Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish;
b) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillarini Maktab boshqaruvining organlariga saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish;
v) kasaba uyushmasiga xos uslublar yordamida Maktabning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish;
g) ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashish;
d) Maktabni boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish;
e) xodimlarni ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
z) tarmoq ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish, shuningdek, elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tarmoq ko‘rik-tanlovida ishtirok etish;
i) ijtimoiy himoyalash, ta’lim sohasini rivojlantirish kabi Prezident Farmonlari, Hukumat qarorlari yuzasidan o‘quvlar tashkil qilish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Xodimlar:
a) o‘z mehnat vazifalarini halol bajarish, Ish beruvchining farmoyishlari va buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish;
b) ichki mehnat tartibi qoidalariga, o‘rnatilgan mehnat rejimiga va mehnat intizomiga rioya qilish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |