Xodimning ijtimoiy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi


Download 65.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi65.37 Kb.
#1469645
Bog'liq
Ish vaqti - Vikipediya



Ish vaqti
Ish vaqti — xodimning ijtimoiy tashkil
etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi
meʼyori; xodim bevosita oʻz mehnat
vazifalarini bajarishi uchun lozim boʻlgan,
qonun bilan yoki qonun asosida
belgilangan 
vaqt
.
Tabelda belgilangan, yaʼni ish vaqtida ish
joyida boʻlganlikni hisobga olish hujjatida
qayd qilingan real vaqt ish vaqti
hisoblanadi. Ish vaqti ishlab chiqarish
uchun ketgan mehnat sarfi va mehnat


harajatlari hajmini ifodalaydi, yaʼni
mehnatning oʻlchovi hisoblanadi. Ish
vaqtini oʻlchashning asosiy birliklari kishi-
kun, kishi-soat, kishi-minut (xronometraj,
ish vaqti fotografiyasi va lahzaviy
kuzatishlar oʻtkazish), kishi-oy, kishi-
chorak, kishi-yil kabilardan iborat. Tabel
hisobi kishi-kunda hisoblanadigan ish
vaqti haqidagi maʼlumotlarning asosiy
manbadir.
Xodimlar uchun ish vaqtining meʼyori
muddati haftasiga 40 soatdan ortiq
boʻlmasligi, 6 kunlik ish haftasida har
kungi ishning muddati — 7 soatdan, 5
kunlik ish haftasida — 8 soatdan ortib
ketmasligi shart. Ayrim toifadagi


xodimlar uchun ular yoshi, sogʻligʻi,
mehnat shartlari, mehnat vazifalarining
oʻziga xos xususiyatlari va oʻzga
holatlarni inobatga olib, mehnat
toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa meʼyoriy
hujjatlarga, shuningdek, mehnat
shartnomasi shartlariga binoan mehnat
haqini kamaytirmasdan, ish vaqtining
qisqartirilgan muddatlari belgilanadi.
Mazkur ishlarning roʻyxati va ish
vaqtining aniq muddati Oʻzbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan
belgilanadi. Bayram kunlari arafasida
kundalik ish (smena) muddati barcha
xodimlar uchun kamida 1 soatga
qisqartiriladi. Xodim bilan ish beruvchi
oʻrtasidagi kelishuvga binoan, ishga


qabul qilish chogʻida va keyinchalik ham
toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi
belgilab qoʻyilishi mumkin. Toʻliqsiz ish
vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik
asosiy mehnat taʼtili muddatini, mehnat
stajini hisoblash va boshqa mehnatga
oid huquqlarni biron-bir tarzda
cheklashga asos boʻla olmaydi, bunda
ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan
mahsulotga mutanosib ravishda haq
toʻlanadi.
Korxona va muassasalarda mehnat
rejimlarini ratsional oʻrnatish, ish
grafiklarini, ish kuni davomida ishlash va
dam olish rejimlarini tuzish, asbob-
uskunalar va ishchilarning bekor turish


vaqtini hamda ish vaqtini unumsiz
sarflashini tugatish tadbirlari ishlab
chiqiladi. Mehnat rejimi ish boshlanishi
va tugashi, ovqatlanish uchun tanaffus
vaqti hamda korxona xodimlarining oʻz
vazifalarini bajarayotgan vaqtdagi axloq
qoidalarini, huquq va burchlarini
aniqlashni koʻzda tutadi. Ish va dam olish
kunlarining almashinuvini, smenalarning
davom etish vaqtini, ishchilarini bir
smenadan ikkinchisiga oʻtish tartiblarini
belgilash uchun ish grafiklari tuziladi.
Xalqaro mehnat statistikasi 8-
konferensiyasi (1962-yil) hujjatlarida ish
vaqtini meʼyordagi ish vaqti (qonun
hamda qoidalar bilan yoki ularga


muvofiq, shuningdek, jamoa
shartnomalari va arbitraj qarorlari bilan
belgilangan vaqt), haqiqiy ish vaqti
(jumladan, meʼyordagi vaqt oraligʻida
haqiqiy ishlangan soatlar, ish oʻrnida
ishga tayyorlanish uchun ketadigan vaqt,
ish joyida ishsiz oʻtkaziladigan, ammo
mehnat shartnomasida haq toʻlash
kafolatlab qoʻyilgan vaqt, ish oʻrnida
odam olishga sarf boʻladigan qisqa
vaqtlar) va haq toʻlanadigan ish vaqtiga
ajratish tavsiya etiladi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Иш вақтининг ҳафтасига ўттиз олти
соатдан ошмайдиган қисқартирилган
Manbalar


муддати меҳнат жараёнида соғлиғига
физикавий, кимёвий, биологик ва
ишлаб чиқаришнинг бошқа зарарли
омиллари таъсир этадиган ходимлар
учун белгиланади.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Ish_vaqti&action=edit)
 
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ish_vaqti&oldid=3187782

dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 16-Noyabr 2022, 09:20 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 65.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling