Xodimlari kasaba uyushmasi


O‘rta CHirchiq tuman 44 -umumta’lim maktabi jamoasi


Download 220.22 Kb.
bet7/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

O‘rta CHirchiq tuman 44 -umumta’lim maktabi jamoasi

umumiy yig‘ilishi


7-yanvar 2021 yil 1 -sonli

O‘zbekiston Respublika Mehnat kodeksining 38-40 moddalariga muvofiq, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash va mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama qilish belgilangan. 44-umumta’lim maktabi kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga binoan 2021 yilning yanvar oyida maktab ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyasiga qaratilgan jamoa shartnomasi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani tayyorlash jarayoni komissiya tomonidan Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar, Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyalari, tarmoq kelishuvlari me’yorlari hamda xodimlarning taklif va mulohazalari inobatga olindi. Yo`qoridagilarni inobatga olgan holda mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi


QAROR QILADI:

1. 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori G.Saidov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G.Adilovalarning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin(ilova qilinadi).

2. 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin (dalolatnoma ilova qilinadi).

3. 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin.

4. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Chirchiq tuman bo‘linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin.

5. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi maqullansin.

6. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash komissiyasiga:


  • 2021-2023 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish;

  • jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqtida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish;

  • jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

  • XMT O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish;

  • Jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin.

7. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maktab direktori G.Saidov hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Toshpo`latovalar zimmalariga yuklatilsin.



Maktab direktori
G.Saidov

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi
G.Adilova


Download 220.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling