Xodimlari kasaba uyushmasi


Tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi


Download 220.22 Kb.
bet6/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

Tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi

O‘rta Chirchiq tuman 44-umumta’lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini qabul qilish to‘g‘risida o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishning


OLIB BORISH TARTIBI
2021 yil “7-” yanvar O‘rta Chirchiq tuman
Raislik qiluvchi: 44-sonli umumta’lim maktabi direktori G.Saidov .
Assalomu-alaykum aziz do‘stlar!
O‘rtachirchiq tuman 44-umumta’lim maktabi jamoasi umumiy yig‘ilishida 35 nafar maktab xodimlaridan 35 nafari ishtirok etishmoqda. Shuningdek, bugungi yig‘ilishimizda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Chirchiq tuman bo‘linmasi kengashi raisi –A.Ermekbayev ishtirok etmoqdalar.

Yig‘ilish tarmoq Ustavi talabiga ko‘ra ish boshlash vakolatiga ega. O‘rta Chirchiq tuman


44-umumta’lim maktabi jamoasi umumiy yig‘ilishini ochish haqida qanday taklif bor. Yig‘ilish ochilsin degan taklif tushdi. Ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.

Qarshilar?

Betaraflar? Yo‘q.

Taklif bir ovozdan qabul qilindi.

O‘rtachirchiq tuman 44-umumta’lim maktabi jamoasi umumiy yig‘ilishini ochiq deb e’lon qilaman.

Yig‘ilish ishchi hay’atini saylab olishimiz kerak.

Taklif uchun so‘z kasaba uyushma a’zosi A.Tulubayevga beriladi.

A.Tulubayev: yig‘ilish ishchi hay’atini 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda saylashni taklif etaman:




1

A.Ermakbayev

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Chirchiq tuman kengashi kengashi raisi

2

G.Saidov

Maktab direktori

3

G.Adilova

Maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

4

G.Toyjanova

Maktab O‘IBDO‘

5

N.Seytenova

Maktab MMIBDO‘

Raislik qiluvchi: Yig‘ilish ishchi hay’atini 5 kishidan iborat taklif etilgan tarkibda saylash taklif etildi. Boshqa takliflar bormi? Ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.

Qarshilar?

Betaraflar? Yo‘q.

Yig‘ilish ishchi hay’ati bir ovozdan saylandi.

Saylanganlarni ishchi hay’atidan joy olishlari so‘raladi. Marxamat.

Yig‘ilish kotibligini kasaba uyushma a’zosi D.Serikbayevaga topshirish to‘g‘risida taklif bor. Boshqa takliflar bormi?

Yo‘q bo‘lsa ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.

Qarshilar?

Betaraflar? Yo‘q.

Yig‘ilish kotibiyati bir ovozdan saylandi, ish boshlashi so‘raladi.

Bugungi yig‘ilish kun tartibi va ish vaqtini tasdiqlab olishimiz kerak. Umumiy yig‘ilishning kun tartibi va ish tartibini ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlash to‘g‘risida taklif bor, ma’qulmi? Raxmat.

Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda, ya’ni:

1. O‘rtachirchiq tuman 44-umumta’lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi to‘g‘risida.

2. O‘rtachirchiq tuman 44-umumta’lim maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. O‘rtachirchiq tuman 44-umumta’lim maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish to‘g‘risida.

Taklif etilgan kun tartibiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kirituvchilar bormi? Taklif etilgan yig‘ilish kun tartibi tasdiqlansin degan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.

Qarshilar?

Betaraflar? Yo‘q.

Yig‘ilish kun tartibi bir ovozdan tasdiqlandi.

Yig‘ilish ish tartibi quyidagiga taklif etiladi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruza uchun 20 daqiqagacha,muzokaralar uchun 3 daqiqagacha vaqt berilib, yig‘ilishni tanaffussiz yakunlash to‘g‘risida taklif bor. Boshqa takliflar bormi? Taklif etilgan yig‘ilish ish tartibi tasdiqlansin degan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.

Qarshilar?

Betaraflar? Yo‘q.

Yig‘ilish ish tartibi bir ovozdan tasdiqlandi.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari, ruxsatingiz bilan yig‘ilish kun tartibidagi 1-masalani muhokama etishga o‘tamiz.

O‘rtachirchiq tuman 44-umumta’lim maktabida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi to‘g‘risida. Ma’ruzachi: maktab direktori- G.Saidov , marhamat ! (ma’ruza tinglanadi)

Raislik qiluvchi: Ma’ruzachiga savollar bormi? Savollar bo‘lsa yozma ravishda berishingiz ham mumkin.

Navbatdagi ma’ruza uchun so‘z maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Adilova ga beriladi. Marhamat(ma’ruza tinglanadi)

Raislik qiluvchi: ma’ruzalar yuzasidan kimda qanday savollar, fikr va mulohazalar bo‘lsa marhamat.

Muzokaralar.

Raislik qiluvchi: yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida. Dalolatnoma bilan tanishtirish uchun so‘zni komissiya a’zosi J.Muxamadiyevga beramiz, marhamat (dalolatnoma bilan tanishtiriladi).

Raislik qiluvchi: yig‘ilish kun tartibidagi O‘rta Chirchiq tuman 44 -umumta’lim maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi bo‘yicha so‘z kasaba uyushma a’zosi A.Tulubayevga beriladi(jamoa shartnomasi loyihasi tanishtiriladi)

Raislik qiluvchi: Jamoa shartnomasi loyihasi bo‘yicha muhokamalarga o‘tamiz (muhokama qilinadi).

Raislik qiluvchi: Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari! Endi ruxsatingiz bilan muhokama etilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan yig‘ilish qarori loyihasi bilan tanishsak. Uni o‘qib berish uchun so‘z komissiya a’zosi N.Ergashevga. Marhamat.

Raislik qiluvchi: Ushbu qaror loyihasini qabul qilsak bo‘ladimi? Ushbu taklifga qo‘shilgan yig‘ilish ishtirokchilarini ovoz berishlarini so‘rayman.

Qarshilar?

Betaraflar? Yo‘q.

Yig‘ilish qarori bir ovozdan qabul qilindi.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama etildi, qaror qabul qilindi.

Shu munosabat bilan O‘rta Chirchiq tuman 44-umumta’lim maktabi jamoasining umumiy yig‘ilishi yopiq deb e’lon qilinadi.

Yig‘ilish ishida ishtirok etganlaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildirib, ishlaringizga omadlar tilaymiz. E’tiborlaringiz uchun raxmat!




Download 220.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling