Xodimlari kasaba uyushmasi


Download 220.22 Kb.
bet3/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

BUYRUQ-QAROR

2021 yil “7-”yanvar 2021 yil “7-”yanvar

1 № 1



2021-2023 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralarni tashkil etish to‘g‘risida

  1. 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugashiga uch oy qolgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 31,32-moddalariga binoan 2020-2023 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar tashkil etilsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 31 va 32-moddalariga binoan 2021-2023 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun teng huquqlilik asosida tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan har tarafdan 4 kishidan iborat quyidagi komissiya tarkibi tasdiqlansin:



Ish beruvchi vakillari

Xodimlar vakillari

G.Saidov


G.Adilova

A.Tulubayev

G.Umarova

N.Ergashev

S.Kenjaqulova

D.Sharipova

X.Sayfuddinova



  1. Ushbu komissiya o‘z navbatida “Mehnat nizolari komissiyasi” etib xam tayinlansin, hamda O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 259-270- moddalariga muvofiq ish olib borsin.

  2. Komissiyaga:

  • Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya ishini har haftaning seshanba va juma kunlar o‘quv mashg‘ulotlari tugagach, maktabning ma’naviyat xonasida o‘tkazish;

  • Jamoa shartnomasiga kiritish uchun takliflar yig‘ish;

  • Muassasaning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olish va faoliyatni keng tahlil qilish;

  • Jamoa shartnomasida XMT ning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Tarmoq kelishuvlari me’yorlari aks ettirilishini ta’minlash;

  • Jamoa shartnomasi loyihasi tayyor bo‘lgach, 2021 yil 25-yanvar oyida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo`linmasi kengashiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish;

  • Ekspertiza xulosasiga ko‘ra umumiy yig‘ilish muhokamasiga kiritish hamda birinchi ilova keltirilgan tartibga muvofiq umumiy yig‘ilish xujjatlarini rasmiylashtirish;

  • Jamoa shartnomasi imzolangach muntazam ravishda ijrosini nazorat qilish va yil yakunida muhokama qilish vazifalari topshirilsin.

  1. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi 2021 yil “28-”yanvar kunida maktabning ona tili xonasida o‘tkazilsin.

  2. Komissiya a’zolarining muzokaralarini olib borish vaqtida O‘rtacha ish haqqi va jamoa shartnomasi bilan belgilab qo‘yilgan imtiyozlar saqlanib qolinsin.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maktab direktori G.Turaqulova hamda KU raisi M.Toshpo`latovalar zimmalariga yuklatilsin.

Maktab direktori: Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Turakulova M.Toshpo`latova

TA’LIM VA FAN

XODIMLARI KASABA UYUSHMASI

O‘RTACHIRCHIQ TUMAN BO`LINMASI

KENGASHI 44-SONLI MAKTAB

2021 yil 7-yanvar № 1

Ta’lim va fan

xodimlari kasaba uyushmasi

O‘rta Chirchiq tuman kengashi

raisi A.Ermekbayevga

O‘rta chirchiq tuman 44-SONLI MAKTAB ma’muriyati hamda kasba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yilga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugayotgani munosabati bilan komissiya tomonidan 2021-2023 yillar uchun yangi jamoa shartnomasining loyihasi tayyorlandi.

Shu munosabat bilan ushbu loyihaga kiritilgan me’yorlarni mehnat qonunchiligiga muvofiqligini hamda talab darajasida tuzilganligini aniqlab berish maqsadida ekspertizadan o‘tkazib berishingizni so‘raymiz.

Kasaba uyushma qo‘mita raisi : G.Adilova








Download 220.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling