan qo‘shimcha dam olish kun(lar)i deb belgilanadi.

    Qo‘shimcha dam olish kun(lar)i har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini qisqartirish hisobiga qoplanadi, har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qo‘shimcha dam olish kun(lar)i ham qo‘shiladi.

    Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirishni hisobga olgan holda ham yillik ta’til davomiyligi 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi ta’minlanadi.



    1. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanib qolinadigan ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni o‘z zimmasiga oladi:

        • yaqin qarindoshi vafot etganda - 3 kun;

        • xodim va uning farzandining to‘y marosimini o‘tkazishga - 3 kun;

        • kumush-oltin to‘ylarda -2 kun;

        • yangi uyga ko‘chganda – 2 kun;

    Yaqin qarindoshlar deb: xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi va uning turmush o‘rtog‘i hisoblanadilar.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlar toifalaridan tashqari quyidagi xodimlarga mehnat ta’tili ularning hoxishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda beriladi:

    a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20 martdagi 153-sonli qaroriga asosan ijtimoiy ahamiyatga molik kasallik bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga;

    b) betob oila a’zosini parvarishlayotgan xodimlarga;

    v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi PF-3878-sonli Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga;

    g) ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga;



    1. Navbatdagi mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimga Ish beruvchi tomonidan sog‘ligini tiklash uchun qo‘shimcha moddiy yordam beriladi. Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

    2. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan Ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

    3. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning hoxishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.



    Download 220.22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling